«тасдиқлайман»



Yüklə 289,15 Kb.
səhifə16/21
tarix19.05.2023
ölçüsü289,15 Kb.
#111505
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Seminar bayonnomasi Sanoyeva Gulbar (3)

2-savolga javob:
Oliy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar sharoitida ingliz tilini o‘rgatish bugungi kunning eng dolzarb, ilmiy qiziqish uyg‘otadigan, ham xorijiy ellarda, ham mamlakatimizning o‘zida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan ko‘p tarmoqli sohalaridan biri sanaladi.
Ta’lim fleshmoblari - bu oldindan rejalashtirilgan o‘qitish aksiyasi bo‘lib, unda talabalarning katta guruhi loyihalashtirilishi lozim bo‘lgan, oldindan belgilangan o‘quv harakatlarini bajaradi. Fleshmob aqlli mobning bir turi.
Martmob - raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq, muloqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan “aqlli tizimlar” faoliyati. Ushbu konsepsiyani Govard Reynxold o‘zining 2002 yilda "Aqlli to‘dalar: Keyingi ijtimoiy inqilob" kitobida taqdim etgan.
Rais: Rahmat. Javob qoniqarlimi?
pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Yakubjanova Dilobar Batirovna: Ha, qoniqarli.
Rais: Rahmat. Yana kimda savollar bor? Marhamat, p.f.d. (DSc), dotsent Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich:
1. Tatqiqot jarayonida “Fleshmob texnologiyasi” qanday maqsadlarda foydalanilgan?
2. Dissertatsiya ishingizda ta’kidlab o’tgan fleshmob texnologiyasi talabalarning o‘quv biluv faoliyatlarida qanday tarkibiy tuzilishga ega?
1-savolga javob:
Fleshmob texnologiyasi mexanizmi talabalarda kasbiy ahamiyatli sifatlarni shakllantirish maqsadida didaktik jarayonni harakatga keltiradi, buni rasmda aks ettirilgan jarayon algoritmidan ko‘rish mumkin.
Fleshmob texnologiyasi yordamida talabaning bilishga asoslangan ongida hamkorlik jarayoni yangidan vujudga keltiriladi.



1 -rasm. Ta’lim fleshmob texnologiyasi mexanizmi

Ta’lim jarayonida fleshmob texnologiyalari asosida axborotlarni jadal tarzda taqdim qilish, izlanuvchanlikka asoslangan ijodiy muhitni yaratish, bilimlarga qiziqishini orttirishda hosil bo‘ladigan motivatsiyada talaba shaxsiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi motivlarni hisobga olish muhim.

Yüklə 289,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə