Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#137624
1   2   3   4   5
3-sinf-matematika-darslarida-fakultativ-mashg-ulotlarni-o-tkazish-metodikasi

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
121 
ko‘paytirishga ham qiynaladi. Dars davomida barcha o‘quvchilar bilan shug‘ullanish 
uchun vaqt yetmasligi tufayli fakultativ mashg‘ulot jarayonida ham tushuntirish 
ishlarini davom ettirish yaxshi samara beradi. Tushuntirish jarayoni sonni 
ko‘paytirish jarayonida xona birliklarining ostma-ost yozilishi tushuntirilib ba‘zi 
xususiy hollar ham o‘rgatib boriladi. Masalan uch, to‘rt, besh xonali sonlarni bir 
xonali songa ko‘paytirishda ko‘paytirishning og‘zaki usuli singari hisoblash. Bunda 
ko‘p xonali son xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida yoziladi va har bir xona 
qo‘shiluvchisi bir xonali ikkinchi ko‘paytuvchiga ko‘paytirib, yuzaga kelgan natijalar 
qo‘shiladi. 4235× 5= (4000+200+30+5) × 5=4000 × 5 + 200 × 5 + 30 × 5 + 5 × 5 = 
20000+1000+150+25=21175 Fakultativ mashg‘ulot davomida quyidagi kabi 
tenglamalardan ham foydalanish mumkin: 
850 + 720 = x : 3 
1570 = x : 3 
x = 1570 * 3 
x = 4710 

Kasr tushunchasi va shu tushuncha bilan bog’liq mavzularda o‘quvchilar 
dastavval kasr va ulush tushunchasini farqlashga, keyinchalik esa ular ustida amallar 
bajarishga qiynalishadi. Fakultativ mashg‘ulot jarayonlari esa bunday 
qiyinchiliklarning oldini olib o‘quvchilarda hosil bo‘lgan savollarga javob berishga 
va tushunchalarni bir-biridan farqlashga imkon yaratadi. Mashg‘ulot davomida ulush 
kasrning xususiy holi ekanligi, bir necha teng qismga ajratilgan obyektdan faqat 
bittasi olinganini ifodalashi, kasr tushunchasi esa teng bo‘laklarga ajratilgan 
obyektdan bir necha bo‘lakning olinganini ifodalay olishi tushuntirib o‘tiladi. 
Kasrlarni taqqoslashda maxraji bir xil kasrlarlarning surati kattasi katta bo‘lishi, 
surati kichigi esa kichik bo‘lishi, kasrlarni qo‘shish va ayirishda faqatgina suratlari 
qo‘shib- ayirilishi maxrajlari esa o‘zgarishsiz qolishi turli misollar yordamida qayta 
tushuntiriladi, mustahkamlanadi. Bu kabi mavzular yuzasidan fakultativ mashg‘ulot 
o‘tkazish jarayonida quyidagi kabi masalalardan foydalanish ham yaxshi samara 
beradi: 
Nonvoyxonada 100 ta non yopildi. Bu hamma buyurtmaning 2/4 qismiga teng 
bo’lsa, jami nechta non buyurtma qilingan? 
Buyurtma- ? ta non 
Yopildi – 100 ta non– 2/4 qismi 
Yechish : 100*4 :2=200 (ta) 
Javob: Nonvoyxonaga jami 200 ta non buyurtma qilingan. 

O’nli kasr mavzusida o‘quvchilar o‘nli kasrning mohiyatini anglashlari 
murakkablikka sabab bo‘ladi. Bu jarayonda o‘qituvchi fakultativ mashg‘ulotlarni 
o‘tkazish davomida o‘lchov birliklaridan foydalanib tushuntirishi maqsadga muvofiq. 
Masalan: 1 cm = 10 mm ekanligi o‘quvchilarga ma‘lum. Agar 1 millimetrni 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə