Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 Sanoat binolarining hajmiy-tarxiy va konstruktiv yechimlarini ishlab



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.5 Sanoat binolarining hajmiy-tarxiy va konstruktiv yechimlarini ishlab 
chiqarish texnalogiyasiga bog‘liqligi 
Har qanday sanoat binolarining hajmiy rejalishtirish yechimlari binoda 
joylashgan texnologik jarayon harakteriga bog‘liq bo‘ladi. 
Texnologik jarayon ishlab chiqarish-texnologik sxemasiga asosan aniqlanib, 
unda ma’lum bir ketma-ket tayyor mahsulotni tayyorlashda ko‘zda tutilgan dastgoh 
va ularning joylashish harakteri, sex ichki ko‘tarma transport jihozlari ko‘rinishi va 
yuk ko‘tarish qobiliyati, nomenklaturasi, xonalar o‘lchami (katta-kichikligi) va 
ketma-ket joylashganligi, ichki harorat, namlik darajasi va boshqalarga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Texnologik sxema xom ashyolarning kelib tushish joylari, ishlab chiqarish 
chiqindilarini tashlash, muxandislik tarmoqlarini joylashtirish va o‘tkazish joylarini 
ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda texnologik sxema avtomat yo‘llarining 
joylashishi va buyumlarga ishlov berish va uni yig‘ishdagi turli xildagi operatsiyalar 
bajarilishini ko‘zda tutadi. 
Korxona bosh rejasida bino va inshootlarning o‘zaro joylashishi, ular orasidagi 
masofalar va boshqalar butun korxona texnologik sxemasi uzviy bog‘langan bo‘ladi. 
Sanoat binolarining hajm-rejaviy va konstruktiv yechimlari ularning 
vazifasiga, joylashtiriladigan texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘lib, juda 
xilma-xildir. Bunday binolarni quyidagi belgilariga qarab tasniflash mumkin: 
Prolyot (oraliq)lar soni bo‘yicha bir oraliqli va ko‘p oraliqli sanoat 
binolari mavjud. Bir oraliqlisi katta bo‘lmagan ishlab chiqarish, energetik yoki 
ombor binolar uchun maqsadga muvofiq. Shuningdek, ular katta oraliq (36 m 
va undan ortiq) va yuqori balandlik (18 m dan ortiq) talab etuvchi ishlab 
chiqarish binolari uchun ham qo‘llaniladi. Ko‘p oraliqli sanoat binolari eng 
ko‘p tarqalgan bo‘lib, turli xildagi sanoat tarmoqlari uchun qo‘llaniladi. 
Qavatlar soni bo‘yicha - bir qavatli va ko‘p qavatli binolar. Qator 
afzalliklari uchun zamonaviy sanoat qurilishining taxminan 80% ini bir qavatli 
binolar tashkil qiladi. Ularda jihozlarni joylashtirish, ishlab chiqarish 


28 
oqimlarini tashkil qilish, xilma-xil transport va ko‘taruvchi uskunalarni 
qo‘llash uchun yaxshi sharoitlar mavjud. 
Ko‘p qavatli sanoat binolari qavatlararo yopmalarda faqat yengil 
texnologik jihozlarni o‘rnatish qulay bo‘lganligi uchun cheklangan. Bunday 
binolar, asosan yengil sanoat, asbobsozlik, poligrafiya sanoati va shularga 
o‘xshash korxonalar uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni 
vertikal bo‘yicha mo‘ljallangan holda ham ko‘p qavatli binolardan 
foydalaniladi. Bunday binolarni cheklangan hududda qurishadi. Ularda albatta 
texnik qavat loyihalanadi. 
Ko‘p qavatli binolar uchun ustunlar to‘ri 6x6, 6x9 yoki 6x12 m qabul 
qilinadi. Sanoat binolari balandliklari bir-biridan farq qiluvchi bir qavatli 
qismlardan yoki bir va ko‘p qavatli qismlardan ham iborat bo‘lishi mumkin. 
So‘ngisi aralashma qavatli binolar deb yuritiladi. 
Ko‘tarish - transport jihozlarining qo‘llanilishi bo‘yicha kransiz va kranli 
binolar mavjud. 
Yopmalarning konstruktiv sxemasi bo‘yicha karkasli tekis, karkasli 
fazoviy, osma, kesishuvchan, pnevmatik sanoat binolari ishlatiladi.
Asosiy ko‘taruvchi konstruksiyalarning materiali bo‘yicha temirbeton 
karkasli (yig‘ma, quyma, yig‘ma-quyma), po‘lat karkasli, g‘ishtli ko‘taruvchi 
devorli va tom yopmali konstruksiyalar bo‘yicha temirbeton, metall va 
yog‘och inshootlar mavjud. 
Isitish tizimi bo‘yicha isitiladigan va isitilmaydigan binolar bo‘ladi. 
Ventilyatsiya tizimi bo‘yicha to‘siq konstruksiyalardagi maxsus joylar 
orqali tabiiy shamollatish, oquvchi-tortma ventilyatsiya bilan sun’iy 
shamollatish va havoni salqinlatish (kondensionerlash).
Yoritish tizimi bo‘yicha tabiiy, sun’iy yoki aralash yoritish. 
Tom yopmalar kesimi (profili) bo‘yicha fonarli va fonarsiz binolar. 
Texnika taraqqiyoti tezlashayotgan hozirgi davrda sanoat binolarining 
«yegiluvchanligi» (gibkost) ni oshirish, universal imoratlarni yaratish. sanoat 
korxonalari sexlarini bir tom ostida yaxlit qilib qurish kabi masalalar alohida 


29 
e’tibor talab qiladi. Keyingi vaqtlarda texnologik jihozlarni ochiq joylashtirish 
keng qo‘llanilmoqda. Sanoat qurilishida fonarli binolar qo‘llanilishi keng 
tarqalgan. 
Sanoat korxonasi tarkibida maxsus inshootlar ham barpo etiladi. Bu- lar 
jumlasiga sanoat transporti uchun inshootlar (ko‘prik kranlar uchun 
estakadalar, qiya yo‘laklar, galereyalar), kommunikatsiya uchun inshoot lar. U 
yer osti yo‘laklari, sun’iy ariqlar, alohida tayanchiqlar, estakadalar). jihozlar 
o‘rnatish uchun qurilmalar. jihozlarni joylashtirish uchun maxsus inshootlar 
(mashina osti poydevorlari, etajerkalar, ochiq javonlar). suyuqliklarni saqlash 
uchun hajmlar. sochiluvchan materiallarni saqlash uchun bunkerlar, tutun 
quvurlari, qayta ishlatiladigan suvlarni sovutkichlar - gradirnyalar, suv bosimli 
minoralar kiradi. 
Ta’kidlash joizki, sanoat binosi ko‘pincha binoning elementi bo‘lib ham 
hisoblanishi mumkin. Masalan. bir qavatli sanoat binosidagi ko‘prik li kranlar 
uchun ishlatiladigan estakadalar binoning ko‘taruvchi konstruksiyalari 
tarkibiga kiradi. 
Prolyotlarining o‘lchamlariga ko‘ra kichik oraliqli (6,9,12 m). o‘rtacha 
oraliqli (18.24.30 m) va yirik oraliqli (36 m va undan ortiq) inshootlar 
quriladi. 
Shuday qilib yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldiki, sanoat 
binolarining hajm- rejaviy va konstruktiv yechimlarini bajarishda ishlab 
chiqarish texnologiyasi va muhit muhim o‘rin tutadi. Bu yerda ishlab chiqarish 
muhiti deganda fizik-texnik aspekt, ya’ni xonalarning ichki fazosini 
to‘ldiruvchi havo muhiti, yoritish, tovush hamda tovush tartiblari tushuniladi. 
Shuningdek, ishlab chiqarish muhiti ham hajm-rejaviy va konstruktiv 
yechim orqali binoning va ishlab chiqarish korxonasining tashqi qiyofasiga 
ta’sir etadi. 
Sanoat korxonasining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha uning vazifasini va 
qo‘llanilgan konstruksiyalarni yengil aniqlash mumkin (
1.12 rasm). 
Boshqacha 


30 
qilib aytganda, sanoat inshootlarini loyihalashda va qurishda arxitekturaning 
texnologik, texnik va badiiy tomonlarining o‘zaro bog‘liqligi sezilarli bo‘ladi.
Odatda, texnologik jarayon o‘rnatiladigan jihozlar va boshqa buyumlar 
inshootning o‘lchamlari va shaklini aniqlaydi. Masalan, samolyot yig‘ish 
sexlarida binoni o‘lchamlari samolyotning o‘lchamlariga bevosita bog‘liq 
bo‘ladi. Bino fazosi texnologik jarayondan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda 
jihozlar ashyoviy materiallar va tayyor mahsulotlar o ‘lchamlari va sonlari ham 
hisobga olinadi. Inson uchun ishchi fazosi esa uning ish jarayonidagi 
holatlaridan shu ishni bajarish uchun qulay sharoit yaratish hamda sanitariya -
gigiena qoidalariga to‘la rioya qilish asosida aniqlanadi. 
Umumiy ishchi fazosi esa o‘rinlar sonining yig‘indisi sifatida aniqlanadi. 
Shuningdek, ish joylariga borish, jihozlarni boshqarib turish maqsadida o‘tish 
yo‘laklari va kommunikatsiya xonalari loyihalanadi. 
Binoning hajm-rejaviy yechimida yordamchi vazifalarni bajarish, 
madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish, qurilish konstruksiyalari egallangan 
hajmlar va boshqalar uchun xonalar joylashtiriladi. Loyi halash jarayonida bino 
hajmini qismlarga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Fermalar orasidagi hajm qurilish konstruksiyalari hosil qi lgan hajmga 
kiradi. Bu yerda muhandislik jihozlari (ventilatsiya va boshqalar) 
joylashtiriladi. O‘z - o‘zidan ushbu yechim ancha iqtisodli hisoblanadi. 


31 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə