Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə16/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Avesta. Zoroastrizm–otishparastlik, miloddin avvalgi VI – milodning VI asri dinining mukaddas kitobi bo`lib, miloddin avvalgi VI- milodning VI asrlarida yozilgan, Eron xamda O`rta Osiyo xalklarining kadimgi madaniyati, e`tikodi, tili, adabiyoti va kisman tarixini o`rganishda asosiy manba xisoblanadi.
Asarning yozilgan joyi xakida turlicha fikrlar mavjud. Bir gurux olimlar frantsuz J.Darmsteter, ojarbayjon olimi I.Aliev “Avesta” Midiya - xozirgi Eronning shimoliy-garbiy kismi va Ozarbayjonda yozilgan desalar, ko`pchilik V.V.Struve, S.P.Tolstov, F.Al`txaym va boshkalar Amudaryo bo`yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oraligida yaratilgan, deb xisoblaydilar. Oxirgi fikr so`nggi vaktlarda Eron olimlari, masalan Ibroxim Pur Dovud tarafidan xam e`tirof etildi.
“Avesta” matni to`lik saklanmagan. Bizgacha, uning juda oz kismi etib kelgan, xalos. Ma`lumki “Avesta” Kayoniy xukmdorlardan Gishtosp – Vishtosp zamonida kitob xoliga keltirilgan. Rivoyatlarga karaganda, uning gatlar deb ataluvchi asosiy kismi xudo Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas`udiy, Tabariy va Beruniylarning so`zlariga karaganda, 12 000 xo`kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin xarflari bilan yozilgan. O`sha vaktlarda uning uch nusxasi mavjud bo`lgan, lekin bir nksxasi Iskandar Zulkarnaynning amr-farmoni bilan yokib yuborilgan. Ikkinchi nusxasini Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o`ta e`tikodli bo`lgan kishilar ko`lida saklanib kolgan. Lekin bu nusxa to`la emas.
Asarning saklanib kolgan kismlarini to`plash va kitob xoliga keltirish ishlariParfiya podshosi Valgash 111 (148-192 yy.) xamda Sosiniylar (milodning 111 asri) davrida xam davom ettirildi. “Avesta” sosoniy Shopur 11 (309-379) davrida tartibga solindi, izoxlar va ko`shimchalar (zand) bilan boyitildi va to`la kitob xoliga keltirilib, asrsiy kismlari paxlaviy tiliga tarjima kilindi. Bu kitob “Zand Avesta” nomi bilan mashxur.
Afsuski, “Zand Avesta” xam bizning zamonimizgacha to`la xolda etib kelmagan. Uning bir kismi Iskandar Zulkarnayn yurishlari vaktida, boshka bir kismi esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaktida yo`k kilingan. Asarning bizgacha etib kelgan kismi, professor e.E.Bertel`sning ma`lumotiga karaganda, 83 000 so`zdan iboratdir. U asosan to`rt kismdan – yasna, yashtov, vispered, vendidad tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan ko`shiklar “Avesta”ning eng ko`xna va kimmatli kismlaridir.
“Avesta”ning ko`shiklari va kissalari Abulkosim Firdavsiyning (taxm.940-1030 yy.) “Shoxnoma” dostoniga manba bo`lib xizmat kilgan.
“Avesta” nisbatan yaxshi o`tganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, e.E.Bertel`s, V.V.Struve va boshkalar). U frantsuz (Anketel` dyu Perron, Y.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), Laniya (A.Xristensen) va fors (Ibroxam Pur Dovud) tillariga tarjima kilingan. Uning Kopengagenda (Daniya) saklanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937-1944 ymllari olti jild kilib nashr etilgan.
“Xvaday namak” (“Podshoxnoma”) kadimgi Eronning 627 yilgacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy xayotidan baxs etuvchi afsonaviy tarixiy asar bo`lib, paxlaviy tilida yozilgan. Sosoniylardan Yazdigard 111 (632-651 yy.)ga yakin kishi tomnidan 632-637 yillar orasida yozib tamomlangan. Asar ayniksa Axamoniylar, Ashkoniylar va Sosniylar tarixi bo`yicha muxim manbalardan xisoblanadi.
“Xvaday namak”ning o`zi xam, mashxur shoir, olim va tarjimon Abdullox ibn Mukaffa (721-757 yy.) tarafidan kilingan tarjima (“Siyar al-muluk” deb atalgan) xam bizgacha etib kelmagan. Lekin uning ayrim parchalari Ya`kubiy (897 yoki 905 yili vafot etgan), ibn Kutayba (828-889 yy.), Tabariy, ibn al-Asir, shuningdek Abulkosim Firdavsiyning “Shoxnoma”sida saklangan.
“Matakdani xazar datastan” (“Bir ming nafar xukukiy ajrim”) paxlaviy tilida yozilgan (U111 asr) bo`lib, unda Eronning Sosoniylar davridagi davlat tuzulishi va uning ijtimoiy xayoti xakida kimmatli ma`lumot bor. Asarning fakat ayrim kismlarigina saklangan. Mitropolit Ishobaxt kilgan suryoniycha tarjima (U111 asr) saklangan). Inglizcha tarjimasi S.Y.Bulsara tomonidan chop etilgan (Bombay, 1937 y.).
Geografik asarlardan “Shaxristonxoyi Eron” (“Eron shaxarlari xakida risola”) Eronning Sosoniylar davridagi geografik xolati va ularning bunyod etilishi xakida ma`lumot beradi. “Ajoyib as-Sakiston” (“Sakiston viloyatining ajoyibotlari” nomli asar Eronning ko`xna viloyatlaridan Sakiston (Seiston)ga bagishlangan. Bu ikkala asar xam paxlaviy tilida, U111 asrning ikkinchi yarmida yozilgan. “Shaxristonxoyi Eron”ning matni va kiskacha inglizcha tarjimasi J.Asana xamda Modi tomonidan 1897 va 1899 yillari Bombayda chlp etilgan.
Kadimgi Eronning ijtimoiy-siyosiy xayotiga oid ayrim ma`lumotlarni “Kornomayi Artashir Papakan” (“Artashir Papakanning ishlari xakida kissa”), “Mazdak namak” (“Mazdak xakida kissa”), “Ayatkari zariran” (“Zarira xakida rivoyat”), “Podshox Xusrav va uning maxrami” kabi tarixiy kissalarda uchratamiz.
Sosoniylar lavlati ichki va tashki siyosati asoslarini o`rganishda “Andarznoma”(“Nasixatnoma”) xamda “Tojnoma” kabi etik - didaktik xarakterdagi asarlarning xam kimmati kattadir.
Shoxnoma” Abulkosim Firdavsiy(taxm. 940-1030 yy.) kalamiga mansub “Shoxnoma” asari uch kism va 65 ming baytdan iborat doston bo`lib, u 976 – 1011 yillar orasida yozilgan.
Uning birinchi kismi afsonaviy bo`lib, “Avesta” materiallariga asoslanib yozilgan va Eron xamda Turon xalklarining diniy akidalari va rivoyatlaridan baxs yuritadi.
Asarning ikkinchi va uchinchi kismlari muxim xisoblanadi. Ikkinchi kism kaxramonlik dostoni bo`lib, kadimgi Eron podshoxlari va ular zamonida o`tgan kaxramonlar Rustam va Kova siymolari talkin kilingan.
“Shoxnoma”ning uchinchi kismi tarixiy doston bo`lib, unda Eron va Turonning zardushtiylikning paydo bo`lishidan to arablar istilosigacha bo`lgan siyosiy xayoti talkin etilgan.
“Shoxnoma”ning ko`lyozma nusxalari ko`p mamlakatlarning kutubxonalarida, shuningdek O`zR FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharkshunoslik institutida saklanmokda. Asarning to`la matni Xindiston (1829 y.), Frantsiya (1838-1878 yy.), Olmoniya (1877-1884 yy.), Eron (1934-1936 yy.) va Rossiyada (1960-1971 yy.) chop etilgan, rus va o`zbek tillariga tarjima kilingan.
“Shoxnoma” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadkikot ishlarini Boysungur Mirzo ibn Shoxrux Xirotda olib borgan. Ko`p tarixchilar, xususan Muxammad Mirxond undan manba sifatida foydalangan. Alisher Navoiy bu asarda lof ko`pligini kayd etgan.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə