«тасдиқлайман»


-rasm. Fleshmob texnologiyasi asosida talabalarning qadriyatli, faoliyatli, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə12/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

3-rasm. Fleshmob texnologiyasi asosida talabalarning qadriyatli, faoliyatli, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli
Modelda ko‘rsatilgan fleshmob texnologiyasi ko‘rsatilgan bosqichlarda amalga oshiriladigan har bir faoliyat natijasi aniq belgilanadi. Mashg‘ulot mavzusi maqsadidan kelib chiqqan holda tashkil etilgan fleshmob texnologiyalari orqali o‘quv materilalarini to‘laqonli o‘zlashtirilishiga erishiladi.
Talabalarda faoliyatli motivatsiyani rivojlantirishda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi va uning samaradorligi” deb nomlangan uchinchi bobda talabalarda mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan fleshmoblardan foydalanish mazmuni, o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari, ishlab chiqilgan metodika o‘z aksini topgan.
Tajriba-sinov ishlari 2019-2020, 2020-2021, 2021-2022 o‘quv yillarida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Jizzax davlat pedagogika universitetlarida xorijiy tillar fakultetlari (ingliz tili yo‘nalishi)da olib borildi. Tajriba-sinov ishlariga jami 603 nafar talabalar jalb qilindi.
2019-2022 yillarda o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarida talabalarda mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan fleshmoblardan foydalanish samarali ekanligi aniqlandi.
Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish uchun OTMning ingliz tili va adabiyoti fanining yetakchi mutaxassislaridan mas’ullar belgilandi va ularga zarur pedagogik shart-sharoitlar yaratildi.
Tajriba-sinov ishlari yuzasidan olingan ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etilganligi haqidagi tasdiqlangan dalolatnomalar tayyorlandi.
Tajriba-sinov ishlari davomida fleshmob texnologiyalari yordamida talabalarda turli manbalardan bilim egallashga zamin yaratildi; yangi egallangan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish, ulardan foydalanish ko‘nikma va malakalari shakllantirildi; darsda egallangan bilimlarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish ko‘nikma va malakalari rivojlantirildi; o‘qituvchi va talabalarda tahliliy, tanqidiy, sintetik, ijodiy fikrlashlari rivojlanadi.
Fleshmoblarda quyilgan muammoning yechimini topish uchun ularda: tahlil, solishtirish, qiyoslash, ma’lumotlar to‘plash, ilmiy farazni ishlab chiqishga, tajriba-sinov o‘tkazishga, umumlashtirishga keng yo‘l ochildi.
Tajribalarni o‘tkazish davrida talabalarda mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan fleshmoblar quyidagicha turkumlandi:
1) individual; guruhiy (juftlikda ishlash, kichik jamoalarga birlashish va h.k.);
2) o‘quv predmetlari va mazmuni asosida: a) integratsiyalashgan; b) ko‘p o‘quv predmetlari orasidagi aloqador fleshmoblar.
3) qisqa muddatli (mini-fleshmob: haftasiga 1 marta qo‘llaniladigan fleshmob; b) uzoq muddatli fleshmob (o‘quv semestri mobaynida qo‘llaniladigan fleshmob).
4) axborotli fleshmoblar. Har qanday ta’lim muammolari uchun ma’lumot to‘plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish, axborot qidirish, uni umumlashtirish, tartiblash va tasniflashni nazarda tutadi.
5) tadqiqotchilik fleshmoblari. Talabalar tomonidan ilmiy izlanishlar holatini uning mantiqiy tuzilmasi asosida tadqiq qilish, mavzuning ob’ekti, maqsadi, vazifalari, farazi, usullari, bosqichlari, yangiliklarini, tadqiqot ishining amaliy ahamiyatini aniqlashga qaratiladi. Natija tadqiqot hisoboti shaklida taqdim etiladi.
6)ijodiy fleshmoblar. Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yaratuvchilik vaziyatlari, senariylar, gazeta, radio dastur, video, ko‘rgazma shaklida taqdim etiladi.
7) telekommunikatsiya fleshmoblari. Turli mamlakat o‘qituvchilari va tahsil oluvchilarining o‘zaro muloqot qilishlari imkonini beradigan telekommunikatsiya tarmoqlari orqali yig‘iladigan ma’lumotlarni saralash, interpretatsiya qilish faoliyati.
Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish jarayonida fleshmob texnologiyalari yordamida talabalarda ilmiy, intellektual, axloqiy va hissiy jihatdan bilimi, ko‘nikma va malakalari darajalarini belgilovchi xususiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan mexanizmni takomillashtirishga e’tibor qaratildi.
Tajriba jarayonida talabalarni fleshmob texnologiyasidan foydalanishga o‘rgatish mezonlarini aniqlab beruvchi tasnif universal holda tuzilgan bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida qo‘llanilishi uchun tavsiya etiladi.
Tadqiqot doirasida biz “Fleshmob texnologiyasini o‘quv jarayoniga tatbiq qilish” nomli mualliflik metodikasini ishlab chiqdik. Mazkur metodikani pedagogik amaliyotga joriy etish bir necha bosqichda amalga oshirildi.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə