Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə14/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Asosiy tushunchalar: «Avesto» arxeologik manbalar Xitoy, Eron, Yunon va Rim manbalari; katiba tasviriy sur`at, tarixiy yozuvlar, rel`ef.
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008.
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001.
3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993.
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.
6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. (Pismennыe pamyatniki).-T.“Fan”, 1985.
O`zbekiston xududi xam Eron, Xindiston, Mesopotamiya, Yunoniston, Rim, Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat o`choklaridan xisoblanadi. Lekin uning kadimiy madaniyati xakida ma`lumotlar juda kam saklanib kolgan. Biz yurtimizning fakat miloddan avvalgm VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy xayoti xakida ma`lum darajada yozma ma`lumotlarga egamiz.
Eron, Xindiston va ayniksa, kadimgi Yunoniston va Rim manbalarida saklangan ma`lumotlarga karaganda, kadim zamonlarda xozirgi O`zbekiston xududida istikomat kilgan saklar, massagetlar va boshka kabilalar urugchilik tuzumini boshdan kechirganlar, chorvachilik, kisman dexkonchilik xamda xunarmandchilik bilan shugullanganlar.
Miloddan avvalgi VI asrda yurtimiz Axamoniylar davlati (miloddan avvalgi 550 – 330 yillar) asoratiga tushib koldi. Ana shu davrda bu erda istikomat kilgan xalklar xayotida muxim ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Urug jamoalari orasida tabakalanish boshlandi: yangidan paydo bo`lgan urug aslzodalari serunum erlarni egallab oldilar, kul mexnati xamda erkin jamoa a`zolari zulm kilish yo`li bilan boyib bordilar. Shu tarika jamiyatning tabakalanish jarayoni kuchaydi va kuldorlik jamiyati paydo bo`ldi.
Bu davrning o`zisha xos xususiyatlaridan biri shuki, miloddan avvalgi VII asrda yurtimiz xududida, masalan Balx va Xorazmda otashparastlik –zardushtlik dini paydo bo`ldi va keng tarkaldi.
Axamoniylar va ularning maxalliy noiblari baribir axolini to`la itoatla tutib tura olmadilar. Xalkimizning chet el boskinchilariga karshi kurashi kuchaydi. Natijada miloddan avvalgi VI asr o`rtalariga kelib Xorazm mustakillikni ko`lga kiritib oldi. Saklar va massagetlar xam o`z ozodligi uchun tinmay kurash olib bordilar. Eron xukmdorlari bilan yurtimiz xalklari o`rtasida uzluksiz davom etgan urushlar Axamoniylar davlatini kuchsizlantirdi va Eronning Iskandar Zulkarnayn (miloddan avvalgi 336 – 323 yy.) tarafidan bosib olinishini birmuncha osonlashtirdi.
Iskandar Zulkarnaynning yurishlari (miloddan avvalgi 334-324 yy.) yurtimiz ijtimoiy-siyosiy tarakkiyotiga ta`sir ko`rsatdi: katta er egalari bo`lmish maxalliy aslzodalarning mavkei yanada mustaxkamlandi.
Ma`lumki, Iskandar Zulkarnayn vafotidan (miloddan avvalgi 323 yil 13 iyun`) ma`lum vakt (taxminan 75 yil) o`tgach, uning ulkan saltanati mayda-mayda davlatlarga bo`linib ketdi.
Miloddan avvalgi taxminan 250 yili Buyuk Makedoniya saltanatining Baktriyadagi noibi Diodot mustakillik e`lon kildi va Yunon-Baktriya davlatiga asos soldi. Bu davlat tarkibiga Sirdaryo bilan Ind daryosi yukori okimlarigacha bo`lgan erlar va xalklar karar edi.
Xozirgi Turkmanistonning janubiy tumanlari xam mustakillikka erishdi. Bu erla xokimiyat tepasiga nufuzli Arshakiylar urugining boshliklari o`tkizildi.
Miloddan avvalgi 190 yili Magnesiya yonida bo`lgan janglarda Rim ko`shinlari Buyuk Antiox (miloddan avvalgi 242-187 yy.) ko`shinlarini tor-mor keltirib, Salavkiylar xukmronligiga kakshatkich zarba berdilar. Bu xol Yunon-Baktriya, ayniksa Parfiyaning kuchayishiga yo`l ochib berdi.
Miloddan avvalgi II asrning 40-yillarida Parfiya butun Eron va Mesrpotamiyaning katta kismini o`ziga karatib olib, yirik kuldor davlatga aylandi. Poytaxt Ekbatana (Xamadon)dan evfrat bo`ylariga, xozirgi Bagdod yonida joylashgan Ktesifonga ko`chirildi.
Taxminan o`sha vaktlarda Yunon-Baktriya davlati xam o`z chegaralarini birmuncha kengaytirib oldi. Evfidem, Demetriy va Eakradit zamonida So`gdiyona, Baktriya, Araxosiya (xozirgi Afgonistonning Garbiy kismini o`z ichiga olgan xudud) va Ariya (xozirgi Afgonistonning markaziy kismi), boshkacha so`z bilan aytganda xozirgi O`zbekiston, Tojikiston, Eronning sharkiy kismi xamda Afgonistonning katta kismi Yunon-Baktriya davlati tarkibiga kirar edi.
Lekin, Yunon-Baktriyaning ichki axvoli u kadar mustaxkam emas edi. Maxalliy xalk bilan yunon-makedoniyalik xokimlar o`rtasidagi ziddiyat tobora chukurlashib bordi, chet el boskinchilariga karshi ko`zgolonlar kuchaydi. Xalk xarakati, ayniksa, So`gdiyonada keskin tus oldi. Natijada miloddan avvalgi II asr oxirlari va I asr boshlarida So`gdiyona mustakillikni ko`lga kiritishga muvaffak bo`ldi. Yunon-Baktriya imperiyasining boshka o`lkalarida xam mustakillik uchun kurash kuchaydi.
Kadimdan Shimoliy Xitoyda istikomat kilib kelgan xunnlar miloddin avvalgi II asr oxirlarida xitoylar tayziki ostida garbga karab chekinishga majbur bo`ldilar va Sharkiy Turkiston xamda ettisuv voxasida ko`chib yurgan skif (xitoy manbalarida yuechji, antik adabiyotda toxarlar nomi bilan mashxur) va usun` kabilalarini surib chikardilar. Okibatda yuechji (toxar) va usunlar So`gdiyona va Baktriya xududiga ko`chib o`tdilar va bu erda saklar va boshka maxalliy kabilalar bilan ko`shilib, avval So`gd, milodning taxminan 128-yili Yunon-Baktriya davlatiga karam boshka o`lkalarni xam to Ind daryosigacha istilo kilishga muvaffak bo`ldilar.
Shunday kilib, Yunon-Baktriya davlati o`rnida yuechjilar (toxarlar) davlati tashkil topti. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan mashxurdir. Kushonlar davlatiga xozirgi O`zbekistonning katta kismi, Afgoniston, Shimoliy Xindiston va Pokistonning shimoliy-garbiy kismi karagan bo`lib ayniksa Kanishka va uning taxt vorisi Xuvishka xukmronlik kilgan yillari kuchaydi. Lekin milodning 11 asri o`rtalarida bu davlatning xam inkirozi boshlandi va 1U asrga kelib mayda davlatlarga bo`linib ketdi.
Yurtimiz xududida xukm surgan kadimiy davlatlardan yana biri Kang va Fargona (Parkana)dir.
Kang davlati tarkibiga Buxoro, Shaxrisabz, Kattako`rgon, Toshkent viloyati va Xorazmning shimoliy kismi kirgan. Davlat tepasida jabgu (xitoy manbalarida chaovu) turgan.
Miloddin avvalgi 11-1 asrlarda Fargonada xam mustakil davlat bo`lgan. Xitoy manbalarida keltirilgan ma`lumotlarga karaganda, Fargonada xunarmandchilik, ayniksa dexkonchilik rivoj topgan kadimiy mamlakat bo`lib, uning 70ga yakin katta-kichik shaxarlari Kuba-Kuva, Gaushan-O`zgan, Ershi – Marxamat, Go`y-Shan` –Koson va boshkalar bo`lgan. Maxalliy xalk dexkonchilik va bogdorchilik bilan shugullangan, arpa, bugdoy, sholi, beda, uzum, anor, poliz ekinlari va boshkalarni etishtirgan.
104-101 yillar orasida Xitoy ko`shinlari Fargonaga ikki marta bostirib kirdilar. Birinchi yurish 104 yili xitoy ko`shinlarining tor-mor keltirilishi bilan tugadi. Ikkinchi marta 101 yili 60 000 kishilik xitoy ko`shini Fargonaning yirik shaxarlaridan Ershini (xozirgi Andijon viloyatiga karashli Marxamat kishlogi o`rnida bo`lgan) kamal kildilar. Lekin shaxarni ola olmadilar, sulx tuzib va ozgina o`lpon 3000 bosh ot olib kaytib ketishga majbur bo`ldilar.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə