Тарихий манбашунослик


Manbalarni ichki belgilariga karab taxlil etish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə8/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Manbalarni ichki belgilariga karab taxlil etish
Manbalarni ichki belgilariga karab taxlil etish deganda ko`lyozma asarning tarkibi va mazmunini taxlil kilish, tushuntirish, goyaviy-siyosiy saviyasi va ilmiy kiymatini aniklash masalalari anglashiladi.
Ko`lyozma asarning ilmiy kiymatini unda nimalar bayon etilganligi, vokea -xodisalarga muallifning xolis munosabati, keltirilgan dalil va ma`lumotlarning to`griligi va oldinga surilgan fikr va goyalar bilan belgilanadi.
Tarixiy asarning asl nusxa, original bo`lishi yoki kompilyativ – ya`ni boshkalar ma`lumotlarni terib yoki aynan keltirishi, to`la va nokisligi, kiskaligi, vokealarning kay tarzda bayon etilishi xam muxim axamiyat kasb etadi.
Ilmiy tadkikotlarda original va mo``tabar ko`lyozmalarga tayanib ish olib borish xar bir dalil va ma`lumot, rakamlar eng ishonchli, nodir, birlamchi manbalardan olinishi kerak. Boshkalar kitobida keltirilgan ma`lumotlardan sakdanish lozim.
O`tmish jamiyat sharoitida yozilgan asarlarning mualliflari ko`pincha o`zlari keltirayotgan dalillardan to`gri xulosa chikarmaydilar, ularning fikrlarida noaniklik, chalkashlik va karama-karshilik xam uchraydi. Bu tabiiy xol, albatta chunki ular yashab ijod etgan muxitning o`zi ziddiyatlar bilan ajralib turar edi.
Yozma manbalarda karama-karshi fikrlar bilan bir katorda xolisona muloxazalar xam uchraydi. Bunday paytlarda muallif ko`pincha o`z fikr va muloxazalarini pardozli iboralar va istiorali so`zlar orasiga yashiradi, goroskop – odam tugilganda uning takdirini yoki biron ulug shaxs ishtirokida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan muxim vokeaning natijasini sayyoralarning o`sha paytdagi xolati va o`rniga karab maxsus jadvallar vositasida oldindan belgilash, shuningdek, ko`p asr avval bo`lib o`tgan va aynan muallif bayon kilmokchi bo`lgan vokeaga o`xshash faktlarni misol tarikasida keltirish yo`li bilan bayon etganlar.
“Abdullanoma” asarining muallifi Xofiz Tanish Buxoriy (XU1 asr) mashxur Juyboriy xojalardan biri xoja Muxammad Islom (taxm.1493-1563) va uning “etti iklimning chakkon xisobchilari” bir bo`lganda xam yuzdan birini xam xisoblay ola olmaydigan bexisob boyliklariga bo`lgan o`zining salbiy munosabatini Tafsir va Xadis kitoblariga tayanib, mana shunday so`zlar bilan ifodalagan: “Tafsirat ul-mubtadin”ning uchinchi misboxida (bobida) aytilganki, jaxon a`yonlari bo`lganliklari uchungina emas, (balki) unga tegishli bo`lishlari va mol-dunyoga xirs ko`yishlan o`zini tiymaganliklari uchun yomondir. Shu bois xazrat risolat panox (Muxammad paygambar)... bu ma`nidan xabar berdi (va dediki) “Mol-dunyoni do`st tutish xar kanday gunoxning boshidir”
Ashtarxoniylardan Ubaydullaxonning (1702-1711) kotibi muarrix Mir Muxammad Amini Buxoriy mazkur xonning o`ldirilishi sabablarini uning faoliyatidagi nuksonlardan, anikrogi atrofiga tuban va sotkin kishilarni to`plab olib, saltanat va xalk axvolidan beparvo bo`lganligida ko`radi. U yozadi: “Ravzat us-safo”da aytilganki, (jaxon ustidan xukm yurgizishning) birinchi sharti (shulki) xukmdor sir saklay oladigan, muxim davlat ishlarida mustakil fikrga ega bo`lgan maslaxatchilarni tarbiyalab etkazmogi zarur. Jaxon ustidan xukm yurgizishning ikkinchi sharti shulki, (xukmdor) o`ziga etuk, okil, vijdonli, kamtarin va iste`dodli kishilarni yakinlashtirmogi lozim... Shunga o`xshash, “Ciroj ul-muluk” kitobida xikoya kilinganki, Nushirvon kunlardan bir kuni bosh koxindan so`radi: “Davlatning inkiroziga sabab nima?” Bosh koxin javob kildi: “Buning sababi uchta. Birinchisi, davlatning umumiy axvoli oliy xukmdordan yashirin tutilsa; ikkinchisi, xalk podshoxga nafrat ruxida tarbiyalansa; uchinchisi, solik to`plovchilarning jabr-zulmi oshib ketsa”
Mir Muxammad Amin Buxoriy zikr etilgan lavxadan xulosa chikarib bunday deydi: “Afsuski, xar uchchala zarur shart Sayyid Ubaydullaxon xukmronligiga taalluklidir... Podshox xukmronligining ikkinchi yarmida ilgari o`tgan podshoxlar tarikidan, ota-bobolarning tutimidan chetga chikdi. Tamom kuch-kuvvatini tuban va zaif, sust va manfur kishilarni tarbiyalashga sarfladi, ularni o`ziga yakinlashtirdi; muttaxamlar, xaram xodimlari va xotinlar bilan yakin munosabatda bo`ldi. Mana shularning xammasi uning davlatini inkirozga uchratdi”
Manbaning tarkibi va mazmunini ilmiy taxlil kilishdan kuzatilgan maksad, uning muxim va kimmatli tomonlarini aniklash, unda keltirilgan dalillarning ishonchliligi va to`grisini boshkalaridan ajrata olish xamda eng muximi asarda bayon etilgan vokeani xolis tarixchi nuktai-nazaridan turib baxolay olishdan iboratdir.
Manbashunoslik talablaridan biri shuki, yozma manbani fakat uning bir o`zida keltirilgan dalil va ma`lumotlarga karab baxolab bo`lmaydi. Ba`zi xollarda keltirilgan dalil soxta, bayon etilgan vokea esa soxtalashtirilgan bo`lishi xam mumkin. Shuning uchun xam biron asar xakida kat`iy bir fikr aytishdan avval uni o`ziga o`xshash boshka asar bilan solishtirib ko`rish, keltirilgan dalillarni bir-biri bilan solishtirish va tekshirish zarur.
Amaliy manbashunoslik kadimgi davrlardan boshlab to shu kungacha ma`lum darajada tajriba to`pladi. Ko`plab yozma yodgorliklarning eng asosiylari asl nusxada-faksimilesi, tankidiy matni, tarjima va izoxli tarjimasi amalga oshirilib, chop etishga erishildi. Turli ko`lyozma fondlari, kutubxona va muzey, shaxsiy majmualardagi yozma yodgorliklar tavsifi fixrist-kataloglarda e`lon kilinib, ularda amalga oshirilgan manbashunoslik soxasidagi tadkikotlar natijalari umumlashtirildi.
Xullas, manbalarni o`rganish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar, tajribalar umumlashtirilib, kelshusida amalga oshirilajak tadkikotlar uchun eng kulay va istikbolli tadkik metod va usullarini aniklab, belgilab va ishlab chikib, ularning eng zamonaviylari va samaradorlarini amaliyotga ko`llashni tavsiya etish zarur.
So`nggi paytda zamonaviy kompyuterlarning yozma manbalarni tadkik etish imkoniyatidan foydalanish vakti keldi. Bu o`rinda zamonaviy talaba va pedagog inturnet xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi.
Umuman, nazariy va amaliy manbashunoslik biri-birini to`ldiradi, biri ikkinchisi uchun asosiy tadkikot yo`nalishi va uslublarini belgilasa, ikkinchisi birinchisi uchun faktik material jamlab, asos bo`lib xizmat kiluvchi dalillarni yigadi.
Amaliy manbashunoslik nazariy bilim va tajriba asosida manbashunoslikning konkret, muayyan soxasi, bo`limi, davri masalasi yoki biror manba yuzasidan amaliy, praktik tadkikot olib boradi, arxiv, muzey, kutubxona va shaxsiy majmualarda mavjud yozma manbalarni o`rganib, eng kimmatlilarini ilmiy muomalaga olib kirib, keng jamoatchilik ma`naviy mulkiga aylantiradi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə