Taqdirlash. Qiziqish. Maroqli ta ’ lim uslubiy tavsiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#151716
1   2   3   4   5   6   7   8
1673524701 Uslubiy tavsiya

 
 
 
 
 
 


5
 
 
 
INNOVATSIYANING AHAMIYATI VA MAQSADLARI 
1970 yillardan boshlab, sayyoramizning kelgusidagi taqdiriga befarq bo’lmagan 
dunyo arboblari hamda olimlar tomonidan “Barqaror rivojlanish” tushunchasi 
ta’riflab berildi. Insoniyatning yildan yilga jadallik bilan ortib borayotgan moddiy 
ehtiyojlari zaruriyatidan rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, tabiiy 
resurslardan foydalanish, va buning oqibatida ko’p miqdorda chiqindi ajralishi 
hamda sun’iy, kimyoviy sanoat mahsulotlarini inson hayotida keng joriy etish 
tendentsiyalari kuzatilmoqda. Oqibatda kelajak avlod bizdan eskirgan, ishlatilgan va 
tanazzulga yuz tutgan dunyoni meros qilib oladi. Shuning uchun, mazkur 
kontsepsiyaga ko’ra, atrof-muhit va tabiatga zarar keltirmaydigan iqtisodiy-ijtimoiy 
barqaror rivojlanish yo’liga o’tish mexanizmi taklif qilindi. Mazkur kontsepsiyaning 
mazmun-mohiyati, u o’z oldiga qo’ygan 17 ta maqsadlarida batafsil bayon etiladi.
Katta daryolar tomchilardan boshlanganidek, katta muammolarni hal etishda har 
birimiz, hech bo’lmasa, shaxsan ishtirok etsakkina muvaffaqiyat qozonishimiz 
mumkin. 
Mazkur innovatsion metodning asosiy maqsadlaridan biri – o’quvchilar o’rtasida 
mustahkam sog’lik va farovonlik, teng huquqlilik, toza suv va sanitariya, arzon va 
toza energiya, iste’molchilik mas’uliyati va madaniyati kabi barqaror rivojlanish 
kontsepsiyasini targ’ib qilish va uni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali sifatli 
ta’lim berishdir. 
Sir emaski, hozirda ko’pchilik pedagoglar o’quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb 
etish va ularga sifatli ta’lim berishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunga 
iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muammolarni sabab qilish mumkin. Biroq, unutmaslik 
kerakki, o’qituvchi hali to’la shakllanib ulgurmagan, qaysi tomonga egilsa shu 
tomonga qarab o’suvchi misoli bir nihol – ko’chatlar bilan ishlaydi. Nima qilib 
bo’lsa ham ularning diqqat e’tiborini maktabning sog’lom muhitiga jalb etish 
masalaning muhim jihatlaridan biridir. Taklif qilinayotgan ushbu moddiy 
rag’batlantirish metodi ayni masalalarga ijobiy yechim topishi lozim. Davomati past 
yoki o’qishga hafsalasiz o’quvchining moddiy rag’bat orqali dars jarayoniga jalb 
etish yo’li bilan kamida 3 ta maqsadga erishiladi: 
-
Moddiy rag’batlantirish orqali barqaror rivojlanish kontsepsiyasining 17 
maqsadlaridan biri bo’lmish kambag’allik va ocharchilikka qarshi kurashish 
yo’lidagi ilk qadamlar 
-
Rag’batlantiruvchi sovg’alarni tabiiy va toza maxsulotlar (mevalar, matoli 
xaltalar, kitoblar va b.)dan tanlab olish yo’li bilan barqaror rivojlanish 
kontsepsiyasini targ’ib qilish 
-
Rag’batlantiruvchi va qiziqtiruvchi uslublar yordamida o’quvchilarda o’qish 
va ilm olishga motivatsiya uyg’otish, ularning maktabdagi davomatini 
yaxshilash 


6
Mazkur metod yordamida o’quvchilarni dars jarayoniga muvaffaqiyatli 
jalb qilgandan so’ng, ularga sifatli ta’lim berish masalasi ko’ndalang bo’ladi. 
Mazkur bosqichda innovatsion uslubning “Loyiha metodi” asosida 
ishlaydigan vositasi qo’l keladi. “Loyiha metodi” dan ko’zlangan asosiy 
maqsad: 
-
sinfda ijodiy muhitni vujudga keltirish 
-
o’quvchilarda tanqidiy va mustaqil tafakkurni shakllantirish 
-
ularning ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish 
-
muammoli masalalarni operativ tahlil qilib, to’g’ri yechim topish 
ko’nikmalarini shakllantirish 
-
o’quvchilarning mustaqil bilim olish, izlanuvchanlik mahoratlarini kasb 
etishlariga ko’maklashish 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə