Тарихий манбашунослик


Mo`gul va xitoy tillarida yozilgan manbalar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə51/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Mo`gul va xitoy tillarida yozilgan manbalarda O`zbekistonning XIII-XIV asrlardagi tarixiga oid ma`lumotlar uchraydi. Ayniksa, Chingizxon va mo`gullar xuruji davri tarixi, mo`gul imperatorlari xukmronligi davri tarixini bu manbalarsiz o`rganib bo`lmaydi. Shuni aloxida uktirib o`tish kerakki, bu manbalarda, xususan xitoy manbalarida, vokealar birinchidan yilma-yil bayon etilgan, ikkinchidan, ularning sodir bo`lgan joyi va vakti anik ko`rsatilgan.
Mongol-un niucha tobchan” (“Mo`gullarning maxfiy tarixi”) X111 asr boshida o`rta asr uygur imlosida yozilgan va bizgacha xitoy imlosi, ierografida xitoycha tarjimasi bilan etib kelgan. Asarning xitoycha nomi “Yuan`-chao bi shi” (“Yuan` sulolasining maxfiy tarixi”) deb ataladi. Unda Xitoy, Mo`guliston, Markaziy Osiyo va O`zbekistonning XIII asrdagi tarixi bo`yicha muxim manba xisoblanadi. Unda nayman, kerait, o`ngut, uygur, korlik va boshka turkiy xalklarning Chingizxon xuruji paytidagi tarixi va ularning mo`gul asoratiga tushib kolishi xakida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz.
“Mongol-un niucha tobchan” xitoy tiliga 1404 yili tarjima kilingan. 1800 yili istefodaga kiritilgan. Asar 1866 yili P.Kafarov tarafidan rus tiliga tarjima kilingan va so`z boshi, xitoycha matni va lugatlar bilan ko`shib, 1941 yili S.A.Kozin tarafidan “Sokrovennoe skazanie” nomi bilan chop etilgan. Asarning E.Xyonning tarafidan amalga oshirilgan nemischa nashri mavjud.
Tszin-shi” (“Tszin sulolasining tarixi”) nomli asar so`nggi yuan` imperatori Shindi (To`gon Temur) davrida, xitoy olimi va yozuvchisi Ouyan Sian` tarafidan yozilgan. Unga mo`gul imperatorlari davrida yozilgan va keyincha yo`kolgan “Shilu” (“Saxix yozuvlar”) nomli solnomasi asos bo`lgan.
“Tszin-shi” to`rt kismdan iborat: 1)Tszin sulolosining siyosiy tarixi; 2) Tszin davlatining ma`muriy, xarbiy, xukukiy, moliyaviy, iktisodiy, ma`naviy va ilmiy tizimlari; 3) Tszin imperatorlari; 4) imperatorlar va ularning oilalari, davlat arboblari, sarkardalari va madaniy arboblarining tarjimai xoli.
Asarning to`rtinchi kismida o`sha vaktlarda Markaziy Osiyoda istikomat kilgan turkiy xalklar, uygurlar, o`ngitlar va boshkalar, ular bilan olib borilgan elchilik munosabatlari, ularning boshliklarini xarbiy xizmatga jalb kilish xakida ma`lumotlar bor.
Yuan`-chao min-chen` shi-lyue” (“Yuan` sulolasi mashxur mansabdorlarining kiskacha tarjimai xoli”) nomli asar 15 bobdan iborat bo`lib, uni tarixchi Su Tyan`tszyue yaratgan. Kitobda saltanatda xizmat kilgan 47 yirik mansabdorning tarjimai xoli bayon etilgan. Ular orasida turkiy kavmlardan chikkanlari xam bor.
Bu uch kitobdan iborat asarning ko`pgina nashrlari mavjud. Eng yaxshi nashri 1962 yili Nankin universiteti professori Xan`-Julin tarafidan amalga oshirilgan. Noshirning so`z boshisi muxim ilmiy axamiyatga ega.
Shen-u tsin` chjen-lu” (“Mukaddas sarkarda Chingizxonning xarbiy yurishlari tafsilotlari”) nomli asar asli mo`gul tilida yozilgan, lekin uning shu nomdagi xitoycha tarjimasi bizgacha etib kelgan, xalos. Unda Chingizxonning xarbiy yurishlari va mo`gullar xuruji vaktida turkiy xalklarning ijtimoiy-siyosiy xayoti xakida xikoya kiladi.
“Shen-u tsin` chjen-lu” asarini birinchi marta Yuan` Chjon 1894 yili, Van Govey nomli tarixchi 1925-1926 yillari keng izoxlar bilan chop etgan. 1872 yili P.Kafarov asarning ruscha tarjimasini, so`z boshi va zarur izoxlar bilan ko`shib, nashr etgan. 1951 yili Pel`o va Gambus uning frantsuzcha nashrini amalga oshirganlar.
Yuan`-shi” (“Yuan` sulolasi tarixi”) Yuan` sulolasining to`lik rasmiy tarixidir. Uni Sun-lyan (1310-1381 yy.) boshchiligidagi 16 muallif-tuzuvchilar yaratgan deb xisoblaydilar. Kitob Min sulolasining imperatori Taykchuning buyrugi bilan 1369 yili yozib tamomlangan.
Asar to`rt kismdan iborat:
Birinchi kismda Yuan` sulolasi shajarasi, ya`ni Xubilayxondan boshlab 13 mo`gul imperatori, ularning shaxsiy xayotida bo`lib o`tgan va ularning davrida mamlakatda kechgan asosiy vokealar berilgan.
Ikkinchi kismda samoviy vokealar tafsiloti, mamlakatda bo`lib o`tgan xududiy vokealar, mamlakatning ma`muriy bo`linishi xakida, mamlakatdagi daryolar va naxrlar, xalkining liboslari, amaldorlarni mansabga tayyorlash oldidan o`tkaziladigan imtixonlar va boshkalar xakida ma`lumot keltiriladi.
Uchinchi kismda imperator va uning xonadoni a`zolarining shajarasi o`rin olgan.
To`rtinchi kismda imperator xonadoni a`zolarining tarjimai xoli va ko`shni mamlakatlar xakida kiskacha ma`lumot keltiriladi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə