Shaxs ijtimoiylashuv jarayonining psixologik tavsifi.
NamDU, Psixologiya kafedrasi dotsent v.b.
Akbarov Soxodilla Yuldashboyevich
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada shaxslararo munosabatlarda shaxsning va
unga nisbatan bo`layoygan munosabatlarda ijtimoiylashuv jarayoninig psixologik
tavsifi xaqida yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Shaxs,ijtimoiylashuv, jamiyat, indvid, makro, mikro muxit, ong.
KIRISH
Bugungi kunda shaxsning ijtimoiylashuvi o’ziga xos jarayon sifatida, shaxsning
hayoti va faoliyatida o’z aksini topadi. Bolaning mustaqil hayotga qadam qo’yishi,
uning ijtimoiylashuvi, shaxsning jamiyat hayotiga, uning ijtimoiy ta`sirlariga
moslashishi, uning ijtimoiy voqelikni bilish va anglash faoliyatiga bo’lgan muhim
ehtiyoji sifatida paydo bo’ladi.
1
Shu bilan birga, bolada yana bir zarur hayotiy ehtiyoj, ya`ni har bir shaxsda o’ziga
xoslikni, alohidalikni namoyon etish hissi ham shakllanadi.
Bola o’z “Men”ini ro’yobga chiqarish uchun turli usullar va vositalarni qidira
boshlaydi va shu orqali uning shaxsiy sifatlari shakllanadi.
Shaxsning alohida psixologik, o’ziga xos xislatlari, faqat o’ziga tegishli bo’lgan
ijtimoiy faoliyatda namoyon bo’ladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas
jihatlarga ega bo’lib boradi.
Bolaning shaxs sifatida ulg’ayib, ijtimoiy rivojlanishi o’zaro bir-biriga bog’liq
bo’lgan ikkita yo’nalishda olib boriladi:
-moslashuv (ijtimoiy-madaniy va tarixiy tajribalarni o’zlashtirish);
-individuallashiv (mustaqillik, nisbatan o’ziga xoslikka ega bo’lish).
Ijtimoiylashuv tushunchasi
zamonaviy ilm-fanda inson shaxsining jamiyat
1
Каримова В.М.Ижтимоий психология.Т. Фан ва технология нашриёти. 2012.
67
hayotiga moslashishi va individuallashishi(o’ziga xoslikning ifodalanishi) kabi
jarayonlarini o’zaro bog’lab turadi.
Shaxsning muayyan bir jamiyatdagi ijtimoiy shart-sharoitlarga moslashuvi va
o’zini alohida olingan shaxs sifatida tasavvur qilishi ijtimoiylashuv jarayonining
asosiy mazmunini tashkil qiladi. Moslashshish sub’ekt va uni o’rab turgan ijtimoiy
muxitning o’zaro faol yaqinlashuvi natijasi xisoblanadi.
Ijtimoiy moslashuv jamiyatdagi mavjud ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan vositalar
orqali amalga oshiriladi:
-
bolaga g’amho’rlik qilish usullari;
-
maishiy va gigienik yurish-turish qoidalari;
-
insonni o’rab turuvchi moddiy va ma`naviy ne`matlar;
-
madaniyat mahsulotlari;
-
shaxslararo muloqot va muomala usullari;
-
oilada rag’batlantirish va jazolash uslublari;
-
shaxslararo o’zaro munosabatlar;
-
faoliyat turlari: o’yin, amaliy faoliyat, sport faoliyati.
Har bir jamiyatda ijtimoiy guruhlar uchun turli-tuman ijtimoiy normalar va
ta`qiqlashlardan iborat chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, shu orqali inson xulq-atvori
ushbu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bolaning shaxs sifatida jamiyatga qo’shilishi, ya`ni ijtimoiylashuvining yetakchi
vositalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Ota-ona, o’z tengdoshlari va pedagog-murabbiylar bilan o’zaro muloqot, faoliyat
turlari(o’yin va o’quv faoliyati, ijodiy faoliyat, sport faoliyati)ni egallash.
Shaxsning ijtimoiylashuvi bolalar, o’smirlar, o’spirinlarning ruhiy rivojlanishi va
shaxs sifatida voyaga yetishiga ta’sir ko’rsatuvchi ko’p sonli shart-sharoitlar
zamirida yuzaga keladi.
Ijtimoiylashuv jarayoniga tashqi va ichki omillar ta`sir etadi:
Tashqi omillar:
- megaomillar(mega-ulkan) - koinot, butun yer sharidagi jarayonlar.
- makroomillar(makro-katta) - davlat va jamiyatdagi demografik, ijtimoiy-siyosiy,
madaniy va ekologik omillar.
- mezoomillar(mezo-o’rta) – muayyan hudud va yashash joyidagi ommaviy aloqa
tarmoqlari, muayyan guruhlarning ijtimoiylashish shart-sharoitlari.
- mikroomillar(mikro-kichik) – alohida shaxslarga ta’sir qiluvchi omillar
tizimi(oila, mahalla maskanlari, tengdoshlar guruhi, ta`lim va tarbiya
muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlari).
Ijtimoiylashuv shaxsning butun hayoti davomida kechadigan ko’p qirrali
jarayondir, u ayniqsa bolalik va o’smirlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan
68
kechadi, chunki aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar o’zlashtiriladi.
Bolaning ijtimoiylashuvida, ijtimoiy intizom va tartib, madaniyatning mufassal
ko’rinishi bo’lgan jamiyaning muhim o’rni bor.
Yirik fransuz psixologi Anri Vallon(1879-1962) bola psixikasining rivojlanishini
marksistik nuqtai-nazar orqali tahlil qiladi. Uning asosiy g’oyalari “Bolaning
psixik rivojlanishi”(1941), “Harakatdan to fikrlashgacha”(1942), “Bola tafakkuri
manbalari”(1945) kabi tadqiqot ishlarida bayon etilgan.
2
Vallonning ko’rsatishicha bola psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi,
bola yashab turgan muxitning murakkablashib borish jarayoni va unda bolaning
o’zaro birgalikdagi faoliyati xisoblanadi. Bolaning psixik rivojlanishiga ta`sir
ko’rsatuvchi shart-sharoitlardan, insoniyat tomonidan yaratilgan buyumlar va
odamlarning xulq-atvori hamda ularning munosabatlari muhim ahamiyatga ega.
Dastlab bola psixikasi uchun tashqaridan kelayotgan ta`sirlar muhim o’rin
egallaydi, so’ngra psixik rivojlanish ko’proq ichki shart-sharoitlarga bog’liq bo’lib
boradi. O’z navbatida psixik rivojlanish bola faoliyat olib borayotgan sharoitning
murakkablashib borishiga ham uzviy aloqadorlik kasb etadi.
Anri Vallonning ta`kidlashicha, bola psixik rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy
natija, bolaning shaxs sifatida ulg’ayishi xisoblanadi.
Rivojlanish bir bosqichdan ikkinchi bosqichga sifat o’zgarishlari bilan o’tadi,
o’tish jarayonlari inqirozli xolatlar bilan kechadi.
Vallon o’z ilmiy ishlarida ruhiy taraqqiyotga ta`sir etuvchi biologik va ijtimoiy
omillarnig o’zaro munosabati masalasiga ham alohida to’xtalib o’tadi hamda
bolaning psixik rivojlanishi insoniyat taraqqiyotining qayta takrorlanishi deb
xisoblaydigan nazariyalarni tanqid ostiga oladi.
Neofreydizm oqimi vakillaridan biri E.Fromning ishlari kapitalistik dunyo
ziyolilari o’rtasida katta ommaviylikka erishdi.
E.Fromm 1933-yilda AQSHga ko’chib o’tib, Chikago psixoanaliz
institutida, so’ngra 1951-yilda Meksikada ishlaydi. Freyd tomonidan xulqining
yagona dvigateli (xarakatlantiruvchi kuchi) biologik kuchlar deb baholangan
bo’lsa, Frommning uqtirib o’tishicha, hamma uchun umumiy bo’lgan ochlik,
tashnalik, jinsiy mayllar kabi ayrim ehtiyojlar mavjud, lekin odam xarakteridagi
farqlarni yaratuvchi ehtiyojlar: sevgi va nafrat, xokimiyatga intilish va unga
bo’ysunish, xissiy qoniqishdan rohatlanish va undan qo’rqish - ijtimoiy jarayonlar
xosilasidir.
Odamning nafis, go’zal va bebosh tuyg’ulari unga tabiatan
2
Курс общей, возрастной и педагогической психологии. Выпуск 3.Под ред. М.В.Гамезо. М.
«Просвещение». 1982.
69
berilmagan, balki odamning o’zini kashf etuvchi ijtimoiy jarayon natijasidir.
Odam jamiyatning bir bo’lagi, lekin u bilan uyg’unlikda yashay olmaydi,
chunki uning o’zi aloxida bir jonzotdir.
E.Fromning ko’rsatishicha, Evropa sivilizatsiyasi tarixida o’rta asrlar
ijtimoiy xavfsizlik va birdamlik davri sanaladi: har kim ijtimoiy tizimda o’z o’rnini
biladi va hech kim yolg’izlikni, boshqalardan ajralib qolishni xis qilmagan.
Renessans va reformatsiya(uyg’onish va islohotlar davri) o’rta
asrlardagi stabillik(ma’rom)ni izdan cniqardi. Odam erkinlikni qo’lga kiritdi,
ammo ijtimoiy xavfsizligini boy berdi, individning boshqalariga bogliqligi o’ta
kuchaydi, uni qanday qabul qilishlari muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Dostları ilə paylaş: |