Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə16/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
tarbiya togarak 2023

MMIBDO’____________________
15 Mavzu: Frilanserlik XXI asr kelajagi
Mashg’ulotning maqsadi:O’quvchilarga frilanserlik o’zi nima ekanligini va Frilanserlik XXI asrda rivojlangan mamlakatlarda juda keng ommalashayotgani bu kelajak kasb ekanligi haqida batafsil tushunchalar berish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:


O’zbekistonda freelancing orqali pul ishlash uchun eng yaxshi 10 ta sayt
Freelancing internet orqali pul ishlashni boshlashingiz uchun eng qulay yo’l. Bir jihatdan uni boshlash uchun hech qanday boshlang’ich daromad talab etilmasa, boshqa tomondan har qanday freelance xizmat uchun dunyo bo’ylab doim talab bo’lishi bu sohani boshqa internet orqali daromad keltiradigan ishlar ro’yxatida birinchi o’ringa chiqaradi. Bu yo’nalishdagi imkoniyatlarni sanab o’tishdan avval freelancing va freelancer tushunchalari haqida aytib o’tmoqchiman.
FREELANCING (talaffuzi: “frilansing”) sohasiga zamonaviy elektron mehnat bozorida “mardikorlik” deya ta’rif berishimiz mumkin. Chunki freelancing va mardikorlik o’rtasida umumiylik bor: buyurtmachi soatbay yoki ishbay haq to’laydi, freelancer (freelancing bilan shug’ullanuvchi kishi) esa haq evaziga kelishilgan ishni bajaradi. Odatda freelancer va ish beruvchi munosabatlari ma’lum bir sayt (elektron mehnat bozori) orqali boshqariladi va tartibga solinadi. Ammo mustaqil freelancerlar o’z saytlari orqali ish beruvchilarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilishlari ham mumkin.
Internet orqali freelancing bilan shug’ullanish uchun nimalarni bilish kerak? Bunda hech qanday chegara yo’q. Freelancing sohasi shu qadar keng qamrovliki, o’zingizdagi deyarli har qanday qobiliyatni ishga solgan holda internet orqali pul ishlashingiz mumkin. Kompyuterda oddiy Microsoft Word dasturini ochib, unda matn yoza olasizmi? Demak Siz matn yozish xizmatini taklif qilib, freelancing bilan shug’ulanishingiz mumkin! Ijtimoiy tarmoqlarda ko’p vaqt sarflaysiz va ularda mashxur profil/sahifalaringiz bormi? Demak Siz ma’lum xizmat yoki mahsulotni reklama qilish bo’yicha freelancing xizmatini taklif qilsangiz bo’ladi! Sizdagi har qanday boshqa qobiliyat va imkoniyatni ham huddi shu tarzda internet orqali pulga aylantirish mumkin.
Internet orqali bugungi kunda qaysi ishlarni bajara oladigan freelancerlarga talab eng yuqori darajada? Hozirgi kunda, mening shaxsiy kuzatishlarim asosidagi fikrimcha, quyidagi 6 yo’nalishda bo’lgan xizmatlar uchun freelancing bozorida talab juda katta. Ulardan birortasiga mos keladigan ishni qila olsangiz, demak Siz internet orqali freelancing bilan hech qanday qiyinchiliksiz pul ishlashingiz mumkin! Faqat birgina sharti – Siz ingliz (yoki rus) tilini mukammal bilishingiz shart.
1. YOZISH. Freelancing bozorlarida yozishga bo’lgan talab juda yuqori. Yozish mahoratingizni maqolalar, yangiliklar, e’lonlar, elektron kitoblar, tarqatma materiallar, bukletlar, maxsus xisobotlar, arizalar va hokazo o’zingiz uddalay oladigan turdagi ijodiy ishlarda ko’rsata olsangiz, Sizning yozganingiz uchun pul to’lashga tayyor bo’lgan minglab ish beruvchilarni topishingiz mumkin. Bugungi kunda g’arb davlatlarida millionlab odamlar yozishni umrining asosiy kasbi qilib olib, asosiy daromadni faqat yozish orqali olishadi.
2. GRAFIK DIZAYN. Fotoshop (yoki Illustrator) dasturida qoyilmaqom suratlar chiza olasizmi? Agar shunday bo’lsa, grafik dizayn yo’nalishi bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma asosida chizish orqali ishlashdan tashqari ilhomingiz kelgan vaqtda chizgan ijodiy ishlaringizni tayyor mahsulot sifatida sotishingiz ham mumkin. Bunday sotilishi mumkin bo’lgan dizaynlarga kitob muqovalari, vizit kartochkalar, afishalar, sahifa dizaynlari, infografiklar, logolar va web saytlar dizayni kabi o’nlab ishlar misol bo’lishi mumkin.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə