Tarkibning doimiylik qonuni I. Darsning maqsadi



Yüklə 44,73 Kb.
səhifə1/9
tarix17.12.2023
ölçüsü44,73 Kb.
#150172
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarkibning doimiylik qonuni-fayllar.org


Tarkibning doimiylik qonuni

2-amaliy mashg`ulot.
Dars kospektini tuzish. Darsni tahlil qilishni o’ganish
Sana __________________ ______________
Sinf: 7”A” “D”
Fan: Kimyo
Mavzu: TARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad;
TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiyavatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Dars turi: Umumlashtiruvchi dars
Dars usuli: Savol -javob
Dars jihozi: Darslik Tarqatmalar.
Tashkily qism; Salomlashish Yo’qlama Siyosiy daqiqa
  1. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.


  2. Yangi mavzu bayoni.


  3. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.


  4. Darsning bayoni.


Inson materiya harakatining turli shakllari, tabiat hodisalari orasidagi bog‘liqliklar, aloqalarni o‘rganish jarayonida tabiat qonunlarini ochib boradi. Kimyo qonunlari ham boshqa fanlar qonunlari qatorida — tabiat qonunlarining aks etishidir.


Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida sodda va murakkab dorilarni ta’riflab, har qanday dorivor vosita ma’lum tarkibga ega bo‘lishini izohlash orqali tarkibning doimiyligi haqidagi dastlabki tushunchalarni bayon etgan.
1799-yilda fransuz olimi J. Prust tomonidan taklif etilgan tarkibning doimiylik qonuni 1809-yilda ko‘pchilik tomonidan e’tirof etildi.
Har qanday toza modda olinish usuli va joyidan qat’iy nazar doimiy tarkibga ega bo‘ladi.
Masalan, suv vodorod va kisloroddan tashkil topgan (sifat tarkibi). Suvda vodorodning massa ulushi 11,11% ni, kislorodning massa ulushi 88,89% ni tashkil qiladi (miqdoriy tarkib). Suvni turli usullar yordamida olish mumkin. Har qanday holatda ham toza suv bir xil tarkibga ega bo‘ladi.
Vodorod peroksid — H2O2 suv kabi sifat tarkibiga ega bo‘lsa-da, suvdan miqdoriy tarkibi bilan farqlanadi. Vodorod peroksidda vodorodning massa ulushi 5,89% ni, kislorodning massa ulushi 94,11% ni tashkil qiladi. Vodorod peroksid suvdan keskin farqlanuvchi xossaga ega moddadir.
• Miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
• Miqdor va sifat doimo bog‘liqlikda bo‘ladi.
Bu qonundan kelib chiqib, ingliz olimi Dalton birikmalar bir elementning ma’lum sondagi atomlari boshqa elementning aniq sondagi atomlari bilan birikishidan hosil bo‘ladi degan fikr bildirdi (boshqacha qilib aytganda birikmalar ikki yoki undan ortiq elementlarning aniq sondagi atomlari birikishidan hosil bo‘ladi).
Ko‘p elementlar bir-biri bilan birikkanda, ushbu elementlar massalari nisbati har bir holda bir-biridan farq qiluvchi aniq qiymatga ega bo‘lgan turli birikmalar hosil qiladi. Masalan, uglerod kislorod bilan ikki xil birikma hosil qiladi. Ulardan biri uglerod (II)-oksid 42,88% uglerod va 57,12% kislorod tutadi.
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash: Aqliy hjum usulidan foydalanish.


  2. Uyga vazifa: 13-§, 48 bet, 1-3 mashqlarni bajarish. Mavzuga doir quyidagi topshiriqlarga javob toppish.


1. Tarkibning doimiyligini qanday tushunish mumkin?


2. Suvning sifat va miqdoriy tarkibi qanday?
3.FeO va Fe2O3 lar tarkibidagi elementlaming massa ulushlarini aniqlang. Temiming massa ulushi qaysi birikmada ko‘p?
O’IBDO’ _________________________________ Tosheva R. M.

_____________________________________Sana


Sana __________________ ______________
Sinf: 7”A” “D”
Fan: Kimyo
Mavzu: MASSANING SAQLANISH QONUNI

Yüklə 44,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə