Shaxs ijtimoiylashuv jarayonining psixologik tavsifi. NamDU, Psixologiya kafedrasi dotsent V b. Akbarov Soxodilla Yuldashboyevich



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix27.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#113444
1   2   3   4   5
6423c7c07074c Akbarov 2

Ijtimoiylashuv sohalari: 
Shaxsning
 
egallagan mutaxassisligi, olgan bilimlari, 
ko’nikma va amaliy mehnat malakalari, hayotiy faoliyat uchun juda muhim bo’lib, 
shu muhitdagi ijtimoiy normalar xarakteriga ta’sir qiladi, shaxsning kimlar bilan
qanday o’zaro munosabatda ekanligi, uning qaysi muhit ta’sirida ekanligi uning 
yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining muhim mezoni sanaladi. 
 
Ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri – o’sha jamoaning qanday ekanligi, bu 
yerdagi o’zaro munosabatlar, rahbarning kimligi va uning jamoaga munosabati 
bo’lib, ko’pincha oylik-maosh masalasi ana shulardan keyin o’rganiladi. Shuning 
uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog’lom ma’naviy muhit, adolat va samimiyatga 
asoslangan munosabatlar har bir inson taqdirida katta rol o’ynaydi.
Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning o’ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya 
jarayoni aniqroq, sezilarliroq kechadi, chunki katta yoshdagi odam nafaqat tashqi
75 


ta’sirlarni o’zlashtiradi, balki o’zidagi hayotiy tajriba, bilim amaliy ko’nikma va 
malakalari bilan boshqalarga ham tarbiyaviy ta’sir etadi, shaxsiy o’rnak ko’rsatish 
imkoniyatiga ega bo’ladi.
Shu nuqtai nazaridan, keksalik davrining ijtimoiy mohiyati shundaki, ota-
bobolarimiz, onaxonlarimiz asosan o’zlaridagi mavjud ijtimoiy tajribani 
boshqalarga (farzandlar, nabiralar, mahalladagi yoshlar va hokazo) uzatish bilan 
shug’ullanadilar va bu narsa ayniqsa, sharq xalqlarida juda e’zozlanadi.
Hozirgi kundagi ijtimoiylashuv mexanizmlari yoshlarida yangicha tafakkur 
shakllanishiga, yurtga sadoqat, Vatan hissini shakllantirishga o’z xissasini 
qo’shadi. 
Shaxs ijtimoiylashuvining eng asosiy mahsuli — bu uning hayotda o’z o’rnini 
topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi faoliyatlarda ishtirok etishidir.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə