Tasdiqlangan


Montyorning saqlagich kamari va xavfsizlik arqonlari



Yüklə 498,92 Kb.
səhifə19/33
tarix24.12.2023
ölçüsü498,92 Kb.
#158100
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
374 29 11 2001 ELEKTR USKUNALARIDAN FOYDALANILADIGAN HIMOYA VOSITALARINI

Montyorning saqlagich kamari va xavfsizlik arqonlari
2.2.13. Montyorning saqlagich kamari havo elektr uzatish tarmoqlarida, elektrostansiya va podstansiyalarda, taqsimlovchi uskunalarda balandlikda ishlovchi ishchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Kamarlar GOST 14185-77, 5718-77 talablariga mos kelmog‘i lozim.
2.2.14. Ishlab turgan elektr uskunalarida ish bajarishda (kavsharlash ishlaridan tashqari) texnik kapronli lentadan yoki shunga o‘xshash materialdan qilingan osma arqonli moityorning saqlagach kamarini ishlatish lozim. Elektr uskunalarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan kuchlanishni olib yoki tok o‘tkazmaydigan qismlaridan kuchlanishni olmasdan kavsharlash ishlarini bajarish jarayonida osma zanjirli saqlagich kamarini ishlatish lozim.
2.2.15. Kamar karabini qulflab berkitilishi va qimirlamaydigan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
2.2.16. Dinamik siltanishga duchor bo‘lgan kamar ishlatishdan olib qo‘yilishi zarur.
2.2.17. Xavfsizlik arqoni qo‘shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi. Ish joyi montyorning saqlagich kamarini osma arqoni bilan uskunalar konstruksiyasiga mustahkam o‘rnashib olish imkonini ta’minlay olmaydigan masofalarda xavfsizlik arqonidan foydalanish shart. Buning uchun uzunligi kamida 10 m va diametri 15 mm dan kam bo‘lmagan paxtadan qilingan arqondan yoki maxsus to‘qilgan kapron arqondan foydalanish zarur. Arqonning statik uzilish yuklamasi 10000 N (1000 kgs)1 dan kam bo‘lmasligi shart. Xavfsizlik arqonining saqlagich kamari aylanasiga mahkamlash uchun bog‘lagich tuguni 2.1-chizmada ko‘rsatilgan. Xavfsizlik arqonlari karabinlar (prujinali qisqichlar) bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin.
1 Elka kamari montyorning saqlagich kamarlari qanday me’yorlar bilan sinovdan o‘tkazilsa, xuddi shu me’yorlarda sinalishi kerak.

2.1-chizma. Xavfsizlik arqonining saqlagich kamari.
3. HIMOYa VOSITALARINI SINASh
Himoya vositalari ishlab chiqarilgandan keyin namunaviy va qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tkaziladi (GOST 16504-81). Qabul qilish-topshirish sinovi — bu tayyorlovchi tomonidan qabul qilish nazorati paytida tayyor mahsulot uchun o‘tkaziladigan nazorat sinovidir. Mahsulotning namunaviy sinovi, ya’ni nazorat sinovi — bu himoya vositasiga tegishli konstruksiyasiga, retsepturasiga yoki tayyorlash texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin himoya vositasining samaradorligi va muvofiqligini baholashdan iboratdir. Ishlatish mobaynida himoya vositalari davriy ishlatish va navbatdan tashqari sinovdan o‘tkazib turiladi.
Davriy sinovlar — tegishli hujjatlarda belgilangan hajmda va muddatlarda davriy ravishda o‘tkazilib turiladigan mahsulotning nazorat sinovlaridir. Navbatdan tashqari sinovlar esa himoya vositalarini ta’mirlash natijasida uning asosiy elektr va mexanik xarakteristikalari o‘zgarmaganligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Navbatdan tashqari sinov hajmi himoya vositasining nosozligi xususiyatiga va ta’mirlash turlariga qarab aniqlanadi. Ta’mirlangandan keyin himoya vositalarini sinash qabul qilish-topshirish sinovlari me’yorida o‘tkaziladi.
Sinovlarning barcha turlarida himoya vositalarining elektr va mexanik xarakteristikalari tekshiriladi (4 va 5-ilovalar).

Yüklə 498,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə