«тасдиқлайман»


-rasm. Ta’lim fleshmob texnologiyasi mexanizmi



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə11/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

1 -rasm. Ta’lim fleshmob texnologiyasi mexanizmi
Dissertatsiyaning “Fleshmoblardan foydalanishning tashkiliy-didaktik mexanizmlari” deb nomlanadigan ikkinchi bobida fleshmob texnologiyasi mexanizmi talabalarda kasbiy ahamiyatli sifatlarni shakllantirish maqsadida didaktik jarayonni harakatga keltiradi, buni rasmda aks ettirilgan jarayon algoritmidan ko‘rish mumkin.
Fleshmob texnologiyasi yordamida talabaning bilishga asoslangan ongida hamkorlik jarayoni yangidan vujudga keltiriladi.
Ta’lim jarayonida fleshmob texnologiyalari asosida axborotlarni jadal tarzda taqdim qilish, izlanuvchanlikka asoslangan ijodiy muhitni yaratish, bilimlarga qiziqishini orttirishda hosil bo‘ladigan motivatsiyada talaba shaxsiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi motivlarni hisobga olish muhim (2-rasm).
MOTIVATSIYA


Endoterik Xatti-harakatga undovchi ekzoterik motivlar



Talabalarning, ota-onaning rag‘batlantirishlari;
yuqori baho olishga intilish;
o‘qituvchining maqtovi;
o‘qituvchiga manzur bo‘lish;

Fleshmoblar asosida jamoada fikr almashishga qiziqish;
kelajakda bilim, ko‘nikmalar zarur bo‘lishini anglaydi;
muvafaqqiyatga erishishiga ishonish;
o‘zining bilishga oid
taraqqiyotini anglash;
o‘qituvchiga ishonch;
yaxshi kayfiyat;
o‘z kuchiga ishonish.

Fleshmoblar asosida kommunikativlikni oshirish; mustaqil bilim olishga intilish, Axloqiy kategoriyalarga amal qilish motivlari

Boshqalar bilan hamkorlik qilishga intilish;
atrofdagilarning e’tirof etishi; yuqori baho olishga intilish;
o‘qituvchining maqtovi;


2 – rasm. Fleshmob texnologiyalari asosida talaba shaxsiga ta’sir etuvchi endoterik va ekzoterik motivlar
Tajriba-tadqiqot davrida 2-bosqich talabalari uchun ishlab chiqilgan fleshmob texnologiyasi keltirilgan bo‘lib, u ma’lumotlarni jamlash uchun talabalarning Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar Telegramm, Instagramm, Facebook orqali axborot ayirboshlashlari,mavzuga oid ma’lumot to‘plash, bilimlarni tizimlashtirish; talabalarda tahlil qilish malakalarini shakllantirish kabi yo‘nalishlar yoritilgan. Texnologiyada qo‘llanilgan metodlar: Chalkash zanjirlar, Insert, Aqliy hujum kabilarga ta’rif berilib, ularning fleshmob texnologiyasi mazmunini boyitish algoritmi keltirilgan.
Fleshmob texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq qilishda talabalarning o‘quv biluv faoliyatlari quyidagicha tarkibiy tuzilishda kechadi: 1) Kuzatish; 2) Izlanish; 3) Axborotlarni sharhlash; 4) Qiyoslash; 5) Umumiylikni sharhlash; 6) Farqlarni sharhlash; 7) Tasnif etish; 8) Hukm chiqarish; 9) Aloqadorlikni aniqlash;10) Qo‘llash.
Bobda talabalarda qadriyatli, faoliyatli motivatsiyani rivojlantirishda fleshmoblardan foydalanish modeli mohiyati yoritilgan bo‘lib, ushbu andoza asosida talabalarning bilim o‘zlashtirish usullari, vositalarini tanlash, o‘quv faoliyatini boshqarish usullarini o‘rganish, subyektning o‘ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga baho berish, o‘zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o‘rtasidagi hamkorlik faoliyatiga oid munosabatlarni baholash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga ustuvorlik berildi (3-rasm)


Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə