Тарихий манбашунослик


-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maksad va vazifalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

1-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maksad va vazifalari
Reja:
1. Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad.
2. Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari.
3. Manbalar turlari.
4. Manbashunoslikka oid adabiyotlarni taxlili.


Asosiy tushunchalar: manba, tarixiy manba, birlamchi manba, asl nusxa, avtograf, bitik, bitma, yozma yodgorlik, ko`lyozma, ko`lyozma kitob, toshbosma, litografik kitob, nashr, ommaviy nashr, ilmiy akademik nashr, faksimile, arxeografiya, asosiy arab yozuvlari, ro`yxatga olish, tavsifga olish, tasniflash –kataloglashtirish, fixrist – katalog, kartochka, annotatsiya, monografik tavsif.


Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch» T., 2008.
2. B. A. Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “O`kituvchi”. 2001.
3. T. S. Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarxnavisligidan lavxalar. - Toshkent: “O`kituvchi”. 1993.
4. Sobranie vostochnыx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.


Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad
Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad talabalarda ushbu fan soxasi to`grisida umumiy tushuncha xosil kilish va ularda kizikish uygotish va O`zbekiston tarixini manbalar asosida mustakil o`rganishga xarakat kildirishdan iborat.
Tarixiy fakt va vokealar bayoni inson xarakteri, ma`lumot beruvchi shaxs, gurux, firka, sulola, mazxab va mamlakatlar manfaati yo`lida turlicha talkin kilinishi mumkin.
Masalan, O`zbekiston yakin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi siyosiy vokealar turli davrlarda, manbalarda va turli mualliflar tomonidan turlicha talkin kilinmokda. Bular o`z davrida yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy xujjatlar va solnomalarda kanday bayon kilingan? Sho`ro davrida kanday tushuntirildi?
Va nixoyati mustakillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida xolis va ob`ektiv bo`lib o`tgan vokealarni bilishimiz mumkin va kerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, manbalarga ilmiy yondoshuvsiz mumkin emas. Chunki, o`sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir kismi rus tilida xam bitilgan va o`sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega.
Xulosa, manbashunoslik fani yurtimiz tarixi to`grisida xolis va ob`ektiv bilim olishga, o`zligimizni anglashga, boy va kadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat kiluvchi tarix fanining muxim soxalaridan biridir.
Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muxim soxalaridan biri bo`lib, turli (moddiy, etnografik, yozma va boshka) manbalarni o`rganish xamda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jixatlarini o`rganadi.
Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz?
Tarixiy manba deganda uzok o`tmishdan kolgan, tabiat va jamiyatning ma`lum boskichdagi kechmishini o`zida aks ettirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklarni tushunamiz.
Moddiy yodgorliklarga - kadimiy obidalar, manzilgoxlar va mozarlar, shaxarlar, kasrlar va kal`alar xarobalari, uy-ro`zgor buyumlari va boshkalar kiradi.
Ma`naviy yodgorliklar deganda kadimgi yozuvlar, xalk ogzaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitik, ko`lyozma kitob, xujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi.
Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo`lgan va uning xususiyatlarini o`zida aks ettirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklardan iboratdir. Ularni o`rganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz.
Manbashunoslik fani ijtimoiy fan soxasida asosan ikki xil bo`lishi mumkin- tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maksadimiz tarixiy manbashunoslikni o`rganishdir.
Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni kidirib topish, ularni ro`yxatga olish, turkumlash, chukur va atroflicha tadkik etish, manbada o`z aksini topgan yoki bayon etilgan vokealar, keltirilgan faktlarni to`la va ob`ektivligini aniklash, manbaning tarix fani tarakkiyotini o`rganishdagi axamiyatiga baxo berish, manbashunoslikning asosiy vazifasi xisoblanadi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə