14
“Loyiha metodi” va “Barqaror rivojlanish ” kontsepsiyasi asosida tashkil
etilgan moddiy taqdirlash innovatsion uslubini dars jarayoniga integratsiyalash
natijasida:
-
o’quvchilar davomatining sezilarli darajada o’sishi
-
maktab darslariga bo’lgan qiziqish va motivatsiyaning ortishi
-
o’quvchilarning operativ fikrlashlari, voqea-hodisalarni ob’ektiv ta’riflash,
muammoli masalalarga to’g’ri yondashuvi va ular yuzasidan optimal
qarorlar qabul qilish ko’nikmalarining shakllanishi
-
bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning faollashuvi, o’ziga bo’lgan ishonch va
umidning paydo bo’lishi
-
dars jarayonining maroqli va hayajonli o’tishi kuzatiladi.
Shu o’rinda bir o’rinli savol tug’ilishi mumkin: “Innovatsiya, ko’p bo’lmasa-
da, ma’lum bir
xarajatlarni talab etar ekan, bular kim tomonidan qoplanadi?”–
Buning javobi shuki, bu yerda asosiy masala darsning ko’rik-tanlov yoki
musobaqa ko’rinishida tuzilganligida, sovg’alar esa imkoniyat darajasidan kelib
chiqib tanlanadi. Shaxsan menga kelajagimiz bo’lmish
bolalar uchun imkon
qadar sarf-xarajat qilish hech qachon malol kelmagan. Qolaversa, bolalar olgan
sovg’alari haqida, albatta, ota-onalariga so’zlab beradilar. Ota-onalarning biri
bo’lmasa biri, albatta, o’z homiyligini taklif qiladi.
Yoki texnologiya fani
o’qituvchisini jalb qilgan holda, o’quvchilar tomonidan bo’z
yoki biror tabiiy
matodan paketlar o’rnini bosuvchi latta xalta tikib, sovg’a sifatida berilsa, atrof-
muhit muhofazasi uchun ayni muddao bo’ladi.
Rus tili fani o’qituvchisi bo’lganim uchun rus tili va qo’shimcha ravishda
ingliz tillaridan o’zim tuzgan so’zliklar, lug’atlar, so’zlashgichlar
va boshqa
foydali qo’llanmalarni broshyura ko’rinishida printerda bosib chiqarib, sovg’a
tariqasida beraman. Xullas, maqsad aniq bo’lgani uchun,
men bu borada
muammolarga duch kelmadim.
Dostları ilə paylaş: