Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə17/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Kadimgi xind manbalari
Saklar, massagetlar, toxarlar va kadimgi Kanxa xalki, ularning ijtimoiy-iktisodiy xayoti xakidagi kimmatli ma`lumotlarni xindlarning epik dostoni “Maxabxarata”da xam uchratamiz.
“Maxabxarata”(“Bxarata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo`lib, 100 ming baytni o`z ichiga olgan 18 uitobdan iborat. Afsonaviy shox Bxarataning ikki toifa avlodlari kavravlar va nandavlarning o`zaro adovatlari va urushlari bayon etiladi. U miloddan avvalgi X-VIII asrlarda yaratilgan.
Asarda masalan, uzok Xindistonga, fikrimizcha savdo-sotik ishlari bilan borgan saklar, toxarlar va kanxalar xakida mana bu muxim ma`lumot keltirilgan: “Uning (podshox Yudxishtraning) eshigi oldida boshka xalklar bilan birga saklar, toxarlar va kanxaliklar xam navbat kutib turardilar. Paxmok sokol, peshonalari shoxlar bilan bezatilgan, ko`llarida turli-tuman sovgalar, jun, rangu, ipak va patta (ok kayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamyob matolardan, paxtadan to`kilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va o`tkir kilichlar, shamshirlar, temir nayzalar, xar xil boltalar, ichimliklar, xushbo`y narsaoar, turli-tuman kimmatbaxo toshlar”.


Kadimgi Yunon va Rim manbalari
O`zbekistonning kadimgi va antik davrdagi tarixini o`rganishda kadimgi Yunoniston va Rim tarixchilari xamda geograf olimlarining asarlari muxim manba bo`lib xizmat kiladi. Kuyida ulardan ayrimlari xakida ma`lumotlarni keltiramiz.
Geradot (miloddan avvalgi 490-480 yillar o`rtasi – 425 y.) – yirik komusiy olim, tarix fanining “ota”si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shaxridan, 455-447 yillari evropa, Osiyo va Misr bo`ylab sayoxat kilgan.
Geradot Ellada va Shark mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Elon va Skifiya)ning kadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479 yilgacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy xayotidan xikoya kiluvchi 9 uitobdan iborat “Tarix” nomli asari bilan shuxrat topgan. Bu asar umumiy tarix yo`nalishida yozilgan birinchi kitob xisoblanadi. Shu tufayli xam Xeradot, Tsitseronnning (miloddan avvalgi 106-43 yy.) so`zlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si xisoblanadi.
Geradot garchi o`zi bayon etayotgan vokealar ustida chukur muloxaza yuritmasa xam, ularni to`gri bayon etishi, o`zga xalklar va mamlakatlar tarixiga xurmat nuktai nazaridan karashi bilan ba`zi tarixchilardan ajralib turadi.
Geradotning asarida O`zbekistonning kadimiy xalklari bo`lmish agrippiylar, issedondar, massagetlar, daylar va saklar xakida, ularning turmushi, urf-odatlari xamda ko`shni mamlakatlar bilan alokalari xakida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz.
“Tarix”ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tankidiy matni 1869-1871 yillarda chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) xamda rus (F.G. Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima kilingan. 1982 yilda asarning mamlakatimiz tarixiga oid kismlari zarur izoxlar bilan A.I.Davatur, D.P.Kallistov xamda I.A.Shishova tomonidan yangidan nashr etilgan.
Diodor (miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga karashli Argiriya shaxridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar yozib koldirgan. Umumiy tarix yo`nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning kadim zamonlaridan to milodning 1 asr o`rtalarigacha bo`lgan tarixini o`z ichiga oladi. Unda Shark xalklari, shuningdek, O`zbekistonning kadimiy xalklari skiflar, saklar, massagetlar, baktriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo`lgan munosabatlari xakida kimmatli ma`lumotlar bor.
Diodorning mazkur asari ko`p jixatlari bilan ko`chirma-kompilyatsiya xisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashkari, ko`p xollarda bayon etilayotgan vokealar uzviy boglanmay kolgan. Shunga karamay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy axamiyatga egadir.
Diodorning asari to`la xolda bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Uning fakat 15 kitobi - kadimgi Shark xalklarining tarixi va afsonalari xakida xikoya kiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston xamda Rimning Yunon-Eron urushlari(miloddan avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilshacha bo`lgan tarixini o`z ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saklangan, xalos.
Bu asar 1774-1775 yillari I.Alekseev tomonidan olti kismda va 1874-1875 yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki kism kilib nashr etilgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə