Тарихий манбашунослик


Foydalanilgan adabiyotlar royxati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə22/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Foydalanilgan adabiyotlar royxati.
1. I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat engilmas kuch”-T., 2008.
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T.: «O`kituvchi». 2001.
3. O`zbekiston tarixi. R.X.Murtazaeva taxriri ostida.-T.: 2003.
4. Sa`dullaev A.S. Kadimgi O`zbekiston tarixi manbalardan.-T.: 1996.
5. Tolstov S.P. Kadimgi Xorzm madaniyatini gullab.-T.: 1964.
6. Beruni. Kadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar.
7. Rtveladze E.V. Velikiy shelkoviy put.-T.: 1999.


Muxim siyosiy vokealar. V-VI asrlarda O`zbekiston tarixi eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan boglikdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik kazishlar bergan ma`lumotlarga karaganda, Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir.
Eftaliylar juda katta xududda o`z xukmronliklarini o`rnatdilar. Ularning davlatiga Sharkiy Turkistondan Kaspiy bo`ylarigacha bo`lgan erlar karar edi. Eftaliylar milodning 457-yilida Chaganiyon, Toxariston va Badaxshonni bo`ysundirishga muvaffak bo`ldilar. Eron shoxi sosoniy Piruz (459-484 yy.) Eftaliylarga karshi uch bor ko`shin tortti, lekin uning barcha yurishlari maglubiyat bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga o`lpon to`lab turishga majbur bo`ldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan ko`p vakt o`tmay, Sharkiy Turkistonni xam bo`ysundirishga muvaffak bo`ldilar.
Eftaliylar Turon, Eronning sharkiy tumanlari, Afgoniston, Shimoliy Xindiston xamda Sharkiy Turkiston ustidan xukm yurgizdilar.
563-567- yillari turk xokoni Istemi (Dizovul) Eron xukmdorlari bilan ittifok tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga karashli erlarni bo`ysundirishga muvaffak bo`ldi. Natijada Turk xokonligi Amudaryo va Orol dengizigacha cho`zilgan o`lkalar ustidan o`z xukmronligini o`rnatdi. U1 asrning uchinchi choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Tsi davlatlarini xam bo`ysundirdilar, 576 yili Bosporni (Kerch`) egaladilar, 581 yili esa Xersonni kamal kildilar.
VI asr o`rtalariga borib Turk xokonligi zaminida ilk katta er egaligi munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir katorda o`zaro urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) xukmdorlari ustalik bilan foydalandilar. Okibatda Turk xokonligi ikki kimga – Sharkiy va Garbiy turk xokonligiga bo`linib ketdi.
Sharkiy turk xokonligi Markaziy Osiyoda xokon Shibi davrida (609-619- yy.) Suy imperiyasi bilan ko`p urushdi va o`z mustakilligini saklab koldi. Xokon Xelu (620-630- yy.) davrida xam bu kurash davom etdi. O`sha yillari turklar Xitoyga 67 marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliklar ko`paydi, mexnatkash xalkning axvoli ogirlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharkiy Turk xokonligi ustidan o`z xukmronligini o`rnatilshga muvaffak bo`ldilar. Lekin ko`p o`tmay, turklar Xitoy istibdodiga karshi ko`zgolon ko`tardilar. Bunga dastlab Eltarish koon (Kutlug koon), keyinchalik esa uning maslaxatchisi To`nyukuk boshchilik kildilar. Natijada 681 yili Garbiy turklar yana mustakillikni ko`lga kiritdilar. Xokon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar natijasida Garbiy turk xokonligi mayda kismlarga bo`linib ketdi va keyinchalik uning o`rniga Uygur xokonligi tashkil topdi.
Garbiy turk xokonligi xarbiy siyosiy jixatdan birmuncha kudratli edi. U11 asrning o`rtalarida unga Sharkiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bo`lgan erlar karardi. Uning ijtimoiy-siyosiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjo`y, Buxoro, Samarkand, Choch, Ispijob kabi shaxarlarning o`sishi va Xitoy, Eron xamda Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotik xam sabab bo`ldi. Manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga karaganda, Garbiy turk xokonligi poytaxti Suyabda xar yili katta yarmarkalar tashkil etilib, unda ko`pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar xam katnashgan.
Garbiy turk xokonligining xalki xokon Shabolo Xilishi xukmronligi yillari 10 toifaga bo`lingan. Masalan, Chu daryosining o`ng tarafida istikomat kiluvchi xalklar Nushibi (5 toifa), daryoning so`l soxilida istikomat kiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb atalgan. Ko`p o`tmay bu toifalar o`zlarining mustakil davlatini tuzib oldilar. Bu o`zaro feodal kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy ko`shinlari bundan foydalanib, 658 yili Garbiy turk xokonligi erlariga bostirib kirdilar, lekin uni tamoman bo`ysundira olmadilar. Xokon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga muvaffak bo`ldi. Birok katta er egaligi, o`zaro kurashlar va shimoldagi ko`shni xalklar, xususan korliklarning xurujlari natijasida xokonlik inkirozga yuz tutdi. VIII asrning ikkinchi yarmida xokimiyat tamoman korliklar ko`liga o`tdi. Ular 766 yili Suyabni bosib oldilar va uni o`z poytaxtlariga aylantirdilar.
Garbiy turk xokonligi markazlashmagan davlat bo`lib, 15ga yakin mustakil xokimliklardan, So`gdda yuechji xalkidan chikkan jabgu, Buxoroda maxalliy buxorxudot, Fargonada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi.
Xokonlik tarkibiga kirgan xalklar bir kismi So`gd, Xorazm, Toxariston, Fargona dexkonchilik, shaxar axolisi xunarmandchilik va savdo-sotik bilan, uning togli va cho`l tumanlarida istikomat kiluvchi katta kismi esa chorvachilik bilan shugullangan.
Arablar istilosi arafasida O`zbekiston mayda-mayda davlatlardan iborat edi. Shark va xitoy tillarida yozilgan manbalar ma`lumotlariga karaganda VIII asr boshlarida yurtimizda 15 yakin mustakil davlatlar bo`lib, bularning eng kattasi Xorazm, So`gd, Buxoro, Chagoniyon, Toxariston, Ustrushona, Choch va Fargona xisoblangan. Ularning podshoxlari jabgu (knyaz`), xudot, ixshid va ispaxbed deb atalardi.
Arablar O`zbekiston xududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar. Boskinchi ko`shinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydullox ibn Ziyod boshchilik kilar edi. O`shanda ular Poykent va Buxoro shaxarlari xamda ularning tevarak-atrofidagi tumanlarni talon-taroj kildilar va katta o`lja (1 mln dirxam pul, 4000 asir va boshkalar) bilan kaytdilar. Bundan keyin xam arablar O`zbekiston ustiga ko`p marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar.
705 yildan boshlab arablarning O`zbekiston ustiga istilochilik yurishlari kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Kutayba ibn Muslim (715 yili xozirgi Andijon viloyatining Jalolkuduk tumanida, xozirgi Shurunch mozor, aslida Kilich mozor temir yo`l bekati yonida o`ldirilgan) boshchilik kildi.
Arab ko`shini 706 yili Omul (Chorjo`y), Zamm (Karki), Buxoro xamda Poykent shaxarlarini, 709 yili esa Buxoroning mustaxkam kal`alaridan Shofurkom (Vardanza)ni, 710 yili esa Kesh va Nasafni zabt etdi. Buxoro, So`gd, Vardanza va Fargona xukmdorlari turklar bilan ko`shilib arab istilochilariga karshi ittifok tuzishga xarakat kildilar, lekin o`zaro kelishmovchiliklar va ishtiloflar ittifokning mustaxkamlanishiga yo`l bermadi. Kutayba bundan ustalik bilan foydalandi va ular bilan birma-bir kurashda galaba kozondi.
712 yili Kutayba o`zaro ichki kurashlardan foydalanib xiyonatkorona tarzda Xorazmni xam bo`ysundirdi. Samarkand podshoxi Gurak (710-737-yy.) bilan tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarkand va So`gdiyona xalki arablarga xar yili 2 million 200 ming dirxam mikdorida o`lpon to`lash va arab ko`shiniga 100 ming kishi to`plab berishga majbur etildi. 713-715 yillari Kutayba Choch (Toshkent) xamda Fargona viloyatlarini, shuningdek ettisuv va Koshgargacha bo`lgan erlarni bosib oldi.
Arab istilosi O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy tarakkiyotiga katta zarar etkazdi, ko`plab katta va boy shaxarlarning kuli ko`kka sovurildi, ming-minglab kishilarning “yostigi kuridi”, Marv, Buxoro, Samarkand va Xorazm kutubxonalarida saklanayotgan juda ko`p noyob asarlar yo`k kilindi.
Arab istilochilari maxalliy xalklarni xam majburan islom diniga kiritdilar, mexnatkashlar zimmasiga ogir soliklar va jarimalar – xiroj, jizya, zakot yuklatildi, axolining yarim mulki arab ko`shini foydasiga musodara kilindi.
O`zbekiston xalklari arab istilochilari zulmiga karshi bir necha bor ko`zgolon ko`tardilar. VIII asrning o`rtalarida bo`lgan Isxok turk ko`xgoloni, 769-776- yillari butun Movarounnaxrni larzaga solgan Mukanna (783 yili o`ldirilgan) boshchiligida bo`lib o`tgan ko`zgolon, 806 yili Rafi` ibn Lays boshchiligida So`gdda bo`lib o`tgan dexkonlar ko`zgoloni shular jumlasidandir.
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalklarning iktisodiy va madaniy tarakkiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jixatdan bir xil emasligi, ular o`rtasidagi iktisodiy va madaniy alokalarning zaifligi, ayniksa, er-suv va boylikning tobora maxalliy boshliklar ko`lida to`plana borishi va nixoyat, maxalliy axoli va boskinchilar o`rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi xalk xarakatlari va o`zaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu xol, o`z navbatida, arab xalifaligining inkirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning zaminida mustakil maxalliy davlatlar paydo bo`ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Toxiriylar (821 y.), Seistonda Safforiylar (867 y.) va nixoyat, Movarounnaxrda Somoniylar (819 y.) xokimiyat tepasiga keldilar. Boshka o`lkalarda xam shunday axvol yuz berdi. Kiskasi, 935 yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda o`z siyosiy mavkelarini tamoman yo`kotdilar va nomigagina xalifa bo`lib koldilar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə