Shaxs ijtimoiylashuv jarayonining psixologik tavsifi. NamDU, Psixologiya kafedrasi dotsent V b. Akbarov Soxodilla Yuldashboyevich


Sotsiogenetik yo’nalish vakillari bolaning rivojlanishi, uni o’rab turgan



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix27.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#113444
1   2   3   4   5
6423c7c07074c Akbarov 2

Sotsiogenetik yo’nalish vakillari bolaning rivojlanishi, uni o’rab turgan 
ijtimoiy muxit ta`sirining samarasi deb xisoblaydilar.
3
 
Ushbu yo’nalishning dastlabki tarafdorlari sifatida Emil Dyurkgeym (1858-1917), 
Gabriel Tard(1843-1904), Sharl Blondel(1876-1939)ni ko’rsatish mumkin. 
Emil Dyurkgeymning fikriga ko’ra, rivojlanish orqali bola insoniyat to’plagan 
tajribalar, urf-odatlar va an`analarni o’zlashtirib boradi.
Bu jarayon, taqlid qilish orqali kechadi.
Jamiyatdagi taqlid qilish harakatlari, xuddi biologiyadagi irsiyat kabi ahamiyatga 
ega bo’lib, bola taqlid qilish qobiliyati bilan dunyoga keladi.
Sharl Blondel, Dyurkgeymning odamdagi tabiiylik va ijtimoiylik tabiatini bir-birga 
qarama-qarshi qo’yishini tanqid qiladi. Jamiyatni Blondel munosabatlar tizimi 
sifatida e`tirof etadi, jamiyat bolaning tashqi olam bilan o’zaro aloqaga kirishiga 
ko’maklashadi. Tarbiya, uning ta`kidlashicha ijtimoiy xulq qoidalarining 
mustahkam bo’lishini ta`minlab beradi. Ijtimoiy muxit ta`siri ostida nafaqat bilish 
jarayonlari, balki hissiy-irodaviy soha ham shakllanadi. 
Nemis psixologi Vilyam Shtern(1874-1938) biologik va sotsiologik 
yo’nalishlardagi bir yoqlamalikni bartaraf etishga urinib ko’rdi.
Vilyam Shtern bola psixikasining rivojlanishiga oid o’z qarashlarini “Ilk bolalik 
psixologiyasi” asarida ko’rsatib o’tadi. “Ruhiy taraqqiyot, - deb yozadi u, - tug’ma 
xislatlarning sodda tarzda aks etishi emas, shu bilan birga tashqi qo’zg’atuvchilarni 
oddiy idrok etish ham emas, balki rivojlanishning tashqi shart-sharoitlari va ichki 
imkoniyatlari “konvergensiyasi” natijasi xisoblanadi”.
Vilyam Shtern o’z qarashlarini umumlashtirib quyidagi fikrni bildiradi:
“Konvergensiya nazariyasi...bizning kelgusidagi qarashlarimiz uchun kalavaning 
uchi sifatida xizmat qiladi”. 
Ijtimoiylashuv maskanlari: 
Balog’atga yetib, ulg’ayib kelayotgan shaxsning o’zi 
yashab turgan dunyoni bilishi, o’zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni anglab 
3
Д.Б.Эльконин. Избранные психологические труды. М. Педагогика. 1989. 
70 


yetishi, tushunishi va shaxslararo munosabatlar tizimida o’zidagi takrorlanmas 
alohidalikni namoyon etishining ijtimoiy-psixologik manbalarini o’rganish, ushbu 
jarayonlarning yoshga va jinsga bog’liq ayrim jihatlarini tahlil qilish, bizga shaxs-
jamiyatning ajralmas bir qismidir degan nazariy xulosani chiqarishga imkon 
beradi. 
 
Individ, ya’ni tabiiy zot sifatida dunyoga kelgan odam bolasi tug’ilgan kunidan 
boshlab o’ziga o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy olami, 
qiziqishlari, intilishlari va qobiliyatlari ana shu ijtimoiy muhitda namoyon bo’ladi, 
chunki agar insonning ontogenetik taraqqiyot davriga e`tibor qaratadigan bo’lsak, 
odam bolasi parvarishga muhtoj holda, o’ziga o’hshash kishilar davrasiga tushadi, 
sekin-asta jismoniy, ruhiy va ijtimoiy taraqqiot tufayli ijtimoiy munosabatlarning 
faol ob`yekti va sub`yektiga aylanadi. 
Ijtimoiylashuv tushunchasi ijtimoiy-psixologik kategoriya bo’lib, bu shaxsning uni 
o’rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini 
o’zlashtirishga moyilligi, o’zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. 
Insonning tug’ilib, o’zini bevosita o’rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg’ayishi, 
shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi.
Oilaning ijtimoiy muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki 
ijtimoiylashuv o’chog’i va ulg’ayish maskani hisoblanadi. 
Ilk o’spirinning xarakter xususiyatlarini shakllanishiga asosiy ta’sir etuvchi omillar 
qatoriga biologik, ijtimoiy va psixologik ta’sir vositalarini kiritamiz. Xuddi shu 
davrda ulg’ayibkelayotgan shaxs organizmida biologik, fiziologik qayta qurilish 
davri kechishi natijasida ularda agressiv xulq motivlari namoyon bo’ladi. Ayniqsa 
o’smirlik davrida organizmning jismoniy va ruhiy jihatdan bir-biriga nomutanosib 
tarzda rivojlanishi kuzatiladi, jinsiy balog’atga yetish va funksional yangilanishlar 
tufayli gormonlar miqdorining o’zgarishi yuz beradi.
Bir tomondan bu o’smir organizmidagi barcha o’zgarishlar gipotalamus va 
endokrin bezlarning rag’batlantiruvchi va nazorat qiluvchi ta’siri ostida kechadi. 
Ayrim gormonlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida o’smir xatti-harakatida 
agressivlik(jizzakilik, serzardalik, qaysarlik) holatlari kelib chiqadi. 
O’smir xatti-harakatlarida agressiv xulq-atvor ko’rinishlari kelib chiqishining 
asosiy sabablariga, uni o’rab turgan ijtimoiy muhit ta’sirini ham kiritishimiz 
mumkin, chunki, o’smir xarakter xususiyatlarining shakllanishi u yashab turgan 
muhit ta’siri ostida yuzaga keladi. 
Agressiv xatti-harakat paydo bo’lishida ko’pgina omillar ishtirok etadi, jumladan, 
yosh, shaxsiy xususiyatlar, tashqi jismoniy va ijtimoiy sharoitlar. Masalan, 
agressivlikni shovqin, issiq, torlik, ekologik muammolar, meteo sharoitlar va h.k. 
kabi sharoitlar kuchlantirishi mumkin. Ammo ko’pgina shu masalani o’rganuvchi
71 


tadqiqotchilar fikricha, shaxsning agressiv xatti-harakatlari shakllanishida hal 
qiluvchi rolni bevosita ijtimoiy muhit o’ynaydi. 
Ijtimoiy muhitning asosi bo’lgan oila, shaxs xulq-atvorining shakllanishiga katta 
ta’sir o’tkazadi, oilada olingan tarbiya bir umrga saqlanib qoladi. Oilaning tarbiya 
instituti sifatida muhimligi shundaki, voyaga yetib kelayotgan shaxs hayotining 
ko’p qismini o’tkazadi va shaxsga ta’sir etuvchi muddati bo’yicha birorta ham 
tarbiya institutlari oilaga teng kela olmaydi. 
Farzand tarbiyasida oilaning birlamchi roli haqida E.Fromm: "Oila — o’ziga xos 
jamiyatning "psixologik vositachisi", shuning uchun oilada adaptatsiya jarayonida 
bola keyinchalik jamiyatda adaptatsiya va turli ijtimoiy muammolarni yechish 
asosi bo’lib qoladigan xarakterni shakllantiradi", degan edi. 
Shaxs oilada o’zlashtirgan xarakter xislatlarini o’zida aks ettiradi va uni ijtimoiy 
muhitda namoyon qiladi, ba`zan tajovuzlorlikning oilada namoyon bo’lish 
shakllari turlicha kechishi mumkin: bu bevosita ijtimoiy yoki jinsiy tajovuzkorlik, 
sovuqqonlik, salbiy baholar, boshqa bir shaxsni ruhan ezish, tazyiq o’tkazish, 
boshq bir shaxsni emotsional qabul qilmaslik bo’lishi mumkin.
Tajovuzkor xatti-harakatlarning paydo bo’lishiga turli oilaviy omillar ta’sir etishi 
mumkin. Masalan, oilaviy birlashishning quyi darajasi, o’zaro to’qnashuvlar, bola 
va ota-ona o’rtasidagi yetarli darajadagi emotsional yaqinlikning yo’qligi, bolalar 
o’rtasidagi salbiy munosabatlar, oila tarbiyasining noadekvat usuli. Masalan, o’ta 
qattiq jazo qo’llaydigan, o’ta qattiq nazorat qiluvchi ota-onalar yoki bolalarning 
mashg’ulotlarini nazorat qilmaydigan, farzandining hayotiy rejalariga e`tiborsiz 
ota-onalar tajovuzkor xulqqa ko’proq duch kelishadi. 
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, shaxsning agressiv xatti-harakatiga ta’sir etuvchi 
xususiyatlardan biri — bu frustratsiyani ko’tara olmaslik qobiliyatidr. Ma’lumki, 
frustratsiya ehtiyojlarni qondirishda yoki maqsadga erishish yo’lida paydo bo’lgan 
to’siqlar tufayli kelib chiqqan holatdir.
Bolada agressiv xulqning shakllanishida asosan ota-onaning ta’siri kuzatiladi va 
oila tarbiyasidagi quyidagi omillar katta rol o’ynaydi: 

bola harakatidan qoniqmagan ota-ona reaksiyasi; 

bolalar va ota-onalar o’rtasidagi munosabatlar; 

oiladagi o’zaro uyg’unlik darajasi; 

aka-uka, opa-sing'illar o’rtasidagi munosabatlar; 

ota-ona va farzand o’rtasidagi keskin vaziyatlar; 
Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga barcha bosqichdagi 
ta’lim muassasalari, Mehribonlik uylari, ixtisoslashgan maxsus maktab-internatlar 
hamda harbiy bilim yurtlari kiradi, chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida 
bola ta`lim oladi va tarbiyalandi, ijtimoiy normalari, qadriyatli yo’nalishlari
72 


ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo’lib yetishadi. 
Shunday qilib, tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib 
borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga 
rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir.
Ijtimoiylashuv tushunchasi ma’no jihatdan yaqin bo’lgan “tarbiya” va “moslashuv” 
tushunchalari uzviy ravishda bog’liq. Ijtimoiylashuv tushunchasi tarbiya 
jarayonidan ancha keng ma`noga egadir, chunki uning mazmunida har doim ham 
qolipga solib bo’lmaydigan, har doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan 
xolatlar ham mavjud bo’ladi.
Moslashuv esa ijtimoiylashuv jarayonining muayyan bir tarkibiy qismi, uning 
harakatga keltiruvchi omili sifatida qaralishi mumkin.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə