Tarbiyaviy soat



Yüklə 307,95 Kb.
səhifə1/29
tarix24.12.2023
ölçüsü307,95 Kb.
#159616
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
7-sinf-Tarbiyaviy-soat-konspekt


938631300


Xalq ta’limi vazirligi
Respublika ta’lim markazi
UMUMTA'LIM MAKTABLARINING
7-SINFLARIDA “TARBIYAVIY SOAT”

MASHG'ULOTLARINI TASHKIL
ETISH BO'YICHA METODIK QO'LLANMA
(SINF RAHBARLARI UCHUN)

Toshkent -2013

Tuzuvchi:

Qurbonova Marhabo - Toshkent shahar, Sergeli tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi Tarix, milliy istiqlol g'oyasi fanlari o'qituvchisi
M.Omonova - Respublika Ta'lim markazi bosh metodisti

Taqrizchilar:

Z.Arinova - Toshkent shahar, Sergeli tumani 300-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi “Rus tili” fani o'qituvchisi
D.Norqobilova - Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani 48-sonli umumta’lim maktabi “Ona tili va adabiyoti” fani o'qituvchisi

Tushuntirish xati
Ma’naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o'z-o'zidan kelmaydi, hammasining zamirida tarbiya yotadi.
Islom Karimov
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 maydagi “Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartiga o'zgartirishlar kiritish haqida” 130 - sonli qarori asosida o'quv rejada o'quv yuklama 5 % ga qisqartirildi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmynan qayta ko'rib ciqilib, integratsiyalashgan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Sinf rahbari o'ziga berilgan sinf uchun tayanch va ma’suldir.
Umumiy o'rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to'g'risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug'iga 2-ilova: Ta’lim muassasalari sinf rahbari to'g'risida Nizom asosida tashkil etiladi.
Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch
pedagoglardan biri bo'lib, o'ziga biriktirilgan sinf o'quvchilarining
amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.

Mazkur qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzularning dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
Umumta'lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy- axloqiy hislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, shaxsiy gigiena, ozodalik, kiyinish odobi, bolalar huquqlari, tabiatni asrash, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar va fan oyliklarini o‘tkazishda nimalarga e'tibor berish to‘g‘risida tavsiyalar berilgan Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin: Kun shiori:

  1. Kirish;

  2. Asosiy sism: ma’ruza, guruhlar ishi

  3. Yakuniy qism.

Sinf soatida foydalahish uchun adabiyotlar jamlanmasi, mavzuga doir adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noananaviy tarzda tashkil etilishi mymkin.
Beruniyning ma’ rifiy qarashlari.

Yüklə 307,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə