Тарихий манбашунослик


Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan o`rni



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə32/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan o`rni
Arab xalifaligining siyosiy, iktisodiy va xarbiy kudratining zaiflashuvi va maxalliy xokimlarning kuchayishi asta-sekin markaziy xukumat nomigagina Bagdodda bo`lib, uning o`lkalardagi noiblari deyarli mustakil davlatlar sifatida faoliyat ko`rsata boshladilar. Bu esa madaniyat, ilm-fan soxasiga katta ta`sir o`tkazdi.
Nomigagina xalifalikka karam mamlakatlarida avval oddiy xalk orasida, asta-sekin ldimdar va davlat ayonlari va raxbarlari orasida arab tili bilan fors va turkiy tillarining iste`mol etilishi, keyincha arab tili din va diniy bilimlar tiliga aylanib, ayniksa she`riyat va tarixda forsiy va turkiy tillar ma`lum mavkega ega bo`lib, ularda ilmiy, badiiy va tarixiy asarlar yaratildi, davlat xujjatlari yuritila boshlandi. Bora-bora forsiy til davlat tili darajasiga ko`tarilib, bu tilda juda katta xududda badiiy va tarixiy asarlar yaratildi.
Masalan, Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlari, Mirzo Ulugbek raxnamoligi va ishtirokida bitilgan “Tarixi ulusi arba`” (“To`rt ulus tarixi”), Muxammad Mirxondning “Ravzat us-safo” (“Jannat bogi”), Mirzo Xaydarning “Tarixi Rashidiy” va boshkalar forsiy tilda bitildi. Movarounnaxrda forsiy va turkiy til doimo yonma-yon iste`mol etilar edi.
Bizning tariximizga oid salmokli tarixiy manbalar avval arab tilida yaratilgan bo`lsa, ayniksa davlat raxbarlari yoki xokimlar arab bo`lganlarida, keyincha forsiy tilda bitildikim, bu til ilmiy doiralar, madrasa va maktablarda umumiy tarakkiyot darajasini belgilovchi zarurat sifatida o`rgatilar va XIX oxirigacha, ziyoli oilalarda vrvb tili din va “Kuro`ni karim” tili sifatida, she`riyat va boshka soxalar uchun forsiy va lna turkiy tillari iste`foda etilar edi.


Fors tilidagi tarixiy manbalar
“Buxoro tarixi” “Tarixi Narshaxiy” va “Taxkik ul-viloyat” (“Buxoro viloyati taxkiki”) nomlari bilan mashxur bo`lgan bu asarda Buxoro va kuyi Zarafshon voxasida joylashgan shaxar va kishloklarning jo`grofiy xolati, axolisining VII-X asrlardagi ijtimoiy-siyosiy xayotini aks ettirgan kimmatli tarixiy manbadir.
Kitob muallifining nomi kiskacha Narshaxiy (899-959 yy.) deb ataladi. Uning to`lik ismi Abu Bakr Muxammad ibn Jaxfar ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik bo`lib, X asrda ijod kilgan buxorolik ymrmk tarixchi sifatida mashxurdir. Tarixchi Sam`oniyning ma`lumotiga karaganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (xozirgi Vobkent yonida) kishlogidan. Narshaxiy o`z asarini 944 yili yozib tugallagan.
“Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy yozgan arab tilidagi asli saklanib kolmagan. Asar 1128 yili fargonalik (Kuva shaxridan) Abunasr Axmad ibn Muxammad ibn Nasr al-Kubaviy tarafidan ilk bor kiskartirilib forsiy tilga tarjima kilingan. Oradan taxminan 50 yil o`tgach, 1178 yili kotib Muxammad ibn Zufar ibn Umar“Buxoro tarixi” tomonidan ikkinchi marta taxrir etildi.
Shuni xam ko`rsatish lozimki, “Buxoro tarixi” asarining bizgacha etib kelgan nusxalarida 1178-1220 yilgi vokealar bayoni uning tarkibiga kiritib yuborilgan. Shunga karaganda, Narshaxiyning asari uchinchi marta noma`lum muxarrir tomonidan to`ldirilgan ko`rinadi.
“Buxoro tarixi” O`zbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu erda islom dinining tarkatilishi xamda mamlakatning Somoniylar xukmronligi yillaridagi tarixini bayon etadigan noyob manbadir.
Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda Parij, Buxoro va Texronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o`zbek tillariga (1897, 1954, 1966 yillari) tarjima kilingan.
Xudud ul-olam” fors tilida yozilgan (982 y.) birinchi jugrofiy xarakterdagi asardir. Kitobning to`la nomi “Xudud al-olam min Mashrik ila-l Magrib”dir( “Sharkdan Garbga karab joylashgan mamlakatlarning chegaralari”). Asar muallifi noma`lum. U Guznono (Afgonistonning sharki-shimoliy kismida joylashgan kadimiy viloyat) xokimlaridan (Faruginiylar) biriga atab yozilgan. Kitobning yagona ko`lyozma nusxasi sharkshunos A.G.Tumanskiy (1861-1920 yy.) tomonidan 1892 yili Buxoroda topilgan.
“Xudud ul-olam” asari mukaddima va 59 bobdan iborat. Uning 1-7 boblarida erning tuzilishi, dengizlar, orollar, toglar, daryolar, cho`lu biyobonlar xamda dunyoning inson yashaydigan to`rtdan bir kismi – rub`i maskun va unda istiklmat kiluvchi xalklar, rub`i maskunning mamlakat xamda viloyatlariga taksimlanishi xakida umumiy muloxaza yuritiladi.
8-59-boblarida sharkdan garbga karab joylashgan mamlakatlar, ularni xalki, o`sha mamlakatlarda ishlab chikariladigan asosiy matolar, ayrim o`rinlarda esa savdo-sotikning umumiy axvoli xususida so`z boradi.
“Xudud ul-olam” asarida O`zbekistonning shaxarlari, axolisi va ularning mashguloti xakida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz.
Asarning matni aynan (fotomatni) faksimilesi, kirish va zarur izoxlar bilan birga, 1930 yili V.V.Bartold tarafidan, inglizcha tarjimasi esa (tadkikot va izoxlar bilan birga) 1937 yili V.F.Minorskiy tarafidan nashr etilgan. Uning forscha matni ikki marta (M.Sotude va sayyid Jaloluddin Texroniy tarafidan) Eronda chop etilgan. 1983 yili asarning tojikcha nashri amalga oshirilgan. Ushbu kitob fors tilidagi ilk tarixiy-jugrofiy manba sifatida juda kimmatli asar xisoblanadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə