Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 Sanoat binolarini loyixalashda yong‘inga qarshi tadbirlar



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.10. Sanoat binolarini loyixalashda yong‘inga qarshi tadbirlar 
Yong‘in xavfsizligi talablarini bajarmay turib binoni to‘laqonli loyihalab 
bo‘lmaydi. (ШНК 2.01.02-04 bino va inshoatlarning yong‘in xavfsizligi СНИП 
2.01.02-85 o‘rniga) Favqulodda holatlar bo‘lishi mumkinligi va bunday vaqtda 
kishilarning binodan havfsiz chiqishini ta’minlash masalalarini ham yechish lozim. 
Binolarda yongin xavfini oldini olish uchun yong‘inga qarshi to‘siq devorlar-
brand mauerlar, yong‘inga qarshi qisimlar, ko‘p qavatli inshoatlarda esa yong‘inga 
qarshi orayopmalar o‘rnatiladi. Brandmauerlar tomdan 0.6m (tomning biror materiali 
yonuvchi bo‘lsa) yoki 0.3m baland bo‘lishi zarur. Yong‘inga qarshi qismlarning eni 
6m bo‘lib, ular binoni butun eni bo‘ylab bo‘limlarga ajratadi. 
Plastmassa, yog‘och asosida tayorlanadigan buyumlarni qo‘llashdan avval, 
yong‘in sodir bo‘lgan hollardagi ularning holati yaxshi tahlil etiladi va issiq iqlim 
tasiridagi hususiyatlari ham o‘rganiladi. 
Zinalar asosiy, xizmat, yong‘in va evakuatsiya (halokat) turlariga bo‘linadi. 
Asosiy zinapoyalar qavatlarni bir-biri bilan bog‘laydi hamda yong‘in yoki halokat 
turlari sodir bo‘lganda kishilarni binodan chiqarishga xizmat qiladi. 
Yong‘in narvonlvri yong‘in sodir bo‘lganda binoning yuqori qavatlari va tomiga 
chiqish uchun xizmat qiladi(narvonning qiyaligi 80-90 gradus , eni 0.6-0.7 m 
bo‘ladi). 
Ishlab chiqarish bino va inshoatlarning konsturiktiv elementlarining 
yonuvchanlik belgisi va chidamlik chegarasiga asosan 5 ta darajaga bo‘lish mumkin. 
1-darajada bino va inshoot konstruksiyalari umuman yonmaydigan materiallardan 
tayorlanadi (tosh, granit, mramor, beton). 2-darajaga ularning parda devorlari qiyin 
yonuvchi materiallardan bo‘lishi mumkin; 3-darajada binolarning tom qoplamalari 
yonuvchi materiallardan bo‘lishi mumkin; 4-darajada binolar qiyin yonuvchi 
materiallardan loyihalangan bo‘lib, tom qoplamalari yonuvchi materiallaridan 
bo‘lishi mumkin; 5-darajada binolar faqat yonuvchi materiallardan iborat bo‘ladi. 
Binolarning yong‘inga xavfsiz bo‘lishligi, mustahkamligi, ustuvorligi, uzoq 
muddatga chidamligi, portlashga chidamliligi texnik talablarni tashkil etadi 


54 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə