Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə18/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Pompey Trog ( milodgacha 1-milodning 1 asrlari o`rtasida yashab o`tgan) – “Filipp tarixi” asari bilan mashxur bo`lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshoxlari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddin avvalgi 63 – milodning 14-yili) davrigacha bunyoda bo`lib o`tgan vokealarni bayon kiladi, lekin asosiy e`tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp 11 (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va Iskandar Zulkarnayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga karatilgan.
Mazkur asarning kimmati shundaki, u bir talay noma`lum kitoblarga suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo`lishi va tarixini keng yoritib bergan. Muximi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-okibatda inkirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni xarakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taklir deb xisoblagan.
“Filipp tarixi”da skiflar, Baktriya, Iskandar Zulkarnayn davrida Baktriya va So`gdda kurilgan shaxar va katta imoratlar, Iskandar Zulkarnayn vafotidan keyin yuz bergan vokealar, parfiyaliklarning kelib chikishi, ularning urf-odatlari, Parfiya podsholigini tashkil topishi, Baktriya, Parfiya va Midiyaning o`zaro munosabatlariga oid muxim ma`lumotlar mavjud.
Pompey Trogning bu asari Yustin (11-111 asr) tarafidan kiskartirilib kayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha etib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili chop kilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-sonlarida bosilgan.
Arrian Flaviy (taxminan 95-175-yy.) – yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geograf olimi, asoi Kichik Osiyoning Nikomadiya shaxridan. U “Iskandar xakida”, “Parfiyaliklar xakida”, “Xindiston” va 7 jildlik “Iskandarning yurishlari” nomli kitoblar muallifidir.
O`zbekiston va Eronning kadimiy tarixini o`rganishda Arrianning “Iskandarning yurishlari” nomli asari muxim axamiyat kasb etadi. Unda fotixning O`zbekiston, Eron xududlari va boshka mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon kilingan.
Asar panegrizm-maddoxlik ruxida yozilgan – muallif Iskandar Zulkarnayn va uning faoliyatini ko`klarga ko`tarib uluglaydi. U ko`pgina ko`lyozma manbalar va rasmiy xujjatlar asosida yozilgan bo`lib, mavzu bo`yicha muxim va asosiy manbalardan xisoblanadi.
Arrian Flaviyning “Iskandarning yurishlari” asari nemis (Myuller, Leyptsig, 1886 y.) xamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 y. va M.e.Sergeenko, M.-L., 1962 y.) tillarida nashr etilgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə