Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə19/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
tarbiya togarak 2023

MMIBDO’____________________
19 Mavzu: “ Din va axborot iste’moli madaniyati.
Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga hozirgi kunda diniy axboratlarga juda katta e’tibor katta qaratilyotgani axborotlarni to’g’ri noto’g’risiga ajrata bilishlikni tushuntirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:

Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g‘oyalariga asoslanadi. Ular odamlami to‘g‘rilik, shafqat va bag‘rikenglikka, birovga ozor bermaslik, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko‘yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi hamma dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillami anglagan holda, ular o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga xizmat qiladi. Barcha din vakillarini, ular bajo keltiradigan diniy rasm-rusum va amallami hurmat qilish, ulaming kuch va imkoniyatlarini davlat, jamiyat, butun insoniyatning ezgu maqsadlariga xizmat qildirishda muhim o‘rin tutadi.


Dinlararo bag‘rikenglik deb, turli din vakillarining o‘zaro hurmat asosida, oliyjanob g'oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashiga aytiladi.Bugungi kunda dinlararo bag‘rikenglikka erishish uchun ular o‘rtasida madaniy muloqot, amaliy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayniqsa, keyingi asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar— yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar, terrorcliilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlami ezgulik, barcha insonlar uchun yagona bo‘lgan sayyoramizni saqlab qolish yo‘- lida birlashish va hamkorlik qilishga undamoqda.
Barcha dinlaming mohiyatini ezgulik, Yaratganga va uning qudratiga ishonch, mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qilgani uchun aynan ana shu tushunchalar turli din vakillarini mu- loqotga, hamkorlikka da’vat etadigan umumiy zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Tinclilik va barqarorlikning muhim sharti bo‘lgan dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Bizning mamlakatimiz hududida qadim-qadimdan islom, nasroniylik (xristianlik), buddaviylik kabi dinlar o‘zaro hamkor- likda yashab kelgan. Shuning uchun asrlar davomida yirik shaharlarimizda musulmonlar masjidi, nasroniylar cherkovi, bud- daviylar ibodatxonasi yonma-yon faoliyat yuritgan. Chunki qadimda Buyuk ipak yo‘li bizning yirik shaharlarimiz orqali o‘tgan. Shu bois turli din va¬killari yurtimizga kelib, bu yerda muqim yashab qolganlar. Ularning o‘z diniy e’tiqodiga erkin amal qilib, rasm-rusumlarini ado etishiga hech kim xalaqit bermagan. Yurtimizda tarixning eng murakkab davrlarida ham diniy asosdagi nizolar bo‘lma- gan. Qadimiy shaharlarimizdan topilgan osori atiqalar, ko‘hna yodgorliklar buni yaqqol isbotlaydi. 
Diniy bag‘rikenglik borasidagi shunday an’analar bugungi kun- gacha davom etmoqda. Ularning barchasi el-yurtimiz dinlararo bag‘rikenglik borasida boy tajri- baga ega ekanidan dalolat beradi.

To’garak mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.



Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə