«тасдиқлайман»



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə17/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Rais
2-savolga javob:
Fleshmob texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq qilishda talabalarning o‘quv biluv faoliyatlari quyidagicha tarkibiy tuzilishda kechadi: 1) Kuzatish; 2) Izlanish; 3) Axborotlarni sharhlash; 4) Qiyoslash; 5) Umumiylikni sharhlash; 6) Farqlarni sharhlash; 7) Tasnif etish; 8) Hukm chiqarish; 9) Aloqadorlikni aniqlash;10) Qo‘llash.
p.f.d., (DSc) dotsent. Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich: Ha, qoniqarli.
Rais: Yana savollar bormi?
Seminar aʼzolari: Yetarli!
Rais: Soʻz taqrizchi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Innovatsion ta’lim” kafedrasi mudiri pedagogika fanlari doktori, professor Muhabbat Fayziyevna Xakimovaga, marhamat!
Jahon akademik muhitida oʼqitish modellarini texnologik taraqqiyot gʼoyalari bilan uygʼunlashtirish, xususan, innovatsion taʼlim texnologiyalari va pedagogik modellardan foydalanish, “taʼlim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish”, boʼlajak ingliz tili oʼqituvchilarini CEFR (Common European Framework of Reference for Language) malaka talablari asosida tayyorlash, ularning lingvistik bilim, malaka va koʼnikmalarini rivojlantirish boʼyicha ilmiy tadqiqotlarga alohida eʼtibor berilmoqda.
Respublikamizda soʼngi yillar ichida chet tillarini oʼrgatishda, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda oʼqitishning ilgʼor metodlarini joriy qilish orqali xorijiy tillarda erkin muloqot qila oladigan mutaxassislarni tayyorlashga zamin yaratilmoqda. Shu bilan birga, taʼlim jarayonini innovatsion bosqichga koʼtarish hamda oʼqitishning ilgʼor shakllari, metodlarini tanlashda raqamli texnologiyalarning shakllari va imkoniyatlaridan biri Fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi orqali taʼlim sifatini yangi pogʼonaga koʼtarish, tahsil oluvchilarda til oʼzlashtirish koʼnikmalarining dinamikasini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchi Sanoyeva Gulbar Rizoqulovnaning mazkur tadqiqot ishi dolzarb masalaga bagʼishlangan deyishga asoslar yetarli.
Dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning asosiy matni 120 sahifani tashkil etadi.
Dissertatsiyaning “Kirish” qismida ish mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan. Muammoning oʼrganilganlik darajasi tahlil qilinib, dissertatsiyaning ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi bilan bogʼliqligi koʼrsatilgan. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti aniqlangan va ishning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yoʼnalishlariga mosligi koʼrsatilgan. Tadqiqotning vazifalari, ilmiy yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, natijalarining ishonchliligi, joriy qlinishi, aprobatsiyalari, ularning eʼlon qilinishi OАK talablari asosida tayyorlagan.
Dissertatsiyaning “Oliy ta'limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy-kontseptual asoslari” deb nomlangan birinchi bobida kasbiy yoʼnaltirilgan taʼlim talabalarning bo‘lajak kasbi yoki mutaxassisligidan kelib chiqadigan chet tilni oʼrganishga ehtiyojini hisobga olishga asoslanganligini inobatga olib, amalga oshirilayotgan taʼlimiy islohotlarning bosh maqsadi barkamol shaxs va yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirishdan, tarbiyalashdan iborat. Bu borada talabalarning kasbiy malakalarini rivojlantirish alohida oʼziga xos ahamiyat kasb etib, ularning kelgusidagi kasbiy sifatlari va shaxsiy salohiyatiga ehtiyojning yuqoriligi, shaxs hayot faoliyatining turli sohalarida egallangan maʼlumotlardan keng qamrovli foydalanishni talab etmoqda.
Xorijiy tillarni, ayniqsa, xalqaro muloqot va davlatlararo kommunikatsiyaning asosiy vositasi sifatida ingliz tilini oʼrganishda zamonaviy texnologiyalar, fasilitatsion metodlar, innovatsion strategiyalardan pedagogik jarayonda foydalanish yuqori malakali kadrlar tayyorlashning asosiy omillaridan biriga aylanmoqda. Shu jihatdan olganda, oliy taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalar sharoitida fleshbomlar yordamida ingliz tilini oʼrgatish bugungi kunning eng dolzarb, ilmiy qiziqish uygʼotadigan, ham xorijiy yurtlarda, ham mamlakatimizning oʼzida koʼplab ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan koʼp tarmoqli sohalaridan biri sanaladi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida “Fleshmoblardan foydalanishning tashkiliy-didaktik mexanizmlari” fleshmob texnologiyalari asosida talabalar uchun qulay, erkin, hissiy koʼtarinkilik muhitini yaratish zarurligini inobatga olib, tadqiqot davrida (2019-2022 yy.) ingliz tilidan mashgʼulotlar uchun zarur didaktik, kognitiv, vizual vositalarni oldindan tayyorlab, talabalarning motivatsiyali faoliyatini boshqarish masalasiga eʼtibor qaratilgan.
Talabalar oʼz faoliyatini amalga oshirish hodisasi nafaqat tashqi omillar taʼsirining natijasi, balki ichki omillar, yaʼni shaxs ongi, uning ichki mazmuni va shaxsiy tarkibi bilan bogʼliqdir. Ichki omillar talabalarning maqsadga yoʼnaltirilganlik darajasi, qiziqishlari, oʼz faoliyatini amalga oshirishga boʼlgan ixtiyori hamda oʼz-oʼzini tasdiqlashini ifodalaydi.
“Talabalarda faoliyatli motivatsiyani rivojlantirishda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi va uning samaradorligi” deb nomlangan dissertatsiyaning uchinchi bobida pedagogik tajriba-sinov ishlarini oʼtkazishda eng avvalo pedagogik tajriba-sinov bazasi aniqlangan. Mazkur tajriba-sinov ishlari uchun tayinlangan OTMlarda didaktik tamoyillar asosida tajribaviy mashgʼulotlar tashkil etilgan.
Mamlakatimizda ingliz tilini oʼqitishda tub oʼzgarishlarni amalga oshirish quyidagi ijtimoiy shart-sharoitlari namoyon etishi taʼkidlanadi: ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar, psixologik-pedagogik shart-sharoitlar, oʼquv-metodik shart-sharoitlar, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar. Koʼp tomonlama metodlarning qoʼllanilishi. Koʼptomonlama metodlar majmui ingliz tillini oʼrganishga nisbatan oʼtgan asrning 20-yillaridan beri qoʼllaniladi. Uning negizida “Klivlend rejasi” asos boʼlib xizmat qiladi. Uning bosh tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
1. Ingliz tili oddiy mexanik yodlash orqali oʼzlashtirilmaydi. Chunki chet tilini bilish aslida har bir individning shaxsiy-intellektual xususiyatlari bilan uzviy va chambarchas bogʼlangan holda kechadi. Shu bois, oddiy soʼzlar qaytarilishi va ularni yodlash majburiyatidan holi boʼlgan til muhitini shalklantirish taqozo etiladi.
2. Til bu – milliy-etnik madaniyatning bir boʼlagi, uning tarkibiy qismi sifatida baholanuvchi qadriyat sanaladi. Shu bois, tilni oʼrganish jarayoni aslida boshqa milliy-etnik madaniyatni oʼrganish, uni anglash va qabul qilish sanaladi. Shuning uchun chet tilini asl milliy madaniy tushunchalar asosida shakllantirish darkor.
3. Har bir mashgʼulot chet tilini oʼrganish jarayonida faqat bir fokus, yaʼni markaz asosida qurilishi darkor. Talaba diqqatini har bir mashgʼulotda mazkur bir markaz negiziga qurilgan material asosida oʼrganishi lozim.
4. Ingliz tili bosqichma-bosqich oʼrganilishi lozim. Har bir keyingi davr avval o‘tilgan mashgʼulot negiziga qurilmogʼi, shuningdek avval oʼtilgan til materialining mustahkamlanishiga xizmat qilmogʼi kerak.
5. Ingliz tiliga oʼqitish jaaryonida til oʼrganishning har bir turi, yaʼni oʼqish, yozish, talaffuz qilish, eshitish oʼzaro bir meʼyor va hajmda berilishini taʼminlash darkor.
Odatda koʼrib chiqilgan koʼptomonlama metodlar talabada oʼrganilayotgan til va mamlakat madaniyati boʼyicha chuqur va har tomonlama maʼlumot berish asosiga quriladi. Biroq mazkur metodning oʼziga xos chegaralovchi xususiyati shundan iboratki, unda asosli bilimlar shakllantirilsa ham, talabaning til erkinligi mazkur metod toʼla taʼminlab bera olmaydi, deya taʼkidlaydi tadqiqotchi.
Dissertant tomonidan olingan natijalar ishonchli tarzda berildi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari dissertatsiya mavzusiga mos keladi.
Muallif olingan natijalar, xulosa va tavsiyalarni asoslash uchun tadqiqotda uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keluvchi kuzatish, soʼrovnoma, test, suhbat, ekspert baholash, ijtimoiy intellektni rivojlantirish metodlari, asoslovchi, shakllantiruvchi va yakunlovchi eksperiment hamda matematik-statistik tahlil metodlaridan foydalangan.
Bugungi kunda oliy taʼlim tizimidagi amaldagi axborotlashgan taʼlim muhitining alohida komponentlari boʼlgan axborot tizimlari, maʼlumotlar banklari, pedagog va talabalarning veb-saytlari, axborot resurs markazlari, elektron axborot-taʼlim resurslari, virtual laboratoriyalar, media va videodarslar, elektron hujjatlar almashinuv tizimi, videokonferensiya aloqalari, internet tarmogʼidagi on-layn tanlovlar tizimdagi barcha ishtirokchilarni faol foydalanuvchilarga aylanishiga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʼquv-tarbiya jarayoniga keng joriy etilishiga xizmat qilishini inobatga olib, tajriba-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
Tadqiqotchi Sanoyeva Gulbar Rizoqulovna tomonidan bajarilgan dissertatsiyada tavsiya etilayotgan metodika yuzasidan olib borilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligi statistik tahlillar asosida oʼz isbotini topgan.
Boblar boʼyicha xulosalar keltirilgan. Ishning yakunida umumiy xulosa va tavsiyalar berilgan.
Umuman olganda, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, tadqiqot metodologik bazasining taʼminlanganligi, pedagogik taʼlim sohasidagi respublika va xorijiy davlatlar tadqiqotchilari, shuningdek, amaliyotchilarning ishlariga asoslanganligi tajriba-sinov ishlari samaradorligi darajasi hamda vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi. Dissertatsiyani chuqur oʼrganish jarayonida yuqoridagi yutuqlar bilan birga, ayrim eʼtirozlar ham borligini alohida qayd etib oʼtish zarur:
1. Ishning Kirish qismida berilishi lozim bo‘lgan bandlarning barchasi mavjud. Ular talablarga mos shakllantirishga harakat qilingan. Biroq Kirishdagi bandlar o‘rtasidagi mutanosiblik, birining boshqasidan kelib chiqib belgilanishi lozim bo‘lgan o‘rinlari qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Ayniqsa, maqsad va vazifalar yoritilishi bandlari tahrir qilinishi maqsadga muvofiq;
2. Tadqiqot ishining ikkinchi bobida berilgan jadvallarni qayta toʼgʼirlab chiqish kerak.
3. 3- bobning xulosasini kengaytirish maqsadga muvofiq.
4. Dissertatsiyaning baʼzi joylari tahrirtalab. Ularni tahrir qilish kerak. Ishning ayrim joylarida texnik va imloviy xatolar uchraydi.
5. Dissertatsiyada berilgan sxemalar, ularning nomlanishi takomillatirishga muhtoj, ularda na strelka, na punktir chiziqlar berilgan;
6. Bob xulosasida keltirilgan ayrim dalillar, misollar bobning ichiga olishni, bundan tashqari, ishning matnida kelgan jadval va statistik chizmalarni ilova shaklida ishda joylashtirishni taklif qilamiz;
7. Avtoreferatda ham ayrim orfografik xatolar uchraydi. Muallif keyingi ishlarida bunday noaniqliklarga yo‘l quymasligini tavsiya etamiz;
Qayd etilgan kamchiliklar, taʼkidlaganimizdek, bizning tavsiyalarimiz bo‘lib, ular ishning mavjud umumiy yutug‘iga soya tashlamaydi. Balki dissertatsiyaning yanada sayqal topib takomillashuvida, bundan tashqari, dissertantning keyingi ishlarida yo‘nalish sifatida xizmat qilishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, yuqorida bildirilgan kamchiliklar, takliflar, mulohazalar ishning ilmiy-nazariy qiymatini pasaytirmaydi. Balki, bular ham tuzatilganda, tadqiqot ishining qiymati yanada ortgan boʼlar edi. Dissertant tomonidan ishning nazariy, metodik hamda amaliy qismida rejalashtirilgan ishlar oʼz isbotini ilmiy jihatdan topgan, yaʼni har boblarda koʼrsatilgan rejalar yechimi mavjud. Har bir bobdan soʼng dissertant ilmiy xulosalarni bergan. Ishda umumiy xulosalar va tavsiyalar berilgan, mavzuga doir adabiyotlar, respublika va chet el olimlari ilmiy ishlari atroflicha yoritilgan.
Tadqiqotchi Sanoyeva Gulbar Rizoqulovnaning “Oliy ta'limda fleshmoblardan foydalanish texnologiyasi (ingliz tili oʼquv mashgʼulotlari misolida)” mavzusidagi 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʼyicha pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi mustaqil ishlangan va yakunlangan.Oʼzbekiston Respublikasi OАK tomonidan qo‘yilgan talablarga javob beradi. Tadqiqotchi Sanoyeva Gulbar Rizoqulovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun keyingi bosqichga tavsiya etaman.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə