5
INNOVATSIYANING AHAMIYATI VA MAQSADLARI
1970 yillardan boshlab, sayyoramizning kelgusidagi taqdiriga befarq bo’lmagan
dunyo arboblari hamda olimlar tomonidan “Barqaror rivojlanish”
tushunchasi
ta’riflab berildi. Insoniyatning yildan yilga jadallik bilan ortib borayotgan moddiy
ehtiyojlari zaruriyatidan rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, tabiiy
resurslardan
foydalanish, va buning oqibatida ko’p miqdorda chiqindi ajralishi
hamda sun’iy, kimyoviy sanoat mahsulotlarini inson hayotida keng joriy etish
tendentsiyalari kuzatilmoqda. Oqibatda kelajak avlod bizdan eskirgan, ishlatilgan va
tanazzulga yuz tutgan dunyoni meros qilib oladi.
Shuning uchun, mazkur
kontsepsiyaga ko’ra, atrof-muhit va tabiatga zarar keltirmaydigan iqtisodiy-ijtimoiy
barqaror rivojlanish yo’liga o’tish mexanizmi taklif qilindi. Mazkur kontsepsiyaning
mazmun-mohiyati, u o’z oldiga qo’ygan 17 ta maqsadlarida batafsil bayon etiladi.
Katta daryolar tomchilardan boshlanganidek, katta muammolarni hal etishda har
birimiz, hech bo’lmasa, shaxsan ishtirok etsakkina muvaffaqiyat qozonishimiz
mumkin.
Mazkur innovatsion metodning asosiy maqsadlaridan biri – o’quvchilar o’rtasida
mustahkam sog’lik va farovonlik, teng huquqlilik, toza suv va sanitariya, arzon va
toza
energiya, iste’molchilik mas’uliyati va madaniyati kabi barqaror rivojlanish
kontsepsiyasini targ’ib qilish va uni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali sifatli
ta’lim berishdir.
Sir emaski, hozirda ko’pchilik pedagoglar o’quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb
etish va ularga sifatli ta’lim berishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Bunga
iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muammolarni sabab qilish mumkin. Biroq, unutmaslik
kerakki, o’qituvchi hali to’la shakllanib ulgurmagan, qaysi tomonga egilsa shu
tomonga qarab o’suvchi misoli bir nihol – ko’chatlar bilan ishlaydi.
Nima qilib
bo’lsa ham ularning diqqat e’tiborini maktabning sog’lom muhitiga jalb etish
masalaning muhim jihatlaridan biridir. Taklif qilinayotgan ushbu moddiy
rag’batlantirish metodi ayni masalalarga ijobiy yechim topishi lozim. Davomati past
yoki o’qishga hafsalasiz o’quvchining moddiy rag’bat
orqali dars jarayoniga jalb
etish yo’li bilan kamida 3 ta maqsadga erishiladi:
-
Moddiy rag’batlantirish orqali barqaror rivojlanish kontsepsiyasining 17
maqsadlaridan biri bo’lmish kambag’allik va ocharchilikka qarshi kurashish
yo’lidagi ilk qadamlar
-
Rag’batlantiruvchi sovg’alarni tabiiy va toza maxsulotlar (mevalar, matoli
xaltalar, kitoblar va b.)dan tanlab olish yo’li bilan barqaror rivojlanish
kontsepsiyasini targ’ib qilish
-
Rag’batlantiruvchi va qiziqtiruvchi uslublar yordamida o’quvchilarda o’qish
va ilm olishga motivatsiya uyg’otish, ularning
maktabdagi davomatini
yaxshilash
6
Mazkur metod yordamida o’quvchilarni dars jarayoniga muvaffaqiyatli
jalb qilgandan so’ng, ularga sifatli ta’lim berish masalasi ko’ndalang bo’ladi.
Mazkur bosqichda innovatsion uslubning “Loyiha metodi” asosida
ishlaydigan vositasi qo’l keladi. “Loyiha metodi” dan ko’zlangan asosiy
maqsad:
-
sinfda ijodiy muhitni vujudga keltirish
-
o’quvchilarda tanqidiy va mustaqil tafakkurni shakllantirish
-
ularning ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish
-
muammoli masalalarni
operativ tahlil qilib, to’g’ri yechim topish
ko’nikmalarini shakllantirish
-
o’quvchilarning mustaqil bilim olish, izlanuvchanlik
mahoratlarini kasb
etishlariga ko’maklashish
Dostları ilə paylaş: