Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGINING 
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 
G’.A. HAKIMOV 
 
 
 
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi 
(Sanoat binolari arxitekturasi) 
 
O’QUV QO’LLANMA 
5340200- Bino va inshootlar qurilishi (Sanoat va fuqaro binolari) 



Toshkent-2020 
UDK 624.1 
Muallif: G’A.Hakimov 
“Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” 
(Sanoat binolari arxitekturasi).
Mazkur o’quv qo’llanmada sanoat binolarini loyihalash, hajmiy-tarxiy 
yechimlarini turlari, sinchlari, zamonaviy qurilish konstruksiyalari to’g’risida 
ma’lumotlar berilgan. Zilzilaviy hududlarda quriladigan sanoat binolarida 
ko’riladigan chora-tadbirlar ham o’quv qo’llanmada aks ettirilgan. 
Ushbu o’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlarining 5340200-Bino va inshootlar 
qurilishi (Sanoat va fuqaro binolari) na’lim yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan. 
 
 
 
 
Taqrizchilar:
A.A. Boboqulov – “Zamin-poydevor” MChJ bo’lim boshlig’i, t.f.n. 
U.S. Axmadiyorov – TAQI, Bino va inshootlar kafedrasi, dotsenti, v.b., t.f.f.d. 



MUQADDIMA 
Davlatimizning kuchli va qudratli asosini yaratishda xalq farovonligini 
ko‘tarishda sanoat qurilishi juda katta rol o‘ynaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach , qurilish soxasiga katta 
e'tibor qaratilib,yangi ishlab chiqarish binolari, sanoat korxonalari qurilishi 
boshlandi.Sanoat binolari bir maxsulotni ishlab chiqarishga mo`ljallangan 
bo‘lib,ularda ishlab chiqarish vositalari joylashtiriladi.Kerakli ishlab chqarish 
vositalari bilan jixozlangan bunday binolarda ishlanuvchi xom ashyolar yarim tayyor 
va tayyor maxsulotlarga aylantiriladi. Ishlab chiqarish binolari mos keluvchi sanoat 
soxalarining asosiy fondlari hisoblanadi va talab etilgan sharoitlarni ta'minlagan 
holda , ishlab chiqarish jarayonining joylashtirilishiga xizmat qiladi. 
Sanoat qurilishida binolarning ayrim elementlarini industrialashtirish, qo‘l 
mehnatini mexanizimlarga almashtirish asosida qurilish jarayonining texnik 
darajasini ko‘tarish muhim ahamiyat kasb-etadi. Ko‘pchilik holatlarda bino va 
inshootlar namuna loyixalar asosida yig‘ma temirbeton va metall konstruksiyalardan 
quriladi. Shu sabab sanoat binolarining gabarit o‘lchamlari soha va sohalar aro 
unifikatsiyalanadi. 
Sanoat korxonalarini bitta hududda to‘plash,ya'ni hududiy ishlab chiqarish 
majmualarini yaratish katta iqtisodiy samara beradi.Iqtisodiy samaradorlikka 
quyidagilar orqali erishiladi: 
-yordamchi 
korxonalarni 
(issiqlik, 
energiya 
manbalari,suv 
ta'minoti, 
kanalizatsiya va shunga o`xshashlar)takrorlash; 
-qurilish materyallarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, narxini kamaytirish, 
qurlish muddatlarini qisqartirish , mehnat unumdorligini oshirish, qurilish sifatini 
yaxshilash va industirialligini ko‘tarish. 
Qurilish mahsulotining sifati uni yaratishning uch bosqichida shakillanadi: 
-loyihalash; 
-konstruksiyalar , buyumlar va uskunalarni tayyorlash; 
-qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish . 



Qurilish maxsuloti sifatini ko‘tarishda loyixa asosiy o‘rin tutadi. Loyixaning 
ilg‘or echimiga yaratilayotgan ososiy fondlar, maxsulotlar tannarxi, foyda 
rentabelligi, mehnat sharoiti va unumdorligi bevosita bog‘liq. Binobarin,sanoat fondi 
sifatini va samaradorligini etarli darajada yangi korxonalar loyixalarini yaratish va 
amaldagilarning qayta ta'mirlash bosqichida oldindan aniqlanadi.Loyixalarda 
korxonalarning iqtisoydiy samaradorligiga dastlabki poydevori qo‘yiladi. 
Loyixa echimining samaradorligiga ta'sir etuvchi muhim omillardan biri 
loyixaning texnalogik va qurilish qismlarning o‘zaro bog‘liqligi hisoblanadi. 
Mamlakat xalq xo‘jaligi rivojlanishining hozirgi bosqichi inson faoliyati 
muhitini shakillantirish o'bektlariga yuqori talablar qo‘yilishi bilan xarakterlanadi .Bu 
to‘la ma'noda sanoat binolariga tegishlidir. 
Sanoat binolari shahar tizimida yoki tabiat landshaftida joylashib, ularning 
funksional tizimida faol ishtirok etadi. 
Sanoat binolarining o`ziga xos tomoni shundaki, ularda yuritilgan xajm va muxit 
insonning psixofiziologik talablarini va texnologik jarayon sharoitlariga muvofik 
kechishlarini taminlash shartlarini kanoatlantirish kerak. 
Sanoat binolarining xajmiy-rejaviy echimi uning fuksionl vazifasi va unda sodir 
bo`ladigan texnologik jarayonning injener-texnik taminoti xarakteri bilan belgilanadi. 
Bunda binoning turi, kavatliligi, geometrik parametrlari, konstruksiyasiga bo`lgan 
zo`riqishlari aniqlanadi. Ishchilar sog`lig`ini saqlashda va ular mehnatini 
samaradorligini oshirishda qulay, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab 
chikarish sexlarining interyerini majmuali arxitekturaviy-badiiy loyihalash muhim rol 
o`ynaydi.
Barcha
rivojlangan mamlakatlarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish shu 
davlatlar iqtisodiyotining lokomativi bo‘lib hisoblanadi. Sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlar aholisining turmush darajasi ham 
shunga mos ravishda sanoati rivojlanmagan mamlakatlarga nisbatan ancha yuqori 
bo‘ladi. Sanoat sohasini rivojlantirish uchun avvalambor qurilish sohasini 
kengaytirish, ya'ni har xil ishlab chiqarish korxonalarini va shu korxonalarda 



ishlaydigan kishilarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qiladigan 
turar-joy, maishiy xizmat, tibbiyot, sport muassasalari qurilishini ko‘paytirish lozim.
 
Mustabid tuzim davrida iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan,asosan xom-ashyo 
etkazib beruvchi agrar respublika hisoblangan O‘zbekiston atiga chorak asrda 
barchaning havasi hayratiga sabab bo‘layotgan beqiyos o‘zgarish va yangilanishlarga 
erishdi.Chunonchi,mustaqillik yillarida iqtisodiyoti qariyb 6 barobar oshgani,unda 
sanoatning o‘sishi 34 foizga etib,aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 
12 barobardan ko‘proq ortgani,eksport tarkibida tayyor mahsulotlar hajmi 70 foizdan 
ziyodni tashkil etayotgani Prezident rahnamoligida har tomonlama puxta 
o‘ylangan,oqilona siyosat yurg‘izilayotganligining samarasidir.
1980-yillar oxirida Toshkent shahri va viloyatiga respublika yalpi sanoat 
mahsulotining 50 foizi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa,hozirgi davrdv esa bu hududlarga 30 foiz 
ko‘rsatkich to‘g‘ri kelmoqda.O‘z navbatida,qator yangi sanoat korxonalari barpo 
etilganligi hisobiga Andijon,Qashqadaryo,Navoi,Buxoro,Jizzax viloyatlari va 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining mamlakat sanoati tarkibidagi ulushlari sezilarli 
darajada ortdi.Demak,borgan sari O‘zbekiston hududida sanoat markazlarining soni 
ko‘payib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017 yil 22 dekabr kuni 
mamlakatimiz parlamenti-Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida shunday 
degan edi: “Iqtisodiyotimizning to‘la ishga solinmagan, katta salohiyatga ega 
yo‘nalishlaridan biri-bu qurilish sohasidir. Kelgusida qurilish sohasini isloh qilish va 
jadal rivojlantirish asosiy vazifalardan biri bo‘ladi. 
Biz qurilish-pudrat tashkilotlari va 
quruvchilarning 
zamonaviy 
avlodini 
yaratish ustida jiddiy bosh qotirishimiz zarur.Shu maqsadda qurilish sohasini 2030 
yilgacha innovatsion rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi.Bu borada xorijdan 
malakali mutaxassislarni jalb etish va mahalliy kadrlarning chet mamlakatlarda 
malaka oshirishi uchun barcha zarur sharoitni yaratamiz. 
Kelgusi yilda shahar va qishloqlarimizning me'moriy qiyofasini yanada 
yaxshilash borasidagi ishlarni izchil davom ettiramiz. 



Biz bir 
narsani 
unutmasligimiz 
kerak: 
har 
bir bino 

bog‘cha 
bo‘ladimi,shifoxona bo‘ladimi, o‘z asosiy vazifasini bajarishdan tashqari,ko‘rinishi 
bilan odamlarni kayfiyatiga ham bevosita ta'sir etadi. SHu sababli hududlarda 
qurilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy ob'ektlarni loyihalashtirishda eski qoliplardan 
voz kechib, innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarur”[1]. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi F-4947-sonli 
Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasining 
"Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish"deb nomlangan uchinchi 
yo‘nalishida 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari 
miqdorida 649 ta investitsiya loyixasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini 
ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan.Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotlarini 
ishlab chiqarish 1.5 barobar,uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33.6 foizdan 36 
foizgacha qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi[2]. 
Harakatlar strategiyasining "Ijtimoiy sohani rivojlantirish" deb nomlangan 
to‘rtinchi yo‘nalishi aholi bandligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy himoya qilish va 
ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muxandislik-komuniqatsiya hamda 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya
gaz bilan ta'minlashni yaxshilash,aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan 
ijtimoiy yordam sifatini oshirish,xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi 
maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish,maktabgacha ta'lim 
muassalarining qulayligini ta'minlash,umumiy o‘rta ta'lim ,o‘rta maxsus va oliy ta'lim 
sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni 
nazarda tutadi[2]. 
Xarakatlar strategiyasida asosiy e'tibor mamlakatimizda sanoat korxonalarini va 
har xil turdagi ishlab chiqarish sexlarini qo‘paytirishga,qurishga,zamon talablari 
asosida 
rekonstruksiya 
qilishga,yangi 
texnologiyalarni 
kiritishga,xorijiy 
investitsiyalarni ko‘proq jalb qilishga,umuman sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmini imkon darajasida ko‘paytirishga va chet ellarga ko‘proq eksport qilishga 
qaratilgan. 



Sanoat korxonalari va har xil turdagi ishlab chiqarish sexlari qurilishining 
ko‘payishi kishilarning bandlik darajasini ortishiga,halqning turmush farovonligining 
yaxshilanishiga, boyishiga va mamlakat iqtisodiyotining yuksalishiga sabab bo‘ladi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmada Respublikamiz hamda xorij davlatlaridagi kapital 
qurilishning sanoat binolari qurilishi sohasidagi hozirgi kungacha erishgan yutuqlari, 
hozirgi kundagi ahvoli, kelajak rejalari atroflicha yoritilgan. 
Mazkur o‘quv qo‘llanmada sanoat bino va korxonalarining zamonaviy hajmiy-
tarxiy echimlari, konstruktiv tizimlari va sxemalari, sanoat binolarida ishlatiladigan 
qurilish 
konstruksiyalari, 
ularning 
turlari, 
xususiyatlari, 
texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlari, umuman sanoat bino va inshootlarini loyihalash hamda qurish 
to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berilgan. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5340200-Bino va inshootlar 
qurilishi (sanoat va fuqaro binolari qurilishi) ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun 
mo‘ljallangan. 




Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə