Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə6/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Arxeografiya - yozma manbalarni ilk tavsifga olish yoki ularni kidirib topib, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Bu ilmiy yo`nalish Respublikamiz Fanlar Akadnmiyasining Abu Rayxon Beruniy va sobik Ko`lyozmalar Institutida boshlangan bo`lib ma`lum davrgacha Fargona vodiysi, Samarkand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga kator arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirilgan bo`lib, ularda A. Murodov, A.Irisov, I.Abdullaev, A.Axmedov, B.Xasanov, O.Jalilov, M.Xakimov, Yu. Tursunov va boshkalar ishtirok etganlar. Bular natijasida bir kancha nodir ko`lyozmalar va xujjatlar aniklanib, davlat xazinalariga olib kelingan.
Xamid Sulaymon (vaf.1979) Angliya, Frantsiya (1868) va Xindiston kutubxonalariga (1976-1977) arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirgan edi va buning natijasida kator yozma manbalar to`grisida ma`lumotlar, ayrimlarining mikrofil`m va fotokopiyalari yuotimizga keltirilgan edi.
Xozirgi paytda Sharkshunoslik instituti va Islom universiteti koshida shark ko`lyozmalarini kabul kilish arzeografik komissiyalari mavjud bo`lib, ularda axoli o`rtasida mavjud yozma manbalarni kiymatini aniklashga kodir mutaxassislar bor.
Tarixiy manbalarni aniklash, tanlash va taxlil etish
Nazariy manbashunoslikda eng zarur tarixiy manbalarni aniklash, tanlash va nixoyat uni ilmiy taxlil kilish xar kanday katta kichik tadkikotning dastlabki boskichi xisoblanadi.
Tanlangan mavzuning ilmiy xamda nazariy jixatdan to`gri xal etilishi ko`p jixatdan xar kanday tadkikotning asosi, poydevorini tashkil etadigan manbaning sifat va salmogiga, ya`ni mukammalligiga va faktik materialga boyligiga boglikdir.
Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadkik etishda bir emas, balki bir necha manbalar turiga – rasmiy xujjatlar, solnomalar, geo-kosmografik, agiografik va biografik asarlarga asoslanib, ulardagi ma`lumotlarkiyosiy solishtirilib taxlil etilsa ilmiy tadkikot saviyasi oshib, xulosa va umumlashmalar ishonarli va asosli bo`lib, uning ilmiy axamiyati xam katta bo`lishi shubxasizdir.
Tadkikot uchun yozma manbalarning kaysi biri asosiy va kaysilari yordamchi rol` o`ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga boglikdir. Masalan, iktisodiy-ijtimoiy masalalarni o`rganishda rasmiy xujjatlar asosiy birlamchi manba rolini o`taydigan bo`lsa, siyosiy xamda madaniy xayotni yoritib berishda solnomalar – tarixiy asarlar va biografik tazkiralar xamda adabiy-badiiy asarlar etakchi o`rinda turadilar. Lekin shunga karamay, ilmiy tadkikot olib borishda fakat asosiy xisoblangan birgina birlamchi manba bilan kifoyalanib kolmay, imkon kadar boshka ikkinchi darajali manbalarga murojaat etish, ularni xam tadkikotga jalb etish maksadga muvofikdir.
Manbashunos olimlarning tajribasi shuni ko`rsatadiki, aksariyat tarixiy asarlar ijtimoiy-iktisodiy masalalar xamda madaniy xayotga oid kimmatli ma`lumotlarga boy bo`ladi. Rasmiy xujjatlarda va biografik asarlarda esa siyosiy tarixga oid kimmatli faktlarni, tarixiy asarda yo`k ma`lumotlarni uchratish mumkin.
Manbashunoslikdagi ilmiy ishda ko`p va turli tipdagi manbalarga asoslanib, tadkik etilmish mavzuga oid barcha manbalarni ishga jalb etish bo`dajak ilmiy asarning kiymatini va axamiyatini belgilovchi asosiy va xal kiluvchi omillardan biridir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə