Shaxs ijtimoiylashuv jarayonining psixologik tavsifi. NamDU, Psixologiya kafedrasi dotsent V b. Akbarov Soxodilla Yuldashboyevich



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix27.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#113444
1   2   3   4   5
6423c7c07074c Akbarov 2

Ijtimoiy-psixologik moslashuv
ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga qadam 
qo’yishi, ijtimoiy normalarni egallashi, ko’nikishi va moslashishi orqali orttirgan 
tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko’rinishidir. 
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs jamiyatdagi ijtimoiy normalarni 
o’zlashtiradi, turli rollarni bajarishga o’rganadi, jamoatchilik sharoitida o’zini 
tutish ko’nikmalarini hosil qiladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi uning ijtimoiy 
ta`sirlarni qabul qilishi, ijtimoiy borliqni bilishi va anglashiga asoslanadi.
4
Ijtimoiylashuv manbalari
ga quyidagilar kiradi: 

Bolalik davrida orttirilgan tajriba – bu jarayon psixik funktsiyalarning 
shakllanishi va dastlabki ijtimoiy xulq normalarining namoyon bo’lishi 
bilan parallel ravishda kechadi; 

Ijtimoiy institutlar – ta’lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy o’quv 
yurtlari va undan yuqori pog’onalardagi ta’lim olishga imkon beruvchi 
maskanlar, mehnat jamoalari shular jumlasidandir; 

Muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta’siri. Bu 
o’rinda ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari 
bilan muloqoti, muomala maromlari nazarda tutiladi. 
Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro’y beradigan shart-sharoitlarini ijtimoiy institutlar 
deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy davlat 
muassasalari (bog’cha, maktab, maxsus ta’lim o’choqlari, oliygohlar, mehnat 
jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi. 
Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o’ziga xosdir, 
insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq-atvor namunalari aynan oilada, 
oilaviy munosabatlar tizimida shakllanadi.
Oilaviy ijtimoiylashuv va uning o’ziga xosligi: 
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri 
va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, 
4
Каримова В.М.Ижтимоий психология.Т. Фан ва технология нашриёти. 2012. 
73 


jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o’ziga yarasha sifat va fazilatlarni 
shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sog’ va 
salomat shaxs bo’lib yetishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Oila va uning sog’lom 
ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o’ziga o’xshash shaxslar bilan 
murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo’lish, muomalada 
ahloq-odob normalariga bo’ysunishga o’rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
 
Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik 
yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko’rsatadiki, 
oqibatda bola avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi.
5
Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo’lsa, uning ta’siri ham shunchalik 
ijobiy va samarali bo’ladi, bunday oilada milliy va ijtimoiy qadriyatlar, qonun-
qoidalar va ahloq me’yorlari hurmat qilinadi. Oila bu kichik jamiyat, jamiyatning 
kichiklashgan andozasi, oila mustahkam bo’lsa, jamiyat ham mustahkam bo’ladi. 
Mustaqil Vatanimizda oila qo’rg’oni qadrlanadi, nikoh muqaddas rishta sifatida 
e’zozlanadi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yurtimizda oila institutini 
mustahkamlash, yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol bo’lib voyaga yetishini 
ta’minlashga qaratilgan farmonlar va qarorlar, unda ko’zda tutilgan vazifalarning 
bajarilishi oilaviy ijtimoiylashuvning samaradorligini ta’minlaydi.
Bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatuvchi bir 
qator ijtimoiy omillar mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan 
keng ko’lamdagi islohotlar, davlatning yoshlarga oid siyosati, ta’lim muassasalari, 
oila, maktab va mahallaning o’zaro hamkorligi kabi bir qator jarayonlar ushbu 
masalaning mazmuni va mohiyatini belgilaydi.
Oila muhitining o’zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga 
aloqador bo’lib qolishi mumkin. Bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir 
ko’rsatuvchi quyidagi omillarni ko’rsatish mumkin: 

ota-onalar o’rtasida murosaning yo’qligi, oilaviy o’zaro 
munosabatlarni mustahkamlash borasida aniq belgilangan 
ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi; 

ota-onalarning ruhiy nosog’lomligi va qonunbuzarligi; 

yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to’laqonli 
o’sishi, 
dars 
tayyorlashi, 
jismonan 
chiniqishi 
uchun 
sharoitlarning yetarli emasligi; 

maktab sharoitining talab darajasida emasligi; 

mahalla xududida oila obro’sining yaxshi emasligi, notinch, 
noqobil oila maqomiga egalik; 

, jumladan, Internet tarmog’i orqali bola ongiga yetib kelayotgan 
74


turli ma’lumot, ig’vo, uydirma, mish-mish, oila qadriyatlariga zid 
axloq namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola 
ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan ijtimoiy omillar 
jumlasidandir. 
Xalqimizda «Qush uyasida ko’rganini qiladi» degan maqol bor, ya’ni, shaxsiy 
sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu jamiyatdagi boshqa guruhlar 
ta’siri ostida sayqal topib, takomillashib boradi.
Bizning o’zbek millatiga xos bo’lgan eng qadimiy, milliy qadriyatlarimizdan biri 
har bir oilaning mahalla bilan o’zaro yaqinligi, qadrdonligi sanaladi.
Oila bilan bir qatorda 
mahalla
ham ulkan tarbiya, ibrat maskani, ijtimoiylashuv 
o’chog’i sifatida muhim o’rinni egallaydi. Ayrim mahallalarda tongda turib 
ko’chalarni supurish, suv sepish odatga aylangan bolib, hamma ko’cha ozodaligiga 
rioya etadi va barcha oilalar udumni buzmaydilar. 
Shunga o’hshash normalar tizimi har bir ko’cha-mahallaning bir-biridan farqi, 
afzallik va kamchilik tomonlarini belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta 
bo’layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita ta’sirini ko’rsatadi. 
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o’choqlariga 
maktab va boshqa ta’lim maskanlari
kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda 
uyg’unlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta’lim 
oladigan, bola bilimlar tizimini o’zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz, shu 
bilan birga bu yer ijtimoiylashuv yuz beradigan maskandir. Umuman olganda 
ta`lim maskanidagi ijtimoiy-ma`naviy muxit e`tiborga olinadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti – bu mehnat jamoalaridir. Bu 
muhitning ahamiyati va o’ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli 
pishib qolgan, ma’lum tajribaga ega bo’lgan, hayot haqidagi tasavvurlari 
shakllangan paytda keladi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə