Tarixiy manbashunoslikning dolzarb masalalari. Ashirova Noila Xasan qizi



Yüklə 21,91 Kb.
tarix09.05.2023
ölçüsü21,91 Kb.
#109269
Noila20.1


TARIXIY MANBASHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI.
Ashirova Noila Xasan qizi
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
Ilmiy rahbar: Saidusmonov Bahrom Abdug’aniyevich
baxrom.said@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tarix fanining ajralmas bir tarmog’i hisoblangan manbashunoslik fanining paydo bo’lishi, uning tarixi, o’ziga xos xususiyatlari, bu fanning muammolari, manbashunoslikka oid adabiyotlar tahlili, yurtimiz manbashunoslari faoliyati hamda zamonaviy muammolari yoritiladi.
Kalit so’zlar: manbashunoslik, tarixchi, voqealar bayoni, talqin, afsonaviy bayon, o‘rta asr, yangi zamon, germenevtika, zamon, tamoyil, sharh, nashr, tabdil.
DOLZARB PROBLEMS OF HISTORICAL ORIGIN.
Ashirova is the daughter of Naila Hassan
Chirchik State Pedagogical University
Scientific supervisor: Saidusmanov Bahrom Abdug'anievich
bakhrom.said@mail.ru
ANNOTATION
In this article, the emergence of the science of source studies, which is an integral branch of history science, its history, specific features, problems of this science, analysis of literature on source studies, activities of source scientists of our country and modern problems are covered.
Key words: source studies, historian, account of events, interpretation, legendary account, the Middle Ages, modern times, hermeneutics, time, principle, commentary, edition, translation.
KIRISH
Mutaxassislar tarixiy manbashunuslikni maxsus fan sohasi sifatida XIX asr oxiri — XX asr boshlarida shakllangan deb hisoblaydilar. Ayni shu davrdan boshlab o‘quv yurtlarida ushbu fan o'qitila boshlanadi hamda tarixchi olimlar tomonidan o‘quv qo'llanmalari, darsliklar yaratiladi. Tarixiy tadqiqotlarda m anbalarga oid maxsus qismlar paydo bo‘ladi. Ammo zamonaviy tarixiy manbashunoslik ildizlari juda qadim zamonlarda paydo bo'gan edi. Manbashunuslik fan sohasi sifatida o'z tarixiga ega bo‘lib, unda nazariy va amaliy masalalar ham da manbashunoslikni o‘qitish masalalari o'rganiladi.
ASOSIY QISM
Manbashunoslikning fan sohasi sifatida shakllanishi uchun tarix ilmi taraqqiy etishi va tarixchilarning manbalar ustida ishlashi, tajribalarini umumlashtirish zarur edi. Qadimgi zamon tarixchilari voqea, hodisalarni qissa, afsona, rivoyat sifatida bayon etar edilar. Bunga misol sifatida Abulqosim Firdavsiyning “ Shohno ma”, payg‘ambarlar to’g’risidagi ko'plab qissa va rivoyatlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. O 'rta asr tarixchisi o‘zi guvohi bo’lmagan voqea va hodisalarni boshqalar ma’lumotlariga asoslanib qabul qilish yoki rad etishi mumkin bo'lgan. Lekin biz aksariyat tarixiy asarlarda muallif awalgi tarixchilar asarlaridagi ma’lumotlarni aynan bayon etishini kuzatamiz. Lekin ba’zi tarixchilar, xususan Abu Rayhon Beruniy boshqa shaxslar ma’lumotiga tanqidiy munosabatda bo'lganini uning “Osol ul-boqiya” asaridan ko'rishimiz mumkin. Bu davr tarixchilari o'zi guvohi bo'lmagan voqealarni bayon etishda boshqalar fikriga tayanishga, ular asarlardagi ma’lumotlarni o‘z asarlarida aynan qaytarishga majbur bo'lganlar. Lekin muarrix o'zi guvohi bo'lgan voqea, hodisalarni yoritishda o'zining jamiyatda tutgan mavqeiga qarab ish ko'rganlar. Tarixchi o'z davrida yuz bergan voqealarni xolis yoritishga harakat qilgan. Bu zamonda tarixnavislik va badiiy adabiyot o'rtasida juda yaqinlik, o'xshashlikni kuzatish mumkin. rtasida juda yaqinlik, o'xshashlikni kuzatish mumkin. Yevropada Uyg'onish davrida, yani XIV-XV asrlarda mutafakkirlarda tarixchilar an’anasiga ishonch susayadi. Insonparvarlar qadimgi dunyo an’analarini davom ettirar ekanlar, o'tmishdagi matnlarga keyinchalik kiritilgan o'zgarishlar, to'ldirishlar va buzishlarga duch kelganlar. Natijada, o'tmishning buyuyk shaxslsri asarlari matnlarini o'ganishning yangi tamoyillari majmuasi paydo bo'ldi. Asar matnini qayta-qayta o'qish jarayonida uni tushunish va talqin etish malakasi hosil bo'ldi. XX asrning umumiy taraqqiyoti o’zbek manbashunosligini shakllanishiga olib keldi. Toshkentda 1870-yili davlat kutubxonasi tashkil etilib, uning sharq qo'lyozmalari bo'limi ochilgan. XX asr boshlarida ushbu kutubxonada yuzdan ortiq qo'lyozma jamlangan. Samarqandda mqo'lyozmalar kutubxonasi mavjud bo'lgan. Jadidlar tom onidan Toshkentda “Turon” kutubxonasi ochilib, unda turkcha, tatarcha va ozarbayjoncha nashrlar jamlangan. Sho'ro davrida (1917-1990) O'zbekiston tarixi manbashunosligi fan sifatida shakllana boshladi. 1935-yili Toshkent Davlat xalq kutubxonasida 4000 dan ortiq qo'lyozm alar mavjud bo'lgan. Bu yerda mashhur kitob bilimdoni Ibodulla Odilov( 1872-1944) o 'z faoliyatini davom ettirgan. Shu paytgacha chop etilgan manbashunoslikka oid qo'llanma, to'plam va rus tilidagi darsliklar ushbu fan sohasidagi zamonaviy yutuqlarni to'liq aks ettirmaydi. Buning asosiy sababi O'zbekiston tarixiga oid barcha yozma manba, toshbosma kitob, bosma kitob, vaqtli matbuot – jurnal va gazeta materiallari, ularning xususiyatlari jiddiy o'rganilib, ularning hammasi haqida ma’lumotnom ayaratilishi zarur. Bundan tashqari, eng muhim manbalar alohida tadqiq etilib, kitob holida bosib chiqarilishi kerak. Mana shular asosida awal maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, bakalavriat va magistratura talabalariga moslab o'quv qo'llanma, darslik va yordamchi adabiyotlami chop etish bugungi kun davr talabidir. Mavjud adabiyotlar, shu jumladan ushbu darslik ham ma’lum darajada kamchilik va biryoqlamalikdan holi emas. Bir necha oliy o'quv yurtida, jumladan Mirzo Ulug'bek nomli Milliy univesitet, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent Islom Universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik institutlarida manbashunoslik fanidan dars berayotgan pedagoglarning, O‘zbekiston Fanlar akademayasi ilmiy tadqiqot inastitutidagi olimlar manbashunoslik bo’yicha mukammal darslik yaratishadi deb umid bildiramiz. Bizning tariximiz juda boy, yozma yodgorliklarimiz ko‘p bo'lishiga qaramay, o‘z madaniy merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, uning o'ziga xos xususiyatlari va jahon madaniyati xazinasiga hissa bo‘lib qo‘shilganlarini alohida ko‘rsatadigan manbashunoslik fani sohasida yaratilgan mukammal darslik va qo‘llanmaga ega emasmiz. Yurtimizda tarix fani sohasida olib boriigan deyarli uch ming yildan uzoqroq davr davomida to'plangan tajriba hali umumlashtirilgani yo'q. Hozircha mavjud darslik va qo‘llanmalar ichida akademik B.Ahmedovning “ O‘zbekiston tarixi manbalari” darsligining ikkinchi nashrini eng mukammal deb tan olishimiz mumkin. A .H abibullayevning “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” qo'llanmasida ham qator ijobiy xususiyatlar mavjud bo'lib, ulardan tarixiym manbashunoslik bo'yicha darslik tuzishda foydalanish mumkin. A.A.Madraimov tomonidan tuzilgan “Manbashunoslikdan ma’ruzalar majmuasi”da ilk bor arab, fors va turk tilidagi tarixiy manbalar xususiyatlarini xarakterlashga harakat qilingan va manbalar to'g'risidagi ma’lumotlar manba nomi ostida berilishi bilan ajralib turadi. A. Madraimov va G. Fuzailova tuzgan “Tarixiy manbashunoslik” (2006) o'quv qo'llanmasi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmadagi manbalar to'g'risidagi ma’lumotlar asosan B.Ahmedovning “O’zbekiston tarixi manbalari” (2001) qo'llanmasidan keltirilgan. Undagi ma’lumotla r ma’lum darajada to’ldirilgan bo’lib, o’quv jarayoni xususiyatlarini hisobga olgani bilan ajralib turadi. Bundan tashqari qo'llanmada birinchi bor manbalarni o'rganish va o'rgatish usullari bayon etilgan, Alisher Navoiyning tarixiy asarlari, Turkistonning Chor Rossiyasi mustamlakachiligi, sho'ro va mustaqillik davri manbalari tavsifi keltirilgan, arab, fors va o'zbek tillaridagi yozma manbalar xususiyatlari alohidaalohida tushuntirilgan.
XULOSA
Manbashunoslik fani ko’p asrlik an’anaga ega bo'lsa-da, yurtimiz manbashunosligi yuqorida zikr etilgan asarlarda umumlashtirishga harakat qilindi. Manbashunoslikni o'rganish uchun birinchi galda tarixga oid ilmiy tadqiqotlar, yozma yodgorliklar nashrlari va birlamchi yozma manbalar bilan bevosita ishlashga to'g'ri keladi. Bu sohada Ya.G'ulomov, B.A.Ahmedov, A.O'.O'rinboyev kabi yirik olimlar asarlari, O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo’lyozmalar tavsifini o'z ichiga olgan jildlik monografik katalog hamda maxsus katalog - tadqiqotlar bo'lg'usi manbashunoslar uchun namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin. Talabalar yordamchi manba sifatida ensiklopedik qomuslardan foydalanishi mumkin. Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniqsa arab yozuvidagi o'zbek til va g'arb tillaridan ingliz, nemis va fransuz tillaridan birini yaxshi bilishi kerak. Bu sohada rus tili ham ma’lum mavqega ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:

  1. Ahmedov B .A . O'zbekiston tarixi manbalari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2001.

  2. O‘zbekiston tarixi. R.X.Murtazayeva tahriri ostida. — Toshkent, 2003.

  3. Sa’dullayev A. S. Qadimgi O'zbekiston tarixi manbalardan. — Toshkent,

  4. O'zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O 'zbekiston Sovet mustamlakasi davrida / Tuzuvchilar M. Jo'rayev va boshqalar. —Toshkent: Sharq, 2000

  5. Habibullayev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. —

Toshkent: TDShI, 2000.

  1. Tarixiy manbashunoslikning dolzarb muammolari (ilmiy-amaliy anjumanlar materiallari)/ Tuzuvchilar: A.A.Madraimov, G.S.Fuzailova - Toshkent:TDPU, 2001

  2. Tarixiy manbashunoslik muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari (2003-yil 25 aprel). — Toshkent: Universitet, 2003.

Yüklə 21,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə