Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-rasm Gazli shahrida joylashgan sanoat binosi sexining(ATK-2)



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.18-rasm Gazli shahrida joylashgan sanoat binosi sexining(ATK-2)
1976 yil 17-mayda bo‘lgan 9 balli zilziladan keyingi holati: 
a- o‘z og‘irligini ko‘taruvchi devorning zilzila ta’sirida buzilishi; 


41 
b-zilzila ta’sirida to‘sinning yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotishi 
1.19-rasm Gazli shahrida joylashgan sanoat binosi omborining
zilziladan keyingi ko‘rinishi: 
a-1976 yil 8-aprelda bo‘lgan zilziladan keyingi holati; 


42 
b-1976 yil 17-mayda bo‘lgan zilziladan keyingi holati. 
Zilzila kuchi 12 balli xalqaro shkala MSK-64 orqali belgilanadi. Zilzila kuchi 6 
ballga yetganda binolarning suvoqlarida har xil yoriqlar paydo bo‘lishi, oz-oz 
miqdorda suvoqlar o‘pirilib tushishi mumkin va bu binolarga sezilarli darajada zarar 
keltirmaydi. Zilzilaning kuchi 7 ballga yetganda u xavfli hisoblanadi. Ko‘pchilik 
zilzilalarning markazi(gipotsentri) yer sirtining 8-70 km chuqurligida joylashgan 
bo‘lib, o‘rtacha davomiyligi 4-60 sek. va undan ko‘proqni tashkil 
etadi.Gipotsentrning yer ustidagi proeksiyasi epitsentr deyiladi. Epitsentrga yaqinroq 
joylashgan binolarga zilzila kuchi kuchliroq ta’sir qiladi. Seysmik hududlarda 
quriladigan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha alohida talablar qo‘yiladi. 
Har bir tumanda, shaharda bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzila kuchi 
seysmomikrorayonlashtirish kartasi orqali aniqlanadi. Seysmomikrorayonlashtirish 
kartasida tumanlar va shaharlar bir qancha 7, 8, 9 balli kichik-kichik hududlarga 
bo‘lingan. Loyihachi kartadan mazkur bino va inshoot qurilishi mo‘ljallangan 
hududning seysmik balini belgilab oladi va shunga asosan zilzilaga qarshi chora-
tadbirlar ishlab chiqadi. 
O‘zbekiston Respublikasining tez-tez zilzilalar bo‘lib turadigan tumanlarida 
bino va inshootlarni qurish QMQ 2.01.03 – 96 “ Zilzilaviy hududlarda qurilish “ 
orqali amalga oshiriladi. 
Devorlari ko‘taruvchi bo‘lgan binolarda antiseysmik choklar qo‘shdevor 
o‘rnatish bilan sinchli binolarda esa yonma-yon ramalar o‘rnatish orqali hosil 
qilinadi. Choklar eni elementlari erkin gorizontal siljishlarni ta’minlashi kerak. 
Poydevorda choklar, agarda bir vaqtning o‘zida cho‘kish choki bo‘lmasa, 
qoldirilmasa ham bo‘ladi.
Sanoat binolarida ko‘prikli kranlar mavjud bo‘lsa ularda ustunlar orasida
fermalar orasida, fonarlar orasida bikrlikni oshirish maqsadida har xil bog‘lovchilar 
qo‘yiladi.Ko‘prikli kransiz sanoat binolarida bino balandligi 9,6 m va undan baland 
bo‘lsa bog‘lovchilar qo‘yiladi. 
Zilzilaga qarshi sanoat binolarining bikrligini oshirish maqsadida qo‘yiladigan 
bog‘lovchilar ugolnik, shveller, dvutavr qirqimli po‘lat materiallardan tayyorlanadi.


43 
Ustunlar orasidagi masofa 6 m bo‘lganda xoch (krest) shaklidagi, 12 m 
bo‘lganda ikki shoxli (portal) bog‘lovchilar o‘rnatiladi. Ko‘prikli kranlar bo‘lganda 
bog‘lovchilarning uchlari ustunlarning quyi qismiga va kranosti to‘sinlariga 
qotiriladi. Ko‘prikli kranlar bo‘lmagandaesa bog‘lovchilar ustunlarning pastki va 
yuqori qismlariga qotiriladi(1.20-rasm).

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə