O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishlari yo‘nalishi


Viktorinalarning tashkil etilishi



Yüklə 160,05 Kb.
səhifə7/21
tarix30.08.2023
ölçüsü160,05 Kb.
#121135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Kamolova G

Viktorinalarning tashkil etilishi.
Viktorina - yakka tartibda yoki jamoalar o’rtasida ma'lum bir sohadagi bilimlarni aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan savol-javob shaklidagi musobaqadir.
Viktorina turlari:

  • fanlar va sohalar bo’yicha;

  • ijtimoiy hayotga taalluqli ma'lumotlar bo’yicha; Viktorikalarni tashkil etish tartibi:

  • viktorinani o’tkazish Dasturini ishlab chiqish;

  • savollar va javoblar ro’yxatini tuzish;

  • ishtirokchilarni aniqlash;

  • ishtirokchilarga manbalar ro’yxatini taqdim etish;

  • tanaffus vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida musiqiy tadbirni tashkil

etish;

  • boshlovchini tayyorlash;

  • hay’at a'zolarini belgilash;

  • texnik vositalar va zaruriy jihozlar bilan to’liq ta'minlash;

g’oliblarni rag’batlantirish maqsadida homiy tashkilotlarni jalb qilish.
Viktorinalarni tashkil etish davomida qo’llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar:

  • aqliy hujum;

ikki qismli kundalik.
Intellektual o’yinlarning tashkil etilishi.
Intellektual o’yinlar - noan'anaviy usullarni qo’llab, yoshlarni mantiqiy o’ylashga, erkin fikrlashga, masalaga ijodiy yondashishga undovchi musobaqa shaklidagi o’yinlardir.
Intellektual o’yin turlari:

  • ijtimoiy hayotga taalluqli ma'lumotlar bo’yicha;

  • fanlar bo’yicha;

  • sohalar bo’yicha.

Intellektual o’yinlarni tashkil etish tartibi:

  • dasturlar ishlash;

  • savollar va javoblar ro’yxatini tuzish;

  • ishtirokchilarni aniqlash;

  • guruhlarni shakllantirish;

  • tanaffus vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida musiqiy tadbirni tashkil

etish;

  • boshlovchini tayyorlash;

  • hay'at a'zolarini belgilash;

  • texnik vositalar va zaruriy jihozlar bilan to’liq ta'minlash;

  • g’oliblarni rag’batlantirish maqsadida homiy tashkilotlarni jalb qilish.

Intellektual o’yinlarni tashkil etish davomida qo’llanilishi tavsiya etiladigan samarali usullar:

  • breyn-ring;

  • aqliy hujum;

  • guruhiy faoliyat.

Intellektual o’yinlarning namunaviy mavzulari:

  • “Zakovat”;

  • “O’yla, izla, top”;

  • “Iqtidor”;

  • “Imkon”;

  • “Zinama-zina”;

“Qilni qirq yorib” va hokazo.

Yüklə 160,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə