Тарихий манбашунослик


Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə53/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar.
q. Geografik asarlar deganda nimani tushunasiz?
w. #anday geografik asarlarni bilasiz?
e. Kosmografik asarlar deganda nimani tushunasiz?
r. #anday kosmografik asarlarni bilasiz?
t. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar 3anday xususiyatlarga ega?
y. Geografiyaga oid asarlarda 3anday tarixiy ma`lumotlar uchraydi?


14-mavzu. O`zbek xalkining shakllanishiga oid manbalar.


Reja.

1. O`zbek xalkini shakllanishiga oid manbalar umumiy xususiyatlari.


2. Manbalar tavsifi.


Asosiy tushunchalar: biografiya, muallif, tarjimai xol.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008.
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001.
3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993.
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.
O`zbek xalkining shakllanishiga oid manbalar umumiy xususiyatlari
O`zbek xalkining shakllanish masalasi yaxshi o`rganilmagan, echimini topmagan ilmiy muammolardan biri. Masalani bir manba bilan, bir tadkikotchi, u garcha fan mirishkori bo`lganda xam, echib berolmaydi. Buning uchun uzok o`tmishdan kolgan va turli tillarda, kadimgi eron, yunon, rim, xitoy, arab, fors va turkiy tillarda yozilgan ko`lyozma va toshga, yogochga, sopolga va boshka buyumlarga bitilgan yozuvlarni o`kiy oladigan mutaxassis – manbashunos, arxeolog, etnograf va antropolog olim, adabiyotshunos (folklorshunos), tilshunos va geograf olimlar birgalashib, bir ilmiy jamoa bo`lib ishlashlari zarur bo`ladi. Afsuski, bizga shunday xamkorlik etishmay turibdi. Lekin bu ishni o`zbek olimlari echib berishlari kerak. Paysalga solmay yakin uch-to`rt yil ichida! Vaxolanki, muxtaram Prezidentimiz I.A.Karimov juda to`gri aytganlaridek, «Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, naslu nasabini, o`zi tugilib voyaga etgan kishlok, shaxar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi». Demak, bu – xalk talabi, Vatan talabi.
O`zbeklarning xalk bo`lib shakllanishiga oid biron aloxida manba yo`k. Bu masalaga oid ma`lumotlar tarixiy, geografik, lingvistik va xalk ogzaki adabiyotiga oid asarlarning barchasida mavjud. Lekin ularni sinchkovlik bilan bittalab terib olish kerak bo`ladi. Ularni Tabariy va arab geografiya olimlarining asarlarida, Nizomullin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida, Juvayniy va Rashiduddinning yukorida tilga olib o`tilgan asarlarida, «Nusratnoma» va «Abdullanoma»da va X-XVI asrda yozilgan barcha asarlarda uchratish mumkin.
XV asr oxiri va XVI asr boshida ikki azim daryo-Amudaryo bilan Sirdaryo oraligida joylashgan ko`xna mamlakatimizga ko`shni Dashti kipchokdan 20 dan ortik kavm; ko`ngirot, nayman, ming, do`rmon va boshka kavmlar ko`chib kelib, maxalliy turkiyzabon xalk tarkibiga ko`shildilar. «Tarixi Abulxayrxoniy», «Abdullanoma» va «Maktuboti Allomiy» (XVI asr) kitoblarida keltirilgan ma`lumotlarga karaganda, o`zbek xalki tarkibiga kirgan kavmlar soni 92 tag etgan. Bu xakda ma`lumot beruvchi uchta-to`rtta asarni misol tarikasida tilga olib o`tamiz.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə