Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 Rasm. Ko‘prikli kranli bir qavatli sanoat binosi



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.9 Rasm. Ko‘prikli kranli bir qavatli sanoat binosi. 


20 
 
 
1.10 Rasm. Osma kranli bir qavatli sanoat binosi. 


21 
 
1.11 Rasm. Po‘lat ustunlarga maxkamlangan sanoat binosiningko‘tarma 
kranlari.


22 
1.4. Sanoat qurilishida yagona modul tizimi. Sanoat binolari va 
konstruksiyalarini industirlashtirish, unifikatsiyalash, tiplashtirish. 
Universal sanoat binolari. 
Qurilishda industrlashtirish deganda qurilish konstruksiyalari va ularning 
elementlarini maxsus zavodlarda, qurilish kombinatlarida imkon darajasida yirik va 
ishlatilishga tayyor holda ishlab chiqarish hamda qurilish maydonlarida uzluksiz 
jarayonlarda mexanizatsiya yordamida yig‘ish va montaj qilish tushuniladi. Maxsus 
zavod va qurilish kombinatlarida yig‘ma konstruksiyalar ishlab chiqiladi hamda 
ularni tayyor montaj holatiga keltirish uchun imkon darajasida ko‘proq ishlov 
beriladi. Misol uchun korxonalarning tashqi to‘suvchi devorlariga qurilish 
konstruksiyalari ishlab chiqaradigan zavodlarda to’liq ishlov beriladi ( har xil 
shakllar, rasmlar o‘yib ishlanadi, bo‘yaladi, rangli plitalar yopishtiriladi va hokazo) 
va qurilish maydonlarida ular faqat montaj qilinadi. Qurilish maydonlarida ayrim o‘ta 
yirik qurilish konstruksiyalarigina yig‘ilishi mumkin. Bunda qurilish maydonlari 
to‘liq montaj maydoniga aylantiriladi. Bu konstruksiyalarni tayyorlash va montaj 
ishlarini mexanizatsiyalash, qurilishda mehnat sarfini kamaytirishga, qurilish 
muddatlarini qisqartirishga, sifatini oshirishga, narxini pasaytirishga, materialni 
tejashga olib keladi. 
Demak, qurilishni industrlashtirishning asosiy belgilaridan biri qurilish-montaj 
ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish,ularda ishlatiladigan 
konstruksiyalarni esa yirik temirbeton buyumlari zavodlarida, uy-joy qurilish 
kombinatlarida maksimal yig‘ma holda ko‘plab ishlab chiqarishdan iborat. Xulosa 
qilib aytganimizda industrlashtirishning asosini mexanizatsiyalashgan holda 
yiriklashgan, yig‘ma qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqish, yig‘ish va qurilish 
maydonlarida ularni montaj qilish tushuniladi.
Fuqaro va sanoat binolari qurilishida ishlatiladigan qurilish konstruksiyalarining 
aksariyat qismi temirbetondan tayyorlanadi. Chunki temirbeton konstruksiyalari 
iqtisodiy jihatdan tejamkor, olovbardoshligi yuqori, ularga shakl berish oson
korroziyaga uchramaydi, chidamlilik muddati ancha yuqori. 


23 
Ayrim noqulay hududlarda, qurilish konstruksiyalarini tashish va montaj qilish 
juda qiyin bo‘lgan joylarda, juda katta yukni ko‘tarish talab qilinganda, qurilayotgan 
ishlab chiqarish binolarining oraliqlari juda katta bo‘lganda po‘lat konstruksiyalar 
ishlatiladi. 
Keyingi yillarda sanoat qurilishida katta o‘lchamli po‘lat konstruksiyalar bilan 
birgalikda yengil metall va plastmassadan ishlangan yig‘ma konstruksiyalar ko‘proq 
ishlatilmoqda. Yig‘ma elementlarni ishlab chiqarish vaqtida buyumlarni turlarini 
kamaytirish texnik va iqtisodiy jihatdan juda muhum hisoblanadi. Bunga erishish 
uchun 
esa 
konstruksiyalarni 
unifikatsiyalash 
(birxillashtirish), 
tiplashtirish 
(namunaviylashtirish) va standartlashtirish talab qilinadi. 
Sanoat 
bino 
va 
inshootlarini 
konstruksiyalarini, 
detallarini 
unifikatsiyalashtirmay, 
tiplashtirmay, 
standartlashtirmay 
sanoat 
qurilishini 
industrlashtirib bo‘lmaydi.
Standartlashtirish qurilish konstruksiya va buyumlarini birxillash hamda tiplarga 
ajratishning so‘nggi bosqichidir. Standartlashtirilgan qurilish elementlari, detallari va 
konstruksiyalari uchun ma’lum bir shaklga, o‘lchamga,sifatlarga ega bo‘lib, ularni 
tayyorlashda muayyan texnik talab va sharoitlarga qat’iy rioya qilinadi. 
Binolarni loyihasini yaratishda standartlashtirilgan va kataloglarga kiritilgan, 
buyum va detallar qullaniladi. Ko‘plab quriladigan binolarda ishlatiladigan yig‘ma 
buyumlarning tiplari sonini kamaytirish maqsadida detallarning yagona sortamenti 
ishlab chiqarilgan. Qurilish detallarining yagona sortamentini joriy etish buyumlarni 
ko‘plab ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilashga, ularni sifatini oshirishga va 
tannarxini pasaytirishga yordam beradi.
Binolarni unifikatsiyalash deyilganda bino hajmiy o‘lchamlarini va 
korxonalarda tayyorlanadigan konstruktiv qurilmalarni bir xil o‘lchamlarga, 
shakllarga keltirish, ya’ni binolarning tiplari sonini kamaytirish hamda yig‘ma 
konstruksiya va detallarning tur o‘lchamlarini juda cheklash tushuniladi,bunda ularni 
tayyorlash texnologiyasi ancha soddalashadi, montaj ishlari tezlashadi, qurilish ishlari 
sifati va samaradorligi ko‘tariladi hamda qurilish-montaj ishlari narxi pasayadi. 
Unifikatsiyalashning asosiy vazifalari sanoat binolari va inshootlari turlari sonini 


24 
kamaytirish va ularni keng ko‘lamda birlashtirish uchun shart-sharoit yaratish, 
yig‘ma konstruksiya va detallarni seriyaviyligini oshirish va ularning narxini tushirish 
hisoblanadi. Unifikatsiyalashni qisqacha qilib boshqacharoq variantda aytganimizda 
tiplashtirish asosida shakl va o‘lchamlari bir xil bo‘lgan bir-birini almashtira oladigan 
bino detallari va konstruksiyalarining xillarini kamaytirishga qaratilgan texnik 
yo‘nalishdir. 
Tiplashtirish – loyihalash va ommaviy qurilishda ko‘p marta qo‘llaniladigan 
konstruktiv, hajmiy-tarxiy yechimlarni ishlab chiqish va ularni tanlash bilan bog‘liq 
bo‘lgan texnik yo‘nalishdir. 
Konstruksiya va detallarning universalligi, ya’ni ularni boshqa turdagi ob’ektlar 
va konstruktiv sxemalarda qo‘llash mumkinligi unifikatsiyalashning eng oliy shakli 
bo‘lib hisoblanadi. 
Universal binolar deb ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirishga oson 
moslashadigan yoki arxitektura-qurilish qismini o‘zgartirmasdan ichiga har xil ishlab 
chiqarishni 
joylashtirishni 
ta’minlaydigan 
binolarga 
aytiladi. 
Ularning 
xususiyatlaridan asosiylari, ustunlar katagining ( to‘rining) yiriklashganligi va 
texnologik oqimning bo‘ylama va ko‘ndalangiga tashkil qilishni ta’minlash, 
shuningdek sexda ish sharoitini yaxshilash bilan birga bino tannarxini tushirishdadir. 
Moslashuvchanligiga qarab bir qavatli sanoat binolari 3 guruhga bo‘linadi:
1 - kamroq moslashuvchan ustunlar to‘ri 12 x 12, 12 x 18 m;
2- o‘rtacha moslashuvchan ustunlar to‘ri 12 x 24, 18 x 18, 18 x 24 m; 
3- yuqori darajada moslashuvchan ustunlar to‘ri 12 x 36, 12 x 60, 18 x 36, 18 x 
48, 36 x 36, 48 x 48, 60 x 60 m.
Ustunlar to‘ri ko‘p qavatli binolarda 6 x 9, 12 x 6, 6 x 18, 9 x 9, 12 x 12, 12 x 18 
m va undan katta qilib olinadi. Universal binolarni oddiy binolardan farqi ularda 
osma transport vositalarini qo‘llash ashyolarni tejashga va bino tannarxini tushirishga 
olib keladi. 
1960 yillardan boshlab birxillashtirilgan namunaviy oraliq (BNO) va 
birxillashtirilgan namunaviy seksiyalarga (BNS) o‘tila boshlangan. BNS bir xil 
konstruktiv yechimga ega bo‘lgan bir va bir necha parallel oraliqli mustaqil bino 


25 
qismidir. BNSlardan yig‘ilgan sanoat binosi o‘lchami ma’lum bir texnologik 
talablarga, soha, shart-sharoitlari, ishlab chiqarishni birlashtirishga ko‘ra aniqlanadi. 
Sanoatning har bir tarmoqlari uchun BNS nomenklaturasi o‘ta cheklangan bo‘lib, u 
konstruksiyalarning tipi va katta kichikligi sonini kamaytiradi. Misol uchun 
mashinasozlik sanoatida BNS 144 x 72 m va 72 x 72 m,ustunlar to‘ri 24 x 12 va 18 x 
12 m, sex balandligi esa 10,8 va 12,6 m,bunda kranlarning yuk ko‘taruvchanligi osma 
kranlar uchun 1,5 – 5 t,ko‘prikli kranlar uchun 10 – 30 t. 
Sanoat binolari qurilishida namunaviylashtirish va birxillashtirish natijasida 
qurilishda ishchilar soni kamayadi, mehnat unumdorligi oshadi va qurilish muddati 
qisqaradi. 
Qurilishda bino va inshootlarni hajmiy rejalashtirish va konstruktiv yechimlarini 
unifikatsiyadash va namunaviylashtirish ularni elementlarini va o‘lchamlarini bir-
birlari bilan bog‘lashga olib keluvchi yagona modul tizimi (YAMT) asosidagina olib 
boriladi. 
Bino o‘lchamlari , ularni elementlari , qurilish konstruksiyalari va sanitar –
texnik jixozlari bilan birga, ma’lum qonuniyat asosida asosiy modul (M=100m)ga 
bo‘ysunadi.Sanoat qurilishida vertikal,gorizontal o‘lchamlarda yagona modul tizimi 
sifatida 1M =600mm qabul qilingan. Loyihalashda modul sestimasini qullashdan 
maqsad, faqat bino detallar o‘lchamini asosiy modulga qoldiqsiz bo‘lishini ta’minlash 
bo‘lmasdan, binoning industirlashtirilgan konstruksiya va detallarini yagona o‘lcham 
sonini kamaytirishdan iborat shuning uchun ham loyixalashda yiriklashtirilgan modul 
yani asosiy modulga taqsimlanadigan modul qo‘llaniladi: 6M=600mm, 
12M=1200mm, 30M=3000 mm, 60M=6000mm. Mayda o’lchamlarini belgilashda 
kasrli 50mm, 20mm,10mm ,5mm, 2mm, 1mm (1/2M, 1/5M, 1/10M, 1/20M, 1/50M , 
1/100M) modullar ishlatilishiga ham ruhsat etilgan. 
Loyihalash va qurilish amaliyotida o‘lchamlarini quyidagicha aniqlash qabul 
qilingan.
Nominal o‘lcham (
),modul o‘qlari orasidagi me’yoriy choklar va tirqishlar 
hisobga olingan masofa. 


26 
Konstruktiv o‘lcham ( 
) qurilish elementining nominal o‘lchamidan choklar 
va tirqishlar kattaligi hisobga olinmagan loyihaviy o‘lchamidir
Haqiqiy o‘lcham ( ) element yoki konstruksiyaning tayyor xoldagi loyihaviy 
o‘lchamidan qabul qilingan cheklanishlar chegaralariga farq qiladi.
Bir qavatli binolarda oraliq eni va kalonnalar qadami 60M, poldan yopmani yuk 
ko‘taruvchi konstruksiyasining pastki qismigacha 6M olinadi.Ko‘p qavatli binolarda 
oraliq eni 30M (oraliq 6m dan 12m gacha bo‘lganda) va 60M (oraliq 12m dan yuqori 
bo‘lganda ), ustunlar qadami 60M, qavatlar balandligi 6M va12M olinadi (balandligi 
4.8 m va undan ortiq bo‘lsa ). Bir qavatli sanoat binolarida ko‘priksimon kran 
bo‘lmasa oraliq eni 6; 9; 12; 18; 24;30;36m, ko‘priksimon kranlar bo‘lsa oraliq eni 
18;24; 30;36m va undan kattaroq (faqat 6m dan oshib boradi) qabul qilinadi. Xona 
balandligi 3m dan 6m gacha bo‘lsa 1M dan,6 m dan 10.8 m gacha 2M dan , 10.8m 
dan 18 m gacha 3M ga karrali ravishda ortib boradi.
Misol uchun bino balandligi: 3,0m+1M=3,0m+0.6m=3.6m, 6,0m+2M=6,0m+2x 
0,6m=7,2 m, 10,8m+3M=10,8m+3x0,6m=12,6m 


27 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə