4
INNOVATSION USLUB HAQIDA
Hozirgi vaqtda umumiy o’rta ta’lim tizimida pedagoglar qarshisida ko’ndalang
bo’lib turgan yagona muammo o’quvchilarning o’qishga qiziqmasliklarigina emas,
albatta. Taqdim etilayotgan moddiy taqdirlash metodi o’quvchilarning e’tiborini
dars jarayoniga jalb etish, ularda motivatsiya uyg’otishga yordam beradi. So’ngra,
bu yerda yana bir muhim masala – sifatli ta’lim masalasi paydo bo’ladi.
So’nggi paytlarda “sifatli ta’lim” iborasi tez-tez yangramoqda. Xo’sh,
sifatli
ta’lim degani o’zi nima? Agar, o’tgan 30 yillik davrdan xulosa qilinsa, buni
o’quvchiga tayyor modda yoki ma’lumotni singdirishning aksi o’laroq
tushunish
mumkin. O’qitishning muayyan “ramka” va standartlari asosidagi an’anaviy ta’lim
texnologiyalariga zid ravishda, o’quvchilarni erkin va tanqidiy fikrlashga, mustaqil
xulosa va qarorlar qabul qilishga, ularda ijodkorlik va ixtirochilik
qobiliyatlarini
shakllantirish hamda rivojlantirishga yordam beruvchi innovatsion uslublarni ta’lim
tizimida joriy qilish ehtiyoji kundan-kunga ortib bormoqda.
Shu maqsadda men yuqorida zikr qilingan moddiy rag’batlantirish metodikasini,
hozirgi vaqtda eng samarali deb hisoblanayotgan “Loyiha uslubi” bilan integratsiya
qildim. Bu ikki uslubni uning maqsadlari va kutilayotgan natijalaridan kelib chiqib,
bir nom bilan – “Taqdirlash. Qiziqish. Maroqli ta’lim” uslubi, - deb nomladim.
INNOVATSIYA TARIXI
Shunday qilib, mazkur g’oyani bilim olish uchun o’z motivatsiyasiga ega
bo’lmagan o’quvchilar o’rtasida tatbiq qilish uchun umumta’lim
maktabiga ishga
qaytishga qaror qildim. Yashash joyim shaharga yaqin bo’lsa-da, men olisroq
qishloq maktabini tanladim. Chunki,
nazarimda, shahar bolalarining aksariyatida
qo’shimcha maktabdan tashqari bilim olishlari uchun imkoniyatlar yetarli...
Shu tariqa 2020
yildan boshlab, hozirgi vaqtga qadar Andijon tumani,
“Bo’taqora” qishlog’ida joylashgan 27-umumiy o’rta ta’lim maktabida rus tili fani
o’qituvchisi bo’lib ishlab kelyapman.
Avval boshida aytib o’tilganidek, biologiya, botanika, zoologiya, tibbiyot, tarix,
chet tillari, fizika, astronomiya va kimyo kabi boshqa fanlarni ham yetarli darajada
bilganim uchun, rus tilini mazkur fanlar bilan integratsiyalashtirib o’taman. Chunki,
bu o’z navbatida o’quvchining
fikr doirasi, dunyoqarashi va bilimini yanada
kengaytirishga turtki bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: