O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishlari yo‘nalishi



Yüklə 160,05 Kb.
səhifə1/21
tarix30.08.2023
ölçüsü160,05 Kb.
#121135
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Kamolova G


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA TA’LIM VAZIRLIGI





Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishlari yo‘nalishi
19/15-guruh talabasi Kamolova Gulining
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan

KURS ISHI
Mavzu: “Navro’z” bayram tadbirlarini tashkil etish metodikasi


Topshirdi: Kamolova G.
Qabul qildi: Atajanova D.


Urganch - 2023
MUNDARIJA
Kirish. …..……………………………….………………………
I.BOB. Bayram tadbirlari haqida umumiy tushuncha.

1.1 Bayram tadbirlarining turlari, tadbirni o’tkazish qonun qoidalari va Bayramlarni tashkil etish maqsadi.


1.2.Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarini takomillashtirish pedagogik muammo sifatida




II.BOB “Navro’z” bayram tadbirlarini tashkil etish metodikasi
2.1 Navro‘z — xalqning o‘ziday qadim va ulug‘ ayyom
2.2. ."Navro'z" bayrami tadbir ssenariysi ……………………………………………..
Xulosa. ………………………………….……….……………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.……………………………

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Avvalo har bir bayramni tashkil etishdan oldin ma’lum bir g’oya tanlanadi.O’sha g’oya asosida senariy tuzilish boshlanadi. Senariy asosidagi ishlarni amalga oshirishda va ijodiy yo’nalishlarni belgilashda ishtirok etuvchi badiiy jamoalar muhim o’rin tutadi. Senariydagi har bir blokning tuzilmasiga qarab jamoalarning dasturlari o’rganiladi va tavsiya qilinadi. Senariyda g’oyalar asosida mavzular tuziladi va ular orasidagi bog’liqlik senariy oxirigacha davom etadi. Ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasining asosini ssenariy tashkil etadi.
Senariy tadbir mazmunini adabiy tasvirlash bo’lib, bunda jiddiy ketma-ketlik asosida harakat elementlari bo’lmish mavzu va g’oya, bir bo’lakdan ikkinchisiga o’tish, bloklar, bezaklar, matnlar to’liq ko’rsatiladi. Tadbirlar bir kunda o’tib ketsa ham uni “san’at” darajasiga kelgunicha ularning ancha ter to’kib mehnat qilishlariga to’g’ri keladi. Bitta bayramni tayyorlaguncha oylab vaqt ketadi. Tadbirning ssenariysini yaratish, ijodiy jamoalarni yig’ish, boshlovchilar bilan ishlash, sahna ko’rinishlarini tayyorlash, ansambllarni jalb qilish, sahnani bezash, repitisiyalarni o’tkazish va boshqa tashkiliy ishlar tadbir tashkilotchisini bir zumga ham bo'sh qo’ymaydi.
Ommaviy bayram va tomoshalar senariysi tomoshabinga ko’p tomonlama emotsional ta’sir qilishi bilan birga tomoshabinlarni bayramning faol ishtirokchisiga aylantirib, tomoshabinni, qahramonlar o’rtasidagi u yoki bu qarama-qarshiliklarga bo’lgan munosabatlari, kechinmalarida birga bo’lishni talab qilmaydi. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar senariysida doimo qaramaqarshilikning bo’lishi talab qilinmaydi. Masalan, «Navro’z», «Mehrjon», «Birinchi qadam» bayramlari, xalq sayillari. Bunday bayram va sayillarda teatrlashtirish janrlaridan foydalanilmasa umuman qarama-qarshilik bo’lmasligi mumkin. Bayramlar xalqning xursandchiligi, shodu xurramligini o’zida aks ettiruvchi tadbirlar turiga kiradi.

Yüklə 160,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə