Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə18/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
tarbiya togarak 2023

MMIBDO’____________________


18 Mavzu; “Eng buyuk jasorat‘‘
Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga eng buyuk jasorat bu ma’naviy jasorat ekanligini va qadimgi alloma va mutafakkirlarimizni ma’naviy jasoratlari haqida tushuncha berish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:


Haqiqatan ham, tabiat va tarix qonunlari-ni, uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur tushunadigan odamgina o`z hayotini ma`naviy jasorat asosiga qurishga qodir bo`ladi. Shu ma`noda, shaxsan men zahmatkash va bunyodkor xalqimizning hayotini, ayniqsa qish qahratoni va yoz jaziramasida ham, bahor va kuzning yog`in-sochinli kunlarida ham yerdan rizq undirish maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab mehnat qiladigan dehqonlarimiz hayotini tom ma`noda jasorat namunasi, deb bilaman”.
O`qituvchi:
Ko`pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda maydonga otilib chiqish, qahramonlik ko`rsatish — albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g`ayrat-shijoat, eng muhimi, o`ziga, o`zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo`lishi kerak.
Lekin menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo`lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish — haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo`lar edim.
Nega deganda, kundalik hayotda jonkuyar bo`lish, har kuni fidoiylik ko`rsatish, ruhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga ko`tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak, desam, o`ylaymanki, yanglishmagan bo`laman.
Men o`z hayotim, ish faoliyatim davomida ma`naviy jasorat sohibi bo`lgan, har tomonlama yetuk shaxslar bilan muloqotda bo`lganim, zamondosh bo`lib yashaganimdan doimo faxrlanib yuraman. Ana shunday vatandoshlarimizdan biri mashhur arxeologik olim, akademik Yahyo G`ulomov edi.
O`z davrining fidoyi allomasi bo`lgan bu insonni men yaxshi bilardim. U o`zining mustaqil fikriga ega, kerak bo`lsa, yuqori lavozim egalariga yoqmaydigan to`g`ri gaplarni ham dadil ayta oladigan ulkan olim edi.
Tarixchilar yaxshi biladi, odatda tepaliklar qa`rida tarixiy obidalar, butun bir shahar qoldiklari yastangan bo`ladi. Sho`ro davrida, faqat tomlardagina paxta ekilmay qolgan bir paytda ana shunday qadimiy tepaliklarni ham tekislab, paxta dalasiga aylantirishdek bema`ni siyosat avj olgan edi. Bunday noma`qul ishga jasur olim Yahyo G`ulomov qarshi chiqqanini men yaxshi eslayman.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə