Taqqoslamalar nazariyasi elementlari



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix26.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#161669
1   2   3   4   5
Matyaq ubova Nazira (10)


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 202
1619 
• o‘qitishning reproduktiv metodlari va an’anaviy texnologiyalari bilan bir qatorda 
tahsil oluvchilarning ijodiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish 
imkonini beradigan innovatsiya va axborot texnologiyalaridan foydalanish
• ta’lim-tarbiya jarayonining yakuniy natijasini nazorat qilish va baholashda bilim, 
ko‘nikma va malaka paradigmasidan voz kechib, ta’lim tizimini modernizatsiyalashning 
istiqbolli yo‘nalishi sifatida qabul qilingan kompetensiyalarni nazorat qilish orqali shaxsning 
rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash zarur. 
Ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritilishi nazarda tutilgan ijobiy o‘zgarishlar, o‘z navbatida
bilim oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyasini baholash 
jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Pedagogik kvalimetriyaning fan sifatida quyidagi konseptual asoslari mavjud: 
1. Pedagogik kvalimetriya uzluksiz ta’limning turli bosqichlarida tashkil etiladigan 
ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi, pedagog 
kadrlarning kasbiy malakasini aniqlash va xulosa yasash imkonini beradi. 
2. Tadqiq etilayotgan obyektning sifat ko‘rsatkichini dinamik kategoriya sifatida qabul 
qiladi va kelgusida davr bilan hamnafaslik, uzluksiz ta’lim oldiga qo‘yilayotgan ijtimoiy 
buyurtmalar asosida sifat darajasining ortishini nazarda tutadi. 
3. Pedagogik kvalimetriya o‘zaro uzviy bog‘langan ikki soha — nazariy va amaliy 
kvalimetriya yutuqlari asosida shakllanib, fan sifatida rivojlanib boradi. 
4. Pedagogik kvalimetriya bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorgarlik darajasining malaka 
talablariga mosligi, uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan muallimlarning kasbiy 
malakasi, mazkur bosqichda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, tahsil 
oluvchilarning 
o‘zlashtirgan 
bilimi, 
ko‘nikma 
va 
malakalari, 
kasbiy 
kompetensiyasi(layoqati)ning DTSga mosligi, oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan
mavjud kafedralarning pedagogik kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv rejadan o‘rin olgan 
kurslarning moddiy va didaktik ta’minoti sifatini belgilangan tartibga muvofiq reyting 
asosida nazorat qiladi va baholaydi. 
Pedagogik kvalimetriya fan sifatida quyidagi maqsadlarga erishish yo‘lini belgilaydi: 
1) Dunyoda sodir bo‘layotgan g‘oyaviy-siyosiy o‘zgarishlar, jahonning rivojlangan 
mamlakatlari ta’lim muassasalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, jamiyat hayotidagi ma’naviy-
ma’rifiy yangilanishlarni e’tiborga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonining zamon talablariga 
mos tashkil etilishini nazorat qilish imkonini beradigan me’yoriy talablarni ishlab chiqish; 
2) Ta’lim-tarbiya jarayonining huquqiy-me’yoriy hujjatlarini yaratish bosqichida davlat 
va ijtimoiy buyurtmalarga asoslangan DTS, pedagog kadrlarga qo‘yiladigan malakaviy 
talablar asosida namunaviy o‘quv rejalari, uzluksiz ta’lim tizimida joriy etilgan 
modernizatsiyalashtirilgan va uzviylashtirilgan namunaviy dasturlar, o‘quv kurslarining 
moddiy-texnik, o‘quv-metodik ta’minotining maqsadga muvofiqligini nazorat qilish va 
sifatini baholash yo‘llarini ishlab chiqish; 
3) Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quv va pedagogik amaliyotning 
sifatini nazorat qilish va baholash me’yorlarini shakllantirish; 


Международный
научный
журнал

4
(100), 
Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə