Тарихий манбашунослик


Tosh va sopolga o`yib yozilgan katibalar (mixiy yozuvlar)



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə15/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Tosh va sopolga o`yib yozilgan katibalar (mixiy yozuvlar)

Bunday yozuvlar Axamoniylarning kadimgi poytaxti Persopol`, shuningdek Suza va Ekbatana (xozirgi Xamadon) shaxarlari va uning atrofida topilgan.


Masalan, pishik sopol taxtachaga o`yib yozilgan bir katibada Doro 1 (miloddan avvalgi 522-486 yy.) xukmronligining dastlabki yillarida (miloddan avvalgi 494-490 yillar orasida) Suzada bunyod etilgan saroyning kurilish tafsiloti, anikrogi kurilishga ketgan materiallarning kaysi mamlakatdan keltirilganligi yozilgan taxtachadagi ma`lumotlarga ko`ra, oltin Lidiya bilan Baktriyadan, kimmatbaxo toshlar, lazurit va serdolik (kizil va kizgish rangli tosh) So`gdiyonadan, firuza Xorazmdan olib kelingan.
Pkrsopoldan (Sherozning shimoliy tarafida, undan taxminan 50 km masofada joylashgan 520-450 yillar orasida kurilgan shaxardan) topilgan yozuvlar va tasviriy suratlar – rel`eflar katta ilmiy kiymatga ega. Ularning ayrim namunalari XU11-XU111 asrlarda (1621 y.) italiyalik sayyox P`edro Della Valle va daniyalik olim K. Niburning nomi bilan boglik. 1931-1934, 1935-1939 va undan keyingi yillari nemis olimi E.Xertsfil`d, amerikalik E.Shmidt, frantsuz A.Godar xamda eronlik M.T.Mustafoviy va A.Somiy tarafidan o`tkazilgan arxeologik tadkikotlar natidasida Persopolda juda ko`p noyob yodgorliklar ochildi. Ular orasida Apadana zinalari ustiga ishlangan tasviriy suratlar aloxida axamiyat kasb etadi. Suratlarda (balandligi 3 fut – ingliz o`lchovi 30, 479 santimetrga teng) axamoniylarga tobe bo`lgan 23 satraplikdan (karam mamlakatdan o`lpon olib kelgan kishilar kiyofasi tasvirlangan. Bular orasida baktriyaliklar turli idishlar, teri, mo`yna va tuya bilan, so`gdliklar turli mato, teri va ko`ylar bilan, saklar ot va chakmonlar bilan, parfiyaliklar idishlar va tuya bilan va xorzmliklar ot va kurol-aslaxa bilan tasvirlangan.
Persopoldan 6 milya-kariyb 5 km masofada, uning shimol tarafida Xusaynkux koyalarida axamoniylardan Doro 1, Ksereks 1 (miloddan avvalgi 486-465 yy.), Artakserks 1 (miloddan avvalgi 465-424 yy.) xamda Doro 11 (miloddan avvalgi 424-404 yy.)larning makbaralarini xamda ularga kiraverishda o`yib yozilgan katibalar bor. Mazkur yodgorlik sosoniy sarkardalardan Rustam (636 yili arablar bilan bo`lgan jangda xalok bo`lgan) nomi bilan xam boglik va tarixda ko`pincha Nakshi Rustam deb ataladi.
Katibalarda, ayniksa Doro 1 surati ostiga yozilgan katibada, uning davlati ko`klarga ko`tarib maktaladi, uning tarafidan bosib olingan xalklar esa itoatkorlikka va xalol mexnat kilishga chakiriladi, bo`ysunmaganlar va shu sababdan jazoga maxkum etilganlarning nomlari kayd etiladi. Muximi shundaki, katibada axamoniylarga tobe bo`lgan 23 satraplik va xalklarning to`la ro`yxati yozilgan. Bular orasida parfiyaliklar, baktriyaliklar, so`gdiyonaliklar xamda xorazmliklar xam bor.
Yodgorlik orsida muximlaridan yana biri mashxur Bexistun yozuvlaridir. Bu yozuvlar uzunligi 22 m, umumiy balandligi 7,8 m bo`lib, ular Shimoliy Eronda, Kirmonshoxdan 30 km masofada, daryo bo`ylab o`tgan kadimgi karvon yo`li yokasida, uning chap tarafida, Zagros nomli tik koyaga, taxminan 105 metr balandlikda Doro 1 ning amri bilan yozilgan galaba yodgorligidir. Yozuv elam, bobil va kadimgi eron tillarida bitilgan va miloddan avvalgi 523-522 yillari Axamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata – 522 yil 29 sentyabrda xalok bo`lgan, Frada – margiyonalik, 522 yil 10 dekabrdi asirga olingan, Skunxa - xozirgi Kozogiston va O`zbekiston xududida istikomat kilgan sak kabilalarining etakchisi kabi boshliklar raxbarligidagi xalk xarakatlari xakida xikoya kiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə