Tanishuv amaliyoti hisoboti


Simni cho'zish va emallangan sim ishlab chiqarish sexi



Yüklə 94,46 Kb.
səhifə11/11
tarix24.12.2023
ölçüsü94,46 Kb.
#160356
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
hisobot (6)

Simni cho'zish va emallangan sim ishlab chiqarish sexi. Simni cho`zish va emallangan sim ishlab chiqarish tsexi ikki qismdan iborat: Simni cho`zish bo'limi; emallangan sim ishlab chiqarish bo'limi.Cho`zish jarayonining maqsadi yangi M-85 cho`zish mashinasida mis novdadan Ø 1,0 ÷ 4,5 mm mis simni olishdir.Cho`zish bo'limi yangi jihozlar bilan jihozlangan va emallangan sim ishlab chiqarish uchun mis sim bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan, shuningdek, zavodning tijorat mahsuloti hisoblanadi.Emallash jarayonidan maqsad O‘zbekistondagi energiya ta’mirlash korxonalari ehtiyojlari uchun emallangan mis sim olishdan iborat.emallangan mis sim ishlab chiqarish uchun xom ashyo Ø 1,0÷4,5 mm mis simdir.
Yordamchi sexlar:
Asbobsozlik va nazorat qilish sexi (A va NQT): ishlab chiqarishni boshqarish asboblari, texnologik signalizatsiya qurilmalari, avtomatik tartibga solish va jarayonni boshqarish moslamalari, nazorat qilish va to'xtatish klapanlarini masofadan boshqarish moslamalariga texnik xizmat ko'rsatish.
- Mexanik ta'mirlash sexi (MTT): Texnologik jihozlarni ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish.
- Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash va o'rnatish sexi (IT va O`S): MEZ texnologik uskunalarini joriy va kapital ta'mirlashni amalga oshirish.
- Havo tahsimlash sexi (HTT): MPZ texnologik jarayonlarini o'tkazish uchun ishlatiladigan gazsimon texnologik kislorod ishlab chiqarish.
- Energetika sexi (ET): Mis eritish zavodi sexlarini elektr energiyasi, gaz, bug 'va suv bilan ta'minlash.Shunday qilib, mis eritish zavodi ilg'or texnologiya va xomashyo tarkibidagi asosiy metallarni ishlab chiqarish bo'yicha to'liq imkoniyatlarga ega zamonaviy korxona hisoblanadi.

Xulosa
Biz tanishuv amaliyoti davrida Olmaliq Kon Metallurgiya Kombinati (OKMK)ning Ishlab Chiqarishni Avtomatlashtirish Bo’limi (ICHAB), Sanoat Temiryo’l Transport Boshqarmasi (STTB), Markaziy Ta’mirlash Mexanika Zavodi (MTMZ), Mis Eritish Zavodi (MEZ) va Mis Boyitish Fabrikasi (MBF) kabi zavodlarga tashrif buyurdik. Bu yerlarda o’zimizning sohamizga oid bo’lgan ma’lumotlarni, biz bilmagan yangiliklarni va foydali maslahatlarni eshitib, bilib o’rganib keldik. ICHAB korxonasi asosiy xizmat ko’rsatish obyektlari uchta bo’lgani bilan bu uchta obyekt, ishlash sohasiga qarab yana bir necha turlarga bo’linib ketar ekan. Ishlab chiqarish sohasi keng qamrovli bo’lgani uchun, bosim ostida ishlaydigan dastgohlar ham mavjud. Ana o’sha bosim o’lchash asboblari bir yilda bir marta texnik ko’rikdan o’tkazilar ekan va o’sha texnik ko’rik mana shu korxonaga amalga oshirilar ekan. Asosan monometrlar, barometrlar va shu kabi bosim o’lchash asboblari texnik ko’rikdan o’tkazilib, so’ngra olib kelingan korxonasiga qaytariladi va o’rnatilib kelinirar ekan. Ishlab chiqarishni avtomatlashitirish bo’lgani uchun hozirgi kunda dastgohlar to’liq asta sekinlik bilan robotlashmoqda ya’ni dastur orqali boshqarish tizimiga o’tilmoqda. Mana shunday dastgohlarga dastur tuzish ham mana shu korxonada amalga oshirilar ekan. Umumiy OKMK ning barcha zavod korxonalarini bir-biri bilan aloqada bo’lishligini ta’minlash ham mana shu korxona zimmasiga kirar ekan. Aloqa tizimini boshqarish mana shu korxona orqali amalga oshirilar ekan. Sanoat Temiryo’l Transport Boshqarmasi (STTB) korxonasiga tashrif buyurdik. Bu korxona 1953-yilda tashkil topgan boʻlib, 4 ta temir yoʻl ustaxonasi, 6 ta xizmat koʻrsatish va maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimidan iborat ekan. Bizni o’z kasbining mutaxassislari kutib olishdi va birinchi navbatda texnika xavfsizlik qoidalari haqida tushuntirishlar olib borildi. Bizni korxona tomonidan biriktirilgan hodim bilan tanishtiruv amaliyotini boshladik. Birin ketinlik bilan ustaxonlarni ko’zdan kechirdik va tanishib chiqdik. Temiryo’l transporti hamma OKMK zavod korxonalari bilan temiryo’l orqali birlashtirilgan. Barcha ta’mir talab vagonlar mana shu korxonaga olib kelinadi va kerakli texnik ko’rikdan o’tkazilib, ta’mirlanar ekan. MTMZ bu zavodda barcha texnikaning ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi. Bu yerga barcha metallalomlar yig’iladi, quyma quyish uchun quyma sexiga jo’natilib, quyma quyiladi va zagatovka tayyorlanadi. Bu zagatovkalar texnik ishlashga ta’mirlash sexiga jo’natiladi. Bu ta’mirlash sexida sohamizga oid bo’lgan turli dastgohlar tokarlik, frezalash, parmalash va hozirgi kunda davr talabi bo’lgan avtomatlashtirilgan dastgohlar ya’ni Raqamli Dasturda Boshqariladigan (RDB) dastgohlari bilan tanishdik. Bu RDB dastgohlar aniqlik darajasi o’ta yuqori bo’lgan detallarni olishda juda as qotadi va ishchi kuchi mehnati faqatgina shu RDB dastgohiga buyruq berish va nazorat qilib turish bilan kifoyalanadi.


MEZ bu zavodda biz Eritish bo'limi (EB)ga tashrif buyurdik. Eritish bo’limi sulfidli mis konsentratlari va tarkibida qimmatbaxo metallar bo'lgan flyuslarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan. Eritish mahsulotlari mis shteyni, chiqindi shlak va sulfat kislota ishlab chiqarish uchun texnologik jarayonlardan iboratdir. Mis shteynini konvertor-anod bo'limida (KAB) qayta ishlanib, sulfat kislota ishlab chiqarish uchun texnologik gazlar, konvertor shlaklari va xomaki mis olinadi; Xomaki misni olovli tozalash anodli pechlarda amalga oshiriladi, eritish mahsulotlari katodlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo'lgan anodli mis, anodli shlak esa xomaki mis ishlab chiqarishga qaytariladigan qayta ishlanadigan mahsulotdir. Mis granulyatsiya qilish pechi mis kuparosini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan granulalarni quyish uchun mo'ljallangan.

Foydalanilgan adabiyotlar
Agmk.uz
https://review.uz/uz/post/shavkat-mirziyoyev-okmk-3-mis-boyitish-fabrikasi-qurilishiga-tamal-toshi-qoydi
https://uz.wikipedia.org/wiki/Olmaliq_kon-metallurgiya_kombinati
Stepanov V. " mashinasozlik " nashriyoti , Moskva 1973 .
Yüklə 94,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə