Toshkent arxitektura-qurilish instituti


- Rasm Noqulay gruntli yerda qurilgan “Xumo arena” muz majmuasi



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.16- Rasm Noqulay gruntli yerda qurilgan “Xumo arena” muz majmuasi 
binosi 
Agar yer osti suv sathi yuqoriroq joylashgan bo‘lsa, u holda gorizontal va 
vertikal drenajlar o‘rnatiladi. Maydondagi yer osti suvlarining sathi drenajlar orqali 
pasaytirib turiladi. Yer osti suv sathi juda yuqori joylashgan joylarda poydevorlar 
ostidan yaxlit poydevorlar qo‘yiladi, bino poydevorlari yoki podvallari suv-nam 
o‘tkazmaydigan gidroizolyatsiya qatlamlari va har xil namlikni yaxshi 
o‘tkazmaydigan devorlar orqali o‘raladi. 
Agar bo‘sh, kuchsiz, yirik g‘ovaklari ko‘p, tez cho‘kuvchi gruntlar qatlamlari 
juda qalin bo‘lsa, o‘ta nam, botqoqsimon gruntlar bo‘lsa, u holda qoziq (svay) 
poydevorlar qo‘llaniladi. Cho‘kuvchanligi yuqori, namligi yuqori bo‘lgan gruntlar 
qatlami juda qalin bo‘lsa, osilib turuvchi qoqiladigan poydevorlar, agar qatlam 
namligi uncha qalin bo‘lmasa unda qoqiladigan tik turadigan poydevor ishlatilib


39 
poydevor qozig‘i pastda joylashgan mustahkamligi yuqori bo‘lgan gruntga kamida 1-
2 m chuqurlikda qoqiladi. Bulardan tashqari noqulay gruntli sharoitlarda quyiladigan 
qoziq poydevor ishlatilishi ham mumkin (1.17-rasm). 
Noqulay injener-geologik sharoitlarda quriladigan bino va inshootlar 
mustahkamligini oshirish maqsadida o‘rnatiladigan deformatsiya choklariga ham 
alohida e’tibor beriladi. Deformatsion choklarga asosan
1.17.Rasm Noqulay gruntli yerlarda o‘rnatiladigan qoziqsimon poydevorlar
a-ustun qoziq ; b, v- osma qoziq; 1-qoqiladigan qoziq; 2-quyiladigan qoziq; 3-
temirbeton rostverk. 
harorat, cho‘kish va seysmik choklar kiradi. Jismlarning issiq-sovuqdan 
kengayishi va torayishini hisobga olib konstruksiyalar orasida qoldiriladigan 
tirqishlar harorat choklari deb yuritiladi.Harorat choki binoni balandligi bo‘yicha 
tomidan poligacha(poydevorning ustigacha) kesib o‘tadi. Cho‘kish choki bino yoki 
binolar baland-past bo‘lganda, ya’ni asosga har xil bosim tushganda, zaminlarning 
gruntlari bir jinsli bo‘lmaganda, gruntlar cho‘kuvchan bo‘lganda qo‘yiladi va u 
binoni balandligi bo‘yicha tomidan poydevorni tagigacha kesib,binoni ikkiga ajratadi. 
Seysmik chok binolar murakkab shaklga ega bo‘lganda, zilzilaviy hududlarda 
joylashganda, zamin gruntlarining yuk ko‘tarish qobiliyati past bo‘lganda qo‘yiladi 


40 
va u ham binoni balandligi bo‘yicha tomidan poydevorning tagigacha kesib, binoni 
ikkiga ajratadi.(1.20-rasm) 
Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston ham seysmik hududlarda 
joylashgan bo‘lib, bu yerlarda tez-tez 6, 7, 8, 9 balli zilzilalar bo‘lib turadi. Masalan, 
1966 yili 26 aprelda bo‘lgan Toshkent zilzilasi 8 ball,1976 yili 8 aprelda bo‘lgan 
Gazli zilzilasi 8 ball va 17 mayda bo‘lgani 9 ball ,1980 yili 11 dekabrda bo‘lgan 
Nazarbek zilzilasi 7-8 ball kuchga ega edi (1.18, 1.19-ralar) 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə