Tаriхshunоslik fanidan o`quv uslubiy majmua bilim sоhаsi: Gumаnitаr sоhа



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə4/63
tarix24.03.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#103068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
portal.guldu.uz-TАRIХSHUNОSLIK

1.4. Ushbu kursning mazmuni:
«Manbashunoslik va tarixshunoslik» kursini 4 kurs 8 semestrda o`rganish jarayonida mavjud o`quv dasturiga asoslangan holda masalalarning tub mohiyati, tarixiy manbalar turlari, tarixiy davrlarga oid manbalar haqida bilimlar beriladi.
1.5. Fanni o`zlashtirgan talabaning malakaviy darajalari
Fanni o`zlashtirgan talaba:

  • Talabalar O`zbekiston tarixining turli bosqichlarida, hususan ibtidoiy davrdan to xozirgi kunlarga qadar insoniyat tomonidan yaratilgan asarlarning yuzaga kelishi va ularning o`ziga xos xususiyatlarini bilishi;

  • «Manbashunoslik va tarixshunoslik» fanini o`rganish jarayonida Vatanimiz hududidagi ilk tsivilizatsiyalar va davlatchilikka oid asarlar, “Avesto”, qadimgi tosh bitiklar, g`orlarga chizilgan sura`tlar, to`g`risida bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi;

  • «Manbashunoslik va tarixshunoslik» fanini o`rganish jarayonida SHarq Renessansi taraqiyotining mohiyatini bilishi;

  • «Manbashunoslik va tarixshunoslik» fanini o`zida aks ettirgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolar, o`zbek xalqining yuzaga kelishi tarixi va o`ziga xos xususiyatlari, turli hududlarda paydo bo`lgan dastlabki moddiy va yozma manbalarning O`zbekiston xalqlariga o`zaro ta`siri haqida tasavvurga ega bo`lishi;

  • «Manbashunoslik va tarixshunoslik» kursinining asosiy bosqichlarini, davrlarning roli va o`rnini, daliliy xulosalarini umumlashtirish uchun aniq tarixiy ma`lumotlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • «Manbashunoslik va tarixshunoslik» kursinining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bo`yicha manbalarini qidirishi va o`rganishi, O`zbekiston tarixini o`rganishda oid ashyolar, manzilgohlar, manbalar va me`morchilik yodgorliklarini tahlil qilishi;

  • O`zbekiston tarixini davrlashtirish va sanalari, ibtidoiy to`da davri, antropogenez jarayonining mohiyatini bilishi;

  • O`zbekiston tarixidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo`jalik - faoliyati, ma`naviy madaniyatni tahlil qilishda manbashunoslik va tarixshunoslik fanining rolini, mohiyatini bilishi;

  • O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat suverinitetining tarixiy ahamiyatini, Vatanimizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma`naviy, siyosiy ravnaqini manbalar asosida tahlil qila olishi;


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə