«тасдиқлайман»



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə20/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

Seminar aʼzolari: Maʼqul.
Rais: Kimda qanday takliflar bor? Fikrlar yetarli boʻlsa. Mulohazalar, rasmiy va norasmiy muhokamalar asosida bir fikrga kelindi va metodologik seminar
XULOSASI:
1. Dissertatsiya ishi mazmun-mohiyatiga koʻra, muammoning nazariy-metodik jihatdan ochib berilishi, eʼlon qilingan ishlarning ilmiy xususiyatlari, olib chiqilayotgan ilmiy xulosalarga, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasi va olingan natijalar tahliliga koʻra, 13.00.01 Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi ixtisosligiga mos keladi.
2. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasi olingan natijalarining ishonchliligi nazariy yondashuvlar, metodlarning respublikamiz va xorijda yaratilgan masofaviy taʼlim mazmunida oʻqitish bilan oʻzaro bir-birini toʻldirib boruvchi tadqiqot metodlarining qoʻllanganligi, tajriba-sinov ishlarining reprezentativligi hamda olingan natijalarning matematik-statistik tahlil metodlari yordamida qayta ishlanganligi, tadqiqot natijalarining vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan belgilanadi.
3. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati oliy ta’limdagi ingliz tili o‘quv mashg‘ulotlarida fleshmoblardan foydalanishga mo‘ljallangan metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, bo‘lajak mutaxassislar orasida ingliz tilidagi nutq kompetensiyalarining uslubiy yondashuvlari va pedagogik shartlarini takomillashtirishga qaratilganligi bilan izohlanadi
4. Dissertatsiya natijalari boʻyicha eʼlon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari toʻliq bayon etilgan. Ularning mazmuni OAK tomonidan belgilangan jurnallarda ilmiy maqola chop etilgan, respublika va xalqaro konferensiyalarda muhokama qilingan.
5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Innovatsion ta’lim ” kafedrasi mudiri pedagogika fanlari doktori, professor Muhabbat Fayziyevna Xakimova va Nizomiy nomidagi TDPU “Ingiliz tili amaliy kursi” kafedrasi dotsenti.,p.f.f.d (PhD) Nodira Ahmedova Muxtorjonovnaga tomonidan berilgan taqrizlardagi kamchiliklar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalariga asosan toʻgʻrilangan, toʻldirilgan va tartibga keltirilgan.
6. Talabgor Sаnoyeva Gulbar Rizoqulovna tomonidan pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya va avtoreferat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun qoʻyilgan talablar asosida bajarilgan boʻlib, dissertatsiya himoyaga tavsiya etilsin.
Xulosa: Ilmiy seminar aʼzolari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01. raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 13.00.01 Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha ilmiy seminar yigʻilishi

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə