Тарихий манбашунослик


Xukukiy xujjatlar va yozishmalar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə31/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Xukukiy xujjatlar va yozishmalar
Xoja Axrorga tegishli vasika va vakfnomalar. Bu turdagi xujjatlar ko`p va ular arxiv va muzeylarning fondlaridan, shuningdek ko`lyozma kitoblar saklanayotgan kutubxonalardan topish mumkin. Yirik sharkshunos olima O.D.Chexovich (1912-1982- yy.) O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharkshunoslik instituti va O`zbekiston Respublikasi Davlat arxivi fondlarida saklanayotgan vasika va vakfnomalar fondini ko`p yillar davomida kunt bilan o`rgandi va ular ichida Xoja Ubaydulla Axrorga tegishlilarini ajratib olib, matni va ruscha tarjimasi, va maxsus tadkikot bilan birga ko`shib 1974 yili “Samarkandskie dokumentы XV-XVI vekov” nomi bilan nashr etdi.
Xoja Ubaydulla Axror o`z davrining badavlat, boobro` kishisi bo`lib, mamlakatning iztimoiy-siyosiy xayotida katta nufuzga ega bo`lgan. Uni shu darajaga etkazgan omillardan biri uning ko`lida to`plangan katta er-suv va mol-mulk bo`ldi. Tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, uning 300 jufti nov (bir juft xo`kiz yordamida xaydab ekiladigan er) eri, shaxarlarda timlari (usti yopik bozor), do`konlari, xammomlari, karvonsaroylari, tegirmonlari, moyjuvozlari bo`lgan.
Xoja Ubaydulla Axror ma`rifatli va raiyatparvar kishi edi. Daromadning bir kismini xayrli ishlarga sarflagan, xalk manfaatini ximoya kilgan. Masalan, 1463 yili Temuriyzoda Umarshayx Mirzo Toshkent xalkidan katta mikdorda xiroj talab kilganda, Xoja Ubaydulla Axror uni o`z xisobidan to`lab yuborgan; xunarmandlar va bozor axlidan olinadigan tamga soligiga karshi chikkan, uning o`zi va mulki barcha soliklardan ozod kilinganiga karamay, ayrim yillari xamma katori xiroj, ushr va boshka soliklar ma`unoti devoniya va navoibi sultoniya to`lab turgan.
Xoja Ubaydulla Axror xar yili Sulton Axmad Mirzo (1458-1494 yy. Movarounnaxr xukmdori)ning devoniga 80 ming man (4,32 kg.ga teng) gallani xiroj o`rnida yuborib turgan; yiliga unga xirojning bir kismini – 10 ming kumush tanga berib turgan.
Xoja Ubaydulla Axrorga tegishli vasika, vakfnoma va boshka xukukiy xujjatlar xali boshka erlardan xam topiladi. Lekin O.D.Chexovich nashr kilganlarning o`zi xam O`zbekistonning XU-XU1 asr boshidagi ijtimoiy-iktisodiy axvolini o`rganishda birinchi darajali manba bo`lib xizmat kiladi. Kuyida ikkita xujjat mazmunini keltiramiz:
VASIKA. Allox jumlai jaxon egasidir, uning shon shavkati yukori bo`lsin! (Xijriy) 859 yil jumodi ul-oxir oyining 12- kuni.
Bayramxo`ja o`gli Xasan, mulkiga mutasaddiy bo`lishga xak-xukuki bo`lgan xolda, dedi: “Samarkandning So`zangaron ko`chasida joylashgan ikki xonalik uyimni, taxoratxona va ayvoni bilan, Ubaydullaxoja Jaloliddin Maxmudga sotdim.
Mazkur xovli-joyning garb tarafi oliyjanob, xurmat-extiromga loyik bo`lgan olguvchining do`koni bilan tutash, shimoliy tarafi podshoxlik erlari va kisman Amir Shermuxammad xojaning uyi bilan, sharki-janub tarafdan esa xalka ko`chalar bilan tutashdir.
Ushbu mulkni, barcha xak-xukuklari bilan, xozirda muomalada bo`lgan 1500 dinori adliyaga sotdim.
Mazkur sado-sotikning kafilligi o`zimning zimmamda.
Savdo kuyidagi shaxslarning guvoxligida bo`ldi:
Abu Mansur Muxammad;
Sa`dulla Muxammad al-Ispijobiy;
Axmad Ali al-Xorazmiy;
Xoja Sulton Jaxongir o`gli;
Bayramshox Junayd Ramazon o`gli.
Xammasi bo`lib 26 guvox.”



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə