Tasdiqlangan


Izolatsiyalovchi shtangalar



Yüklə 498,92 Kb.
səhifə21/33
tarix24.12.2023
ölçüsü498,92 Kb.
#158100
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
374 29 11 2001 ELEKTR USKUNALARIDAN FOYDALANILADIGAN HIMOYA VOSITALARINI

Izolatsiyalovchi shtangalar
3.1.10. Operativ va o‘lchov shtangalarining izolatsiyalovchi qismi qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarida 3.1.4-bandga asosan, yuqori kuchlanish bilan o‘tkaziladi. Bunda kuchlanish shtanganing ishchi qismi va dastakni izolatsiyalovchi qismidan ajratib turuvchi ajratgich halqaning izolatsiyalovchi qismi tomoniga o‘rnatilgan vaqtinchalik elektrod bo‘lagiga beriladi. Agar izolyator chinnidan qilingan bo‘lsa kuchlanish bevosita uning har ikki tomoshaga beriladi.
3.1.11. Namunaviy sinovlarda 500 kV kuchlanishli elektr uskunalari uchun mo‘ljallangan shtangalarning izolatsiyalovchi qismiga 0,3 minut mobaynida 850 kV, keyin 5 minut mobaynida 650 kV kuchlanish beriladi.
3.1.12. Izolyatorlarni nazorat qilish uchun mo‘ljallangan o‘lchov kallaklarini qabul qilish-topshirish sinovi vaqtida 35 kV, ishlatish sinovi jarayonida esa 30 kV kuchlanish beriladi.
3.1.13. Qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarida yoy o‘chirish moslamali shtangalar 40 kV kuchlanish bilan kontaktlar ajratilgan holda 5 minut davomida sinaladi. Sinov kuchlanishi pantografik qamrash va yerga ulagichni birlashtirish uchun mo‘ljallangan qisqichli kontakt plastina orasiga beriladi. Sinash davrida yuza orqali elektr yoy bilan chokni qoplab o‘tish, kontaktlar orasidagi havo oralig‘ining teshilishi bo‘lmasliga kerak. Agar yoy o‘chirish moslamali shtanga ishlatilgan bo‘lsa, ishlatish sinovlaridan oldin, yoy o‘chirish moslamasi kontakt qismlarini tozalash va yoy o‘chirish materiali holatini tekshirish uchun qismlarga bo‘linadi.
3.1.14. Yerga ulagich shtangalari har bir ishlatilishidan oldin iflosligi, mexanik shikastlanish bor-yo‘qligi va hokazolarni tekshirish maqsadida ko‘zdan kechiriladi. 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga yerga ulagich yig‘ma metall shtangalarning izolatsiyalovchi qismlari qabul qilish - topshirish va ishlatish sinovlari paytida 100 kV kuchlanish bilan 5 minut mobaynida sinaladi. Izolatsiya sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan yerga ulagich ajraladigan shtangalarning elektr sinov muddati va meyorlari izolatsiyalovchi shtanga muddati va me’yorlari kabidir. Qolgan yerga ulagich shtangalari uchun ishlatish elektr sinovlari o‘tkazilmaydi.
3.1.15. 1000 V gacha bo‘lgan operativ shtangalarni qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlari 5 minut davomida 2 kV kuchlanish bilan sinaladi.
110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida elektromontyorning bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ishlashi uchun mo‘ljallangan izolatsiyalovchi uskuna va moslamalar
3.1.16. Qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarida har bir izolatsiyalovchi uskunaning elektr xarakteristikalari tekshirilishi zarur. Sinovdan oldin tozalangan va quritilgan izolatsiyalovchi uskunalarni kamida 24 soat davomida namligi 70 foiz, 20° S ± 5° S bo‘lgan havo haroratida saqlash lozim.
3.1.17. Elektr sinovlari 5-ilovada qayd qilingan me’yorlarda o‘tkaziladi. Sinovlar izolatsiyalovchi uskunalarga kuchlanish berish va undan o‘tayotgan tok miqdorini o‘lchashdan iborat. Sinov kuchlanishi berilayotgan solishtirma sinov kuchlanishidan kelib chiqqan holda aniqlanadi: qabul qilish-topshirishda 2,5 kV va ishlatish sinovida esa izolatsiyalovchi uskunaning har 1 sm uzunligiga 2,2 kV. Sinov izolatsiyalovchi uskunaning butun uzunligiga yoki kamida uning 20 sm uzunligiga kuchlanish berish bilan amalga oshiriladi. Izolatsiyalovchi arqonlar elektrodlar orasidan kamida 4 m/minut tezlikda tortib o‘tkazish yo‘li bilan sinaladi. Bunda elektrodlarni shunday qo‘yish kerakki, ular arqon bilan kamida 25 sm uzunlikda kontaktda bo‘lishi lozim. Elektrodlar arqonni iflos qilmasligi va unga shikast yetkazmasligi zarur. Arqonlar har gal tozalangandan va quritilgandan keyin qo‘shimcha sinovdan o‘tkazilishi lozim. Elektr sinovlarida (yaxlit yoki qismlari) uskunadan o‘tayotgan tokning miqdori 500 mkA dan oshib ketmasligi zarur. Sinov kuchlanishi miqdoriga etganidan so‘ng, 60-sekunddan boshlab tokning miqdori 60 sekund mobaynida nazorat qilib turiladi.
3.1.18. Agar sinov vaqtida teshilish, izolatsiyalovchi qurilma yuzasida elektr yoy bilan chokni qoplab o‘tish va toza razryadlari bo‘lmaganda, tokning qiymati me’yordagidan oshmaganda, dielektrik yo‘qotishlardan mahalliy qizishlar yo‘qligida sinovlar qoniqarli o‘tgan hisoblanadi.
3.1.19. Arqondan tashqari, har bir izolatsiyalovchi vosita iste’molchiga topshirishdan va ishlatishdan avval silikon moyi bilan ishlov berilishi lozim.

Yüklə 498,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə