Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm Ustunlar orasidagi vertikal bog‘lovchilar va harorat chokini



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.20-rasm Ustunlar orasidagi vertikal bog‘lovchilar va harorat chokini 
o‘rnatish: 1-xoch(krest) bog‘lovchi; 2-ikki shoxli(portal) bog‘lovchi.
 


44 
1.8. Sanoat korxonalarining ma’muriy-maishiy binolarini loyihalash 
Ishchi-xizmatchilarning sog‘lig‘ini saqlash , ularning mehnat qilish sharoitlarini 
yaxshilash, kasb-mahoratlarini oshirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish bizning 
mamlakatimizning asosiy maqsadi hisoblanadi.Shuning uchun ham sanoat binolarini 
loyihalashda ishchi va xizmatchilarga sanitar-maishiy va ma’muriy-madaniy xizmat 
qilishda qulay sharoit yaratishga muhim ahamiyat beriladi. Sanoat korxonalarining 
ma’muriy-maishiy binolarini loyihalash ШНК 2.09.04-09 “Korxonalarning ma’muriy 
maishiy binolari” asosida amalga oshiriladi. 
Ma’muriy-maishiy binolar joylashgan joyiga qarab 3 xil bo‘lishi mumkin: 
sanoat binosidan tashqarida, alohida (isitiladigan o‘tish yo‘li bilan), sanoat binosiga 
yon tomondan yopishgan va sanoat binosining ichida, to‘rida joylashgan (1.21-rasm). 
Ma’muriy-maishiy binolarning eni 12, 15, 18 m, qavat balandligi 3; 3,3; 3,6; 4,2 
m ( agar ma’muriy-maishiy bino sanoat binosining ichida joylashgan bo‘lsa qavat 
balandligi 3 m), ustunlar qadami 6 m, binoning umumiy balandligi esa 9 qavatdan 
baland bo‘lmasligi kerak . 
1.21-rasm. Sanoat korxonalarining ma’muriy-maishiy binolarini 
joylashishi. 
a-ishlab chiqarish binosiga bo‘ylama tomoni bilan va b- yon tomoni bilan 
yopishtirilgan holda; v – aloxida joylashgan hol(ishlab chiqarish binosiga yer osti 
yo‘lagi orqali bog‘langan). 


45 
Binolarning hajmiy-tarxiy yechimlarini ishlab chiqishda qurilish olib 
boriladigan hududning tabiiy-iqlimiy sharoitlari va shaharsozlik holati, jumladan 
tevarakdagi qurilmalarning xarakteri inobatga olinishi lozim. 
Ma’muriy-maishiy xonalar tarkibiga garderob, dushxona, yuz-qo‘l yuvadigan 
xona, xojatxona, kir yuvish xonasi, quritish xonasi, kiyimlarni changdan tozalash 
xonasi, ishchilarning yechinish xonasi, tibbiy punktlar, konstruktorlik byurosi va 
boshqa bir qancha xonalar kiradi (1.22,1.23,1.24-rasm).
Ma’muriy-maishiy binolarni loyihalashda ishlab chiqarish jarayoni sanitar 
tavsifnomasi bo‘yicha 4 ta guruhga bo‘linadi: 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə