Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə19/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Kvint Kurtsiy Ruf (milodning 1 asri) – mashxur Rim tarixchisi, Iskandar Zulkarnaynning Eron, Turon va boshka mamlakatlarga kilgan xarbiy yurishlari xakida 10 kitobdan iborat “Buyuk Iskandar tarixi” nomli asar yozib koldirgan. Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulkarnaynning safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan.
Kvint Kurtsiy Rufning asarida O`zbekiston xududining Iskandar Zulkarnayn ko`shinlari tomonidan istilo kilinishi, xalklarning chet el boskinchilariga karshi kurashi, xususan, Spitamen boshlik ko`zgolon keng yoritib berilgan.
“Buyuk Iskandar tarixi” 1841 yili Myuttsel`, 1867 yili T.Nyol`deke va 1885 yili Fogel` tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov taxriri ostida chop etilgan (M.,1963 y.).
Gay Pliniy Sekund (24-79 y.) – rimlik mashxur yozuvchi, tarixshunos olim va davlat arbobi, 79 yili mashxur Vezuviy vulkonining otilib chikishi natijasida yuz bergan umumxalk fojeasi vaktida xalok bo`lgan.
Gay Pliniy Sekund – sermaxsul olim, 20 kitobdan iborat “Germanlarning urushlari”, ikki jilddan iborat “Pomponiy Sekundning xayoti” va 37 kitobdan iborat “Oddiy tarix” nomli asarlar yozib koldirgani ma`lum.
Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo`ylari mamlakatlarining bosib olinishi tarixidan baxs yurituvchi “Germanlarning urushlari” nomli asari bizning davrimizgacha etib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56-117-yy.) “Colnomalar” imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) Neronning xalok bo`lishigacha (milodning 68 yili) bo`lib o`tgan vokealarni o`z ichiga oladi xamda “Germaniya” (unda german va boshka kabilalarning tarixi bayon etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manba bo`lgan.
“Pomponiyning xayoti”da Pliniy sobik boshligi Pomponiy Sekundning xayoti va faoliyati xakida xikoya kiladi. Bu asar xam bizning zamonamizgacha etib kelmagan.
“Oddiy tarix” Gay Pliniy Sekundning shox asari xisoblanadi va unda antik dunyo tarixi, iktisodiy axvoli xamda madaniyati bayon etilgan. Unda miallifning o`z manbalariga jiddiy va tankidiy munosabatda bo`lmaganligi, ayrim dalil va vokealarni buzib ko`rsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunyo tarixi bo`yicha keng ma`lumot beruvchi komusiy asar sifatida e`tiborga sazovordir.
“Oddiy tarix”da O`zbekistonning xam kadimiy tarixi, unda yashagan xalklar, masalan, skiflar, Oks-Amudaryo, Yaksart-Sirdaryo va skifcha joy nomlari, tabiiy boyliklari, Antioxiya shaxarlarining barpo etilishi xakida kimmatli ma`lumotlar bor.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə