Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm. Garderob, dush, umivalnik,unitaz va pissuarlarning joylashish



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.24-rasm. Garderob, dush, umivalnik,unitaz va pissuarlarning joylashish 
sxemalari . 


51 
1.9. Sanoat binolarini loyixalash asoslari va loyixalashning ummumiy qoidalari. 
O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab ishlab chiqarish korxonalarni qurishda 
unifikatsiyalashtirilgan 
(birxillashtirilgan) 
xajmiy 
rejaviy 
elementlardan, 
standartlashgan 
industirial 
konstruksiyalaridan, 
texnologik 
jixozlarni 
erkin 
joylashtirish imkoniyatini beradigan katta oraliqli binolar qurishga o‘tilgan. Ko‘pgina 
binolar va inshootlar tiplashtirilgan, yig‘ma ko‘proq yengil temir beton va metal 
elementlaridan tiklana boshlangan. Ishlab chiqarish binolarining sxemalari tarmoq va 
tarmoqlararo birxillashtirishga qaratilgan. Sanoat korxonalarini bir joyga to‘plash 
yani xududiy ishlab chiqarish majmualarini xududiy sanoat bo‘g‘inlariga 
joylashtirish, (energiya, issiqlik, suv taminoti, kanalizatsiya, binoni muxandislik 
tarmoqlari va jixozlaridan qulay foydalanish evaziga) samarali bo‘lishligi isbotlandi. 
Keyinroq esa bino va inshootlarni texnik qayta jihozlash sanoat qurilishining muhim 
yo’nalishiga aylandi. Hozirgi zamon korxonalarining asosiy turi uning bir nechta 
sexlarni birlashtirib bitta tom tagiga joylashtirilgan, rejada yirik o‘lchamli 
birxillashtirilgan (unifikatsiyalashtirilgan) ustunlar to‘ri va yuqori darajada yig‘ma 
konstuksiyalarni qo‘llanishi bilan farq qiladi. Bir nechta qo‘shni korxonalar guruhi 
qo‘shilib umumiy yordamni ishlab chiqarish, injenerlik inshootlari va yagona xizmat 
ko‘rsatish tuzilmasi sanoat tugunini tashkil etadi. Avvalgi davrda inshoot 
konstruksiya ortiqcha mustaxkamlik zaxirasiga ega bo‘lgan. Zamonaviy davr 
konstruksiyalari ularning rivojlanish yo‘nalishi materiallarining xossasi va material 
juda qulay ishlaydigan konstruksiyalar formasidan har tomonlama foydalanishga 
asoslangan. Binolarning arxitekturasi, ularning tashqi ko‘rinishi yoki inter’eri 
muxandislar mehnat maxsuli bo‘lgan konstruksiyalariga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. 
Shuningdek binolarning funksional ya’ni inson mehnat qilishi va dam olishi uchun 
yaratilgan suniy muhit sifati ham uning konstruktiv yechimlariga bog‘liq. Sanoat 
korxonalarini qurish va rekonstruksiya qilish samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan 
qurilish texnikasini takomillashtirishni, ishlab shiqarish binolarining progressiv 
turlarini yaratish, qurilish materiallarini (ayniqsa mahalliy ashyolar asosida 
olinadiganlarini) ko‘proq ishlab chiqarishni, narxini kamaytirishni, qurilish muddatini 
qisqartirishni, mehnat unumdorligini oshirishni, qurilish sifatini yaxshilashni yanada 


52 
industiriallashtirishni talab etadi. Qurilishni industiriallashtirishning asosiy prinsipi, 
bino va inshoatlarning konstruksiya va detallarniz zavodda tayyorlab qurilish 
maydonini maksimal montaj maydoniga aylantirishdan iborat. Bino va qurilish 
konstruksiyalarini detallarni birxillashtirmay, namunaviylashtirmasdan sanoat 
qurilishini industiriallashtirishning iloji yuq. Bu muammolarni hal qilish uchun, 
oxirgi yillarda bino va inshootlarning xajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlarini 
birlashtirish, sanoat qurilishida bino va inshootlarning namunaviylashtirilgan yig‘ma 
konstruksiyalari va detallari joriy qilinmoqda. Bino va inshoatlarning xizmat 
muddatini oshirish, ularni eksplikatsiya qilish va ta’mirlash uchun ketadigan sarf 
xarajatlarni kamaytirishga olib kelishi tufayli katta iqtisodiy ahamiyatga ega. 
Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarini progressiv ko‘p marta takrorlanadigan 
loyihalar asosida qurish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish korxonalari bir-
biriga ulab qurish (bir tom ostida birlashtirish) ham xarajatlarni ancha qisqartirishga 
olib keladi. Ustunlarni yirik kataklaridan foydalanish, ishlab chiqarish korxonalarini 
bir qavatli yaxlit imoratga joylashtirish, texnologik jixozlarni ochiq maydonchalarga 
chiqarish inshootlarni texnologik o‘zgartirish imkoniyatlarini kengaytiradi, mehnat 
sharoitlarini yaxshilaydi va qurilish narxini kamaytiradi. Qurishda zamonaviy qurilish 
materiallarini, yig‘ma elementlarini qo‘llashga, yengil, iqtisodiy, yirik o‘lchamli, 
zavodda tayorlangan sifatli konstruksiyadan foydalanishga etibor berilsa qurilishning 
narxi pasayadi, metall sarfi kamayadi, inshootning chidamligi oshadi, arxitekturaviy 
ko‘rinishi yaxshilanadi. 


53 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə