|
Taqqoslamalarni yechish Reja: KirishTa`rif. Ushbu f(x)0(mod m) (a0 son m ga bo`linmaydi, aiZ, m1) (1)
|
səhifə | 4/10 | tarix | 27.12.2023 | ölçüsü | 319,53 Kb. | | #162193 |
| Ta`rif. Ushbu f(x)0(mod m) (a0 son m ga bo`linmaydi, aiZ, m1) (1) ko`rinishdagi taqqoslamani bir noma`lumli n- darajali taqqoslama deyiladi. Ta`rif. Agar x=s bo`lganda f(c)0(mod m) (2) taqqoslama to`g`ri bo`lsa, u holda s son (1) taqqoslamani qanoatlantiradi deyiladi. Teorema. Agar s son (1) taqqoslamani qanoatlantirsa, u holda chegirmalar sinfiga tegishli ixtiyoriy son ham (1) taqqoslamani qanoatlantiradi. Ta`rif. Agar s son (1) taqqoslamani qanoatlantirsa, u holda chegirmalar sinfi (1) taqqoslamaning echimi deyiladi. m modul bo`yicha barcha chegirmalar sinfi bo`ladi. Demak, m modulli taqqoslamani qanoatlantiruvchi sonlarni 0,1,2,..., m-1 sonlar ichidan qidirish lozim. Ta`rif. Echimlari to`plami ustma-ust tushgan taqqoslamalarni teng kuchli taqqoslamalar deyiladi. Agar (1) taqqoslamaning ikki qismiga ixtiyoriy ko`phad qo`shilsa yoki har ikki qismini m Modul bilan o`zaro tub bo`lgan k songa ko`paytirilsa, yoki ikki qismi va modulini k natural songa ko`paytirilsa, u holda hosil bo`lgan taqqoslama berilgan taqqoslamaga teng kuchli bo`ladi. Ta`rif. Ushbu axb(mod m) (a,bZ,mN) (3) ko`rinishdagi taqqoslamaga bir noma`lumli birinchi darajali taqqoslama deyiladi. Teorema. Agar (a;m)=1 bo`lsa, u holda (3) taqqoslama yagona echimga ega bo`ladi. Teorema. Agar (a; m)=d bo`lib, b son d ga bo`linmasa, u holda (3) taqqoslama echimga ega emas. Teorema. Agar (3) taqqoslamada (a; m)=d bo`lib, b son d ga bo`linsa, u holda (3) taqqoslama soni d ga teng bo`lgan ushbu (5) echimlarga ega bo`lib, bundagi echim taqqoslamaning yagona echimi bo`ladi. Endi tub modulli yuqori darajali taqqoslamalarni qaraylik. 9,10-ma`ruzalardagi taqqoslamalarning, 10-xossasiga asosan, har qanday murakkab modulli taqqoslamalarni har doim tub modulli taqqoslamalarga keltirish mumkin. Tub modulli taqqoslamalar ustida ish ko`raylik.
Dostları ilə paylaş: |
|
|